4. Mavzu. MAHSULOT SIFATI DARAJASINI BAHOLASH.
Reja
1. MAHSULOTNING SIFATI KO‘RSATKICHLARINI ANIQLASH USULLARI.
2. SIFAT KO‘RSATKICHLARI
Tayanch iboralari. Mahsulot; Mahsulot ta’rifi; xalqaro; standart ISO 8402; turg‘unligi; mahsulotning xavfsizligi; mahsulotning ekologikligi; sifat halqasi; raqobatdosh;
1.Abduvaliev A.A., Alimov M.N. i dr. Osnovы standartizatsii, sertifikatsii i upravlenie kachestvom. – T.: «Fanvatexnologiya», 2005. - 540 s.
2.Abduvaliev A.A., Latipov V.B., Umarov A.S. i dr. Osnovыstandartizatsii, metrologii, sertifikatsii i upravlenie kachestvom. – T.: NIISMS 2007. - 555 s.
3.Aristov O.V. Upravlenie kachestvom. M.:-INFRA - M, 2004. - 240 s.
Texnikaviy darajani baholash – mahsulotning jahon, regional, milliy yoki tarmoq darajasiga javob berishini o‘rnatishdan iborat. Bu vazifa mahsulotning texnikaviy darajasi ko‘rsatkichini bazis namuna ko‘rsatkichi bilan taqqoslash orqali amalga oshiriladi.
Taqqoslash asosi qilib qabul qilingan bazis namuna – bu baholanayotgan mahsulot analoglari guruhidan ajratilgan va fan-texnikaning ilg‘or yutuqlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi mahsulot namunasidir.
Baholash natijasida mahsulotni quyidagi uchta darajadan biriga kiritiladi:
Baholash natijalari yangi tur mahsulotini ishlab chiqarishda foydalaniladi:
Texnikaviy topshiriqqa (TT) kiruvchi shartlarni asoslab berishda;
Normativ xujjatlarga (NH) kiruvchi shartlarni asoslab berishda;
Mahsulotni ishlab chiqarishga qo‘yish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishda;
Mahsulotni ishlab chiqarishdan olib tashlash yoki almashtirishning maqsadga muvofiqligini asoslab berishda;
Mahsulotni eksporti yoki importi bo‘yicha muloxazalarning shakllanishida.
Mahsulotning texnikaviy darajasini baholash bosqichlari o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
A.Baholash uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlar nomenklaturasini aniqlash:
Ko‘rsatkichlar nomenklaturasi bir turdagi mahsulot namunalarini, ya’ni bir xil nomdagi va bir xil maqsadda foydalanilaniladigan mahsulot namunalarini taqqoslashni ta’minlashi zarur. Boshqacha aytganda, ko‘rsatkichlar nomenklaturasini ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda baholash maqsadlaridan kelib chiqib o‘rnatiladi.
Ko‘rsatkichlar nomenklaturasi klassifikatsion va baholash ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi. Klassifikatsion ko‘rsatkichlar ushbu tur mahsulotining ishlatilish maqsadlari va qo‘llanish sohasini tavsiflaydi. Bu ko‘rsatkichlarning miqdoriga qarab jahon bozoridagi namunalar baholanayotgan mahsulot analoglari guruhiga kiritiladi. Baholanayotgan va bazis namunalarining keyingi taqqoslashlarda ulardan foydalanilmaydi, chunki ular mahsulot sifatini tavsiflamaydilar. Bularga mahsulotning ishlatilish maqsadlarini yoki qo‘shimcha moslamalarning, parametrlarning va boshqalarning mavjudligini aniqlovchi sifat ko‘rsatkichlari kiradi.
Baholovchi ko‘rsatkichlar baholanayotgan namunani bazis namuna bilan bevosita taqqoslash uchun va iste’mol xususiyatlarini, ishonchlilik, havfsizlik, ekologik hamda iqtisodiy ko‘rsatkichlarni baholash uchun qo‘llaniladi.
B.Analoglar guruhining shakllanishi va ko‘rsatkichlarining ahamiyati:
Analoglar guruhiga kiritilganlarning hammasi va baholanayotgan mahsulot ishlatilish maqsadlari va qo‘lanish sohasiga ko‘ra mos bo‘lishi, ya’ni bir xil guruhlovchi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi kerak.
Guruhlarga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarishga joriy etilayotgan mahsulotni baholashda – baholanayotgan mahsulotni ishlab chiqarish davrida jahon bozoriga kelib tushishi kutilayotgan ilg‘or hamda eksperimental namunalar;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotni baholashda – ko‘rsatkichlarining qiymati ularning hujjatlari yoki sinov natijalari asosida o‘rnatilgan, jahon bozorida sotilayotgan namunalar.
V.Analoglar guruhidan bazis namunalarni ajratish: Bazis namuna sifatida baholanayotgan ko‘rsatkichlar qiymati bo‘yicha barcha analoglarni ketma-ket jufti bilan taqqoslash usuli bilan analoglar guruhidan bazis namuna sifatida eng yaxshilari ajratib olinadi.
Bazis namunalarni analoglarni jufti bilan taqqoslash usulida ajratish quyidagi amalga oshiriladi:
agar analog jami baholovchi ko‘rsatkichlar bo‘yicha boshqa analoglardan qolishmasa, ya’ni birorta ham ko‘rsatkich bo‘yicha boshqa analogdan qolishmay, boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha ustun bo‘lmasa, u namuna sifatida tan olinmaydi va keyingi taqqoslash ishlarida ishtirok etmaydi;
agar birinchi analog ba’zi ko‘rsatkichlari bo‘yicha ustun bo‘lsa, boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha esa ikkinchi analog ustun bo‘lsa, bunda analoglarning ba’zi ko‘rsatkichlarining qiymati bir-biriga mos kelsa, ikkala analog ham boshqa analoglar bilan keyingi taqqoslash ishlarini bajarish uchun qoldiriladi.
Analoglarni jufti bilan taqqoslash natijasida har bir baholovchi ko‘rstkichlar to‘plamida qolganlardan ustun bo‘lgan analoglargina qoladi. Bu analogalar bazis namunalari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |