Mavzu: Eksperimental psixologiya. Reja: Eksperimental psixologiya



Download 22,67 Kb.
bet1/3
Sana15.11.2022
Hajmi22,67 Kb.
#866032
  1   2   3
Bog'liq
Eksperimental psixologiya



Mavzu: Eksperimental psixologiya.
Reja:

  1. Eksperimental psixologiya 

  2. Psixologiyada eksperimentni tatbiq

  3. Psixologiya fani taraqqiyotida



Eksperimental psixologiya — psixik hodisalar va jarayonlarni ilmiy metodlar yordami bilan tadqiq qilish. Psixologiyaning fan sifatida falsafadan ajralib chiqishida eksperimental tadqiqotlar oʻtkazish asosiy rol oʻynagan. 19-asrning oʻrtalarida ilk bor sezgi, idrok yuzasidan tadqiqotlar olib borilgan. Eksperimental psixologiyaning fan sifatida ajralib chiqishiga nemis olimi V. Vundt katta hissa qoʻshgan. Ilk eksperimental tadqiqotlar oʻzini oʻzi kuzatish uslubi yordami bilan shaxsning ichki mayllari, motivlari, fikr yuritishiga bagʻishlangan. Keyinchalik tekshirishlar turli hayvonlarda oʻtkazila boshlagan. Koʻp tadqiqotlarni AQShlik T.L.Morgan, E. L. Torndayk va boshqalar olib borganlar. Eksperimental psixologiya murakkab tadqiqot (koʻp shkalali, koʻp bosqichli) metodlari, metodikalari (ishonchliligi, kafolatliligi, test yoki retest xususiyatiga egaligi)dan tashqari elektron hisoblagichlar, texnik asboblar va moslamalar, sodda yoki murakkab tuzilgan maxsus apparatlar, zamonaviy texnika va texnologiyalarga asoslanadi. Eksperimental psixologiya yordamida psixik funksiyalargina emas, shu bilan birga shaxs hissiyoti, emotsiyasi, individual xususiyati, diqqat, xotira, idrok singari bilish jarayonlari ham tadqiq qilinadi. Eksperimental psixologiya tadqiqotlari natijalari psixologiya sohalari nazariyasini ishlab chiqishda asos boʻlib xizmat qiladi. Olimlardan F. Galton (1822-1911), D. Kettel (18601944), E. Tolmen (1886-1959), G.Rorshax (1884-1984), A. Bine(1857-1911), P.Jane (1859-1947), J. Piaje (1896—1980) va boshqalar Eksperimental psixologiyaning rivojlanishiga muhim ulush qoʻshganlar. Eksperimental psixologiya. Ma`lumki, XIX asr fizika, biologiya, fiziologiya, ximiya va boshqa tabiat fanlarining gullab yashnashi bilan tavsiflanadi.. Fanda paydo bo’lgan eksperimental metodning keng qo’llanilishi fanlarning rivojlanishiga turtki bo’ldi.
XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlaridayoq psixologlar o’rtasida psixik hodisalarni o’rganishda eksperimentni tadbiq qilish mumkin emasmikan degan masala maydonga chiqdi.
Bu masala bo’yicha filosof I.Kant o’z fikrini aytdi. Uning fikricha, psixologiyada eksperimentning bo’lishi mumkin emas, unga matematikani tadbiq qilish mumkin emas.
Psixik hodisalarni o’lchashning mumkinligi, psixologiyada eksperimetning bo’lishi mumkinligi haqida nemis psixologi I. Gerbart (1776-1841 y.) ijobiy fikr aytgan. U psixologiyada matematikani tadbiq etish mumkin va zarurligi haqida shunday degan: “Mening tekshirishlarim amalda faqat psixologiyaning o’zi bilan cheklanib qolmasdan, balki fizikaga va umuman tabiat fanlariga ham qisman aloqadordir”.
Gerbartning fikricha, asosiy psixik element tasavvurdir, qolgan barcha jarayonlar-hissiyot, iroda, tasavvurlar kombinatsiyasidan va munosabatlaridan iboratdir. Ruhiy holatlar doimo o’zgarish jarayonida bo’ladi. Tasavvurlarning bu doimiy o’zgarish va almashish jarayonida ma`lum darajada doimiylik, qonuniyati mavjud. Bu doimiylikning miqdor tomonini o’lchash mumkin. SHuning uchun ham, Gerbartning fikricha, psixologiyaga matematikani tadbiq qilish mumkin.
Gerbart, garchand psixologiyada eksperimentdan foydalanishning zarurligi va foydaliligini isbotlagan bo’lsa ham, lekin uning o’zi bu metoddan foydalanmagan.

Psixologiyada eksperimentni tatbiq qilish bo’yicha dastlabki ishlarni fiziolog Veber (1796-1878 y.) va fizik Fexner (1801-1887 y.)lar amalga oshirdilar. Veber va Fexnerlarning maqsadi tashqi taassurotlar (fizik omillar) va ularning muvofiq sezgilarining o’zaro munosabatlari sohasidagi qonuniyatlarni topishdan iborat edi. Fexner eksperimental metodlar asosida sezgilarning ortib borishi bilan ularni qo’zg`atuvchilar o’rtasidagi qiyosiy munosabatni aniqlab, sezgi qo’zg`atgich logarifmasiga proportsionaldir degan psixofizik qonunni kashf etdi. Veber va Fexnerlar o’tkazgan tajribalar “Psixofizika” degan alohida fanning paydo bo’lishiga olib keldi.


Veber va Fexner ishlarining ahamiyati, asosan, shundan iboratki, ular birinchi bo’lib psixologiyani, tabiat fanlari singari, eksperimental fanga aylantirish mumkin ekanligini isbotladilar. SHu vaqtgacha faqat kuzatish, asosan, o’z-o’zini kuzatishdan foydalanib kelinayotgan psixologiya endi aniq fanlardagi ob`ektiv metoddan foydalana boshlaydi.
Eksperimental psixologiya taraqqiyotida ayniqsa nemis fiziologi va psixologi Vilgelm Vundt (1832-1920 y.)ning ishlari katta ahamiyatga ega bo’ldi. V.Vundtgacha faqat ichki tajribadan va o’z-o’zini kuzatishdan foydalanib kelgan psixologiya faqatgina tasviriy fan edi. V.Vundt eksperiment va o’lchash metodlarini zarur deb topib, psixologiyani izohli fanga aylantirishni maqsad qilib qo’ydi.
V.Vundt psixologiya uchun klassik metodlar bo’lib qolgan bir qancha metodlarni, ya`ni qo’zg`atish metodi, ifodalash metodi va reaktsiya metodlarini kashf etdi hamda rivojlantirdi. V.Vundt 1879 yili Leyptsigda birinchi eksperimental psixologiya laboratoriyasini tashkil qildi. Oradan ko’p vaqt o’tmasdan (1881 y.) u Berlin universiteti huzurida eksperimental psixologiya institutini tashkil qildi.
V.Vundt shug`ullangan masalalardan biri o’sha vaqtda astronomlar tomonidan ochilgan diqqatni bir vaqtda ikkita har xil qo’zg`atgichga to’plash mumkin emasligi haqidagi masala edi. Bu hodisani aniqlash uchun V.Vundt (laboratoriya tashkil qilingunga qadar) 1861 yilda alohida mayatnik ish o’ylab chiqardi (Vundt mayatnigi). Bu mayatnik graduslarga bo’lingan yoy atrofida harakatlanadi va har bir ma`lum vaqtdan keyin jing`irlaydi. Bu psixologik elementlar uchun kashf etilgan birinchi asbob edi.
Ilmiy (izohli) psixologiyani oyoqqa turg`izish uchun V.Vundt qo’shimcha vosita sifatida yondosh fanlar, ayniqsa fiziologiya, astronomiya, etnografiya, tarix, mifologiya va boshqa fanlardan olingan ma`lumotlardan foydalanish zaruriyatini ilgari surdi.
Leyptsig laboratoriyasi va institutidan namuna olib, Germaniyaning boshqa universitet shaharlarida ham, shuningdek, boshqa mamlakatlarda ham, jumladan, Frantsiya, Angliya va Amerikada laboratoriya hamda institutlar tashkil qilindi. XIX asrning oxirida Rossiyada ham bir qancha eksperimental psixologiya laboratoriyalari tashkil qilindi: Moskvada Tokarskiy, Qozonda Bexterev, Odessada N.N.Langerlar tomonidan shunday laboratoriyalar ochildi. 1911 yil Moskva universiteti huzurida, maxsus qurilgan binoda professor CHelpanov rahbarligida eksperimental psixologiya instituti tashkil qilindi. Hozirgi vaqtda bu institut RF Pedagogika fanlari akademiyasi tizimiga kiradi.
Professor A. F. Lazurskiy (1874-1917 y.) tomonidan eksperimental metodning alohida turi-tabiiy eksperiment ishlab chiqildi. Eksperimentning bu turidan bizda bolalar psixologiyasini o’rganishda, pedagogika masalalarini, ayniqsa, ta`lim psixologiyasi masalalarini hal qilishda keng va unumli foydalanilmoqda.
Eksperimental metodning tatbiq qilinishi psixologiya fani taraqqiyotiga juda unumli ta`sir ko’rsatdi.
Bu metod yordamida oddiy kuzatish yoki o’z-o’zini kuzatish yo’li bilan aniqlash qiyin bo’lgan yoki butunlay mumkin bo’lmagan ko’p ma`lumotlar aniqlandi, ayrim psixik hodisalar o’rtasidagi bog`lanishlar aniqlangan, psixik jarayonlardagi, ayniqsa, sezgi, diqqat, idrok, xotira sohasidagi ba`zi bir qonuniyatlar ochilgan.
Eksperimental tahlil yo’li bilan murakkab psixik jarayonlar (idrok, xotira, tafakkur)ning alohida komponentlari tarkibiy qismlari ajratilgan, psixik jarayonlarning fiziologik hodisalar bilan, shuningdek, tashqi fizik muhit hamda ijtimoiy muhit bilan bo’lgan bog`lanishlari ochilgan.
Eksperimental tekshirishlarning yakunlari, shuningdek, eksperimental metodning usullaridan foydalanish amaliy faoliyatning turli sohalarida – o’quv tarbiya ishlarida, meditsinada, mehnatni tashkil qilish va ratsionalizatsiyalashtirishda, sud ishlarida, san`atda juda ko’p foyda keltiradi.11
XIX va XX asrdagi psixologiya – bu asosan empirik psixologiyadir. Psixologiyada XVII asrda paydo bo’lgan bu yo’nalish XIX va XX asrning boshlarida o’z taraqqiyotining eng yuqori cho’qqisiga erishdi. Uning yutuqlariga erishuviga sabab eksperiment metodining tatbiq qilinishi edi. Eksperimentning predmet doirasi juda kengaydi. YUqorida aytilgandek, psixologiya fanining maxsus vazifalari va metodlariga ega bir qancha shaxobchalari maydonga keldi.
Empirik psixologiya bir butun narsa emas edi. Bu psixologiyaning ichida bir qancha yo’nalish va oqimlar mavjud edi. Psixologiya tarixida bulardan ancha mashhur va muhimlari assotsianizm, intellektualizm, volyuntarizm, geshtalpsixologiya va freydizmlar edi.
XVIII asrning ikkinchi yarmida Angliyada psixologiya fanining 
Download 22,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish