Bog'liq PATENTSHUNOSLIK-LITSENZIYALASH-VA-SERTIFIKATLASH
2.8. Tovrlarni sifat tizimini sertifikatsiyalashning o’tkazish bosqichlari. 2.8.1. Tovarlarni sifat ko’rsatkichlarini belgilovchi me’yoriy hujjatlar.
2.8.2. Tovarlarni sertifikatlashtirish sohasida ISOning faoliyati.
2.8.1. Tovarlarni sifat ko’rsatkichlarini belgilovchi me’yoriy hujjatlar.
Ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqilayotgan turli xil mahsulotlar
muayyan sifat ko’rsatkichlariga javob berishi kerak. Sifat ko’rsatkichlari esa
ma’lum belgilangan talablarga muvofiq (mos) kelishi lozim. Muvofiqlik o’z
navbatida ma’lum standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatlarga mos kelishini talab
qiladi. Muvofiqlikni sertifikatlashtirish mumkin. Ho’sh sertifikatlashtirish
tushunchasi nima?
Sertifikatlashtirish deganda kerakli ishonchlilik bilan mahsulotning muayyan
standartga yoki texnikaviy hujjatga muvofiqligini tasdiqlaydigan faoliyat
tushuniladi. Sertifikatlashtirishi tushunchasi birinchi marta Xalqaro
standartlashtirish tashkiloti kengashining sertifikatlashtirish masalalari bo’yicha
maxsus qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilib, uning standartlashtirish,
sertifikatlashtirish va sinov labaratoriyalarining akkreditlash sohalaridagi asosiy
atamalari va ularning qoidalari qo’llanmasiga kirgazilgan. Qayta ishlangan xalqaro
standartlashtirish tashkilotining qo’llanmasida sertifikatlashtirishi atamasining
faqatgina izohlari berilgan:
Sertifikatlashtirish umumiy atama bo’lib, mahsulot, texnologik jarayon va
xizmatlarning sertifikatlashtirishda uchinchi tomonni qatnashishi tushuniladi. Sifat
tizimini baholash sohasidagi taraqqiyot sifat tizimini sertifikatlashtirish bo’yicha
yangi tushuncha zaruriyatini tug’dirmoqda.
Muvofiqlik atamasi mahsulot, jarayon, xizmatga belgilangan barcha talablarga
rioya qilishni o’z tarkibiga oladi. Bunda muvofiqlikning uchta ko’rinishi
muvofiqlik bayonoti. Muvofiqlikni attestatlash, muvofiqlikni sertifikatlashtirishni
belgilaydi. Muvofiqlik bayonoti deb yetqazib beruvchining mahsulot, jarayon va
xizmatlarning aniq bir standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatga to’la-to’kis
muvofiqlik haqida butun ma’suliyatini o’z ustiga olganligini bayon etishga
aytiladi. Bu ma’suliyatni so’ngi vaqtlarda o’z-o’zini sertifikatlashtirishi
tushunchasi bilan almashayotgani qayd qilinmoqda. O’z-o’zini sertifikatlashtirish
deganda mahsulot ishlab chiqaruvchi tomon butun ma’suliyatini o’ziga olgan holda
sertifikatlashtirishni o’zini o’tkazadi.
Muvofiqlikni attestatlash uchinchi tomon
tarafidan sinov labaratoriyasining bayonoti tushunilib, ma’lum namuna mahsulotga
bo’lgan parni belgilovchi ma’lum standartlar yoki boshqa hujjatlar bilan bog’liq
ekanligini bayon etishga aytiladi.