Bog'liq PATENTSHUNOSLIK-LITSENZIYALASH-VA-SERTIFIKATLASH
Sifat masalasi - Xo’jalik faoliyatini hamma jihatlarini qamrab oladi.
Yuqori sifat - bu mehnat va moddiy resurslarni tejash eksport imkoniyatlarini
oshirish pirovard natijada esa jamiyat ehtiyojlarini yaxshiroq yanada to’laroq
qondirish demakdir. Mamlakat oldida turgan xilma-xil iqtisodiy va sosial
vazifalarni muvofaqqiyatli hal etish uchun mehnat unumdorligini jadal o’stirishdan
butun ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligini keskin ortishdan boshqa yo’l
yo’q. Vazifa ishlab chiqarishning negizida firmalar mahsuldorligini oshirish,
barcha sifat ko’rsatkichlarini yaxshilashga erishishdan iborat.
O’zbekistonda bozorga xalq iste’mol tovarlar ishlab chiqdrish sababli
O’zbekistonda qo’shma korxonalar chet el investorining kirib kelishi ta’min
etilmoqda. Sifatning mos ravishda ishlab chiqarish va O’zbekiston tovarlarini
dunyo bozoriga olib chiqish O’zbekistonga ko’proq valyuta tushirish va shu bilan
O’zbekiston rivojini ta’min etish. Yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish bilan
resurslardan oqilona foydalanish va ularni tejamli ta’minlaydigan yangi texnika,
eng ilg’or texnologiya jarayonlarini ishlab chiqarishga joriy etish. Rahbar
xodimlarga, injenerlarga, konstruktorlarga, loyihachilarga, texnologiya va
mutaxassislarga bog’liq.
Mamlakatimizda mehnat xom-ashyoi, yoqilg’i, energetik resurslari juda ko’p.
Asosiy fondlarimiz ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi katta. Shu sababli
hamma joyda va har ishda tejamkor bo’lish jamoat mulkiga omilkorlik bilan
yondashish ihtiyorimizda bo’lgan insonning qo’li va aql-zakovati bilan bunyod
etilgan narsalarning hammasidan mohirona to’la-to’kis va oqilona foydalanish
iqtisodiy siyosatning o’zagi bo’lmoqda. Ish sifati va ishlab chiqarish
samaradorligidan va ish sifatini oshirish mehnat intizomini mustahkamlash ularni
mehnatga insonparvarlik munosabatda bo’lish ruhida tarbiyalash texnik jihatdan
asoslab berilgan. Mehnat normalari brigada xo’jalik hisobini tejamkorlik va sifat
rejalarini joriy etish belgilangan ish hajmini kam sonli ishchilar bilan bajarish
sohasidagi tartiblarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Sifatsiz mahsulot tayorlanganlik va realizastiya uchun shuningdek mahsulotni
lozim darajada saqlaganlik, standartlar haqidagi talablar va texnika shart-sharoitiga
rioya qilganligi uchun iqtisodiy jazo choralarini qo’llash joriy etishni qo’llashlikni
kengaytirish zarur.
2.8.2. Tovarlarni sertifikatlashtirish sohasida ISOning faoliyati
O’zbekistonda mahsulotlarni ishlab chiqarishda va bu mahsulotlarni dunyo
bozoriga olib chiqishda yordam beruvchi juda ko’p xalqaro tashkilotlar mavjud: