S. A. Salixov «patentshunoslik, litsenziyalash va sertifikatlash» fanidan Darslik toshkent – 2010



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/94
Sana31.03.2022
Hajmi1,15 Mb.
#521299
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   94
Bog'liq
PATENTSHUNOSLIK-LITSENZIYALASH-VA-SERTIFIKATLASH

Sertifikatlashtirish
deganda mahsulot (buyum, mol) yoki xizmat muayyan 
artga yoki texnikaviy shartlarga mos kelishini tasdiqlash maqsadida amalgam 
oshadigan faoliyat tushunilib, uhbu faoliyat natijasida mahsulot sifati haqida 
206


iste’molchini ishontiradigan tegishli art - sertifikat beriladi. Sertifikatlashtirish 
tizimi atamasidan tashqari sertifikatlashtirish shemasi kiritilib, u quyidagicha 
ta’riflanadi : muvofiqlikning sertifikatlashtirilishini o’tqazishdagi uchinchi tomon 
hayatining tartibi va tarkibi. Sertifikatlashtirish tizimlarida qatnashuvchi uchta 
tushuncha haqida to’xtalib o’tamiz: sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish, 
sertifikatlashtirish tizimida qatnashuvchi va sertifikatlashtirish tizimi a’zosi.
Sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish
deganda sertifikatlashtirish 
tizimining qoidalariga muvofiq guvohnoma turiga berilgan sertifikatlashtirishdan 
foydalanish imkoniyati tushuniladi.
Sertifikatlashtirish tizimida qatnashuvchi
deb ushbu tizimning tartibiga 
binoan faoliyat ko’rsatadigan, lekin tizimni boshqarish faoliyatiga ega bo’lmagan 
sertifikatlashtirish idorasi tushuniladi.
Sertifikatlashtirish tizimi a’zosi
deganda ushbu tizimning tartibiga binoan 
faoliyat ko’rsatadigan va tizimni boshqarishda qatnashadigan sertifikatlashtirish 
idorasi tushuniladi. Sertifikatlashtirish ikki xil bo’ladi: majburiy va ihtiyoriy. 
Mahsulotni u yoki bu sertifikatlashtirishga oidligi, uni tashqi muhitga inson 
salomatliligiga ta’siri asosiy mezon hisoblanadi. Ihtiyoriy sertifikatlashtirish 
deganda ishlab chiqaruvchi, sotuvchi yoki iste’molchi tashabbusi bilan ixtiyoriy 
tarzda o’tkaziladigan sertifikatlashtirish tushuniladi.
Mahsulotlarni ishlab chiqarilishini rejalashtirish doimo bozor asosida 
iste’molshilarni talabini o’rganib borishni davlat asosida amalga oshirish kerak. 
Ishlab chiqdrish tovarlarga iste’mochining talabi bo’lmasa bu tovarlarni yaratish 
ularni ishlab chiqarishga tadbiq etmaslik, yangi tovarlarni sifat ko’rsatkichlarini 
yaxshilash to’g’risidagi ilmiy g’oya va ishlab chiqarish tamoyillarini bir vaqtda 
amalga oshirish kerak. Hozirda xalqaro mehnat bozorida resurslar taqsimoti 
va ko’p rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarish tovarlarni yuqori sifat 
ko’rsatkichlariga ega ekanligi bu dunyo miqyosida texnika texnologiyani rivojiga 
yangi-yangi uskunalarni yaratishga ishlab chiqarish tovarlarni raqobatini oshirishga 
olib bormoqda. Ilmiy borada rivojlangan mamlakatlar zamonaviy uskunalar bilan 
o’zlarining ishlab chiqarish korxonalarining yangidan ta’min etilish shu davlatlarda 
mahsulotlarni ishlab chiqarish potensiali oshib borishiga olib kelmoqda.
Normativ texnik hujjatlarda GOST mahsulotlari sifat ko’rsatkichlarni 
boshqarish deb ishlab chiqarishda texnika texnologiya bilan ta’min etilishi. 
Mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlari ishlab chiqarishga kiritishda, ishlab chiqarish 
davrida ish uskunalarini ekspluatastiya potensiali ta’min etishdagi iste’molchilar 
talabini doimo qondirishda sifat ko’rsatkichlarini boshqarish ma’lum tomonga 
yo’naltirish uchun qilinadigan barcha ishlar va ishlab chiqarish uchun ta’sir 
etadigan barcha faktorlar mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini ta’minlashda asosiy 
omil hisoblanadi. Ishlab chiqarish potensialini boshqarishda sifatli mahsulotlarni 
yaratishda 4 ta faktor kata rol’ o’ynaydi:
1. Ishlab chiqarishdan oldingi davrni proektlash ya’ni loyihalash davri 
deyiladi;
2. Mahsulotlarni ishlab chiqarish davri;
3. Mahsulotlarni etkazish davri;
4. Mahsulotlardan foydalanish yani iste’mol davri.
207


Ishlab chiqarishga kerak bo’lgan mahsulotlarni rejalashtirish davrida shunga 
o’xshash mahsulotlarni o’rganish orqali yangi mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini 
yuqori darajaga etkazishni ta’minlovchi omillarni o’ylab topish lozim.
Bozor iqtisodiyotining asosiy qonuni esa talab va taklif bo’lgani uchun har bir 
ishlab chiqarilgan tovarga iste’molchilarni qo’ygan talabi katta ahamiyatga ega. 
Shuning uchun bozor sharoitida iste’molchilarni talabi davriga nisbatan ishlab 
chiqarish korxonalariga doimo yangi taklif beriladi. Shu sababli tovarlarning sifat 
ko’rsatgichlari doimo yaxshilanib borishligi va ularning bozor sharoitida 
raqobatdoshligi oshib boradi. Shuning uchun xalq xojaligida Yangi turdagi 
sigmentlar bunyod etiladi. Ishlab chiqarilayotgan tovarlarning sifatlari yaxshilanib 
ularga bo’lgan talab ortadi. Shuning uchun bozor sharoitida ishlab chiqarish 
strukturasi bilan iste’molchilar orasida doimo raqobat sodir bo’ladi. Shuning 
uchun bozor sharoitida ishlab chiqarishdagi korxonalarga mahsulotni ishlab 
chiqarish davrida ularning sifatiga qo’yiladigan talablar doimo o’zgaruvshan 
bo’ladi. Shuning uchun tayyorlangan mahsulotning sifatini har tomonlama tahlil 
qilib ularning iqtisodiy barqarorligini chiqarilayotgan mahsulotning miqdori, 
ularning potensialiga ya’ni korxona uskunalariga, quvvatiga, xom-ashyo sifatiga 
bog’liq. Shuning uchun mahsulotlarning sifatini boshqarish yangi assortimentidagi 
mahsulotlarini
yaratish, ishlab chiqarishni
rivojlantirishga texnologiyalarni 
yaratishga asosiy omil bo’ladi. 

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish