S. A. Salixov «patentshunoslik, litsenziyalash va sertifikatlash» fanidan Darslik toshkent – 2010



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/94
Sana31.03.2022
Hajmi1,15 Mb.
#521299
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   94
Bog'liq
PATENTSHUNOSLIK-LITSENZIYALASH-VA-SERTIFIKATLASH

Tayanch so’zlar:
Bozor qonunlari, talab va taklif, ishlab chiqarish rejalashtirish iste’molchi, resurs, 
texnologiya, yaratish zamonaviy, ta’min etilishi, mahsulot, boshqarish, potensial, 
ekspuluaatayiya, sifat, ehtiyoj , iqtisodiyot, asartiment .
193


Takrorlash uchun savollar:
1). Tovarlarni sifat ko’rsatkichlarini ta’minlashdagi asoasiy 4 ta faktorni sharhlab 
bering?
2). Tovarlarni sifat ko’rsatkichlarini ta’minlashdagi asosiy ko’rsatkichlarni 
sharhlang?
3). Tovarlarni sifat ko’rsatkichlarini ta’minlashdagi asosiy talablar?
Tavsiya etilgan adbiyotlar:
1. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni 
bartaraf etishning yo’llari va choralari / I.A.Karimov. - T: O’zbekiston, 2009. - 56 
b.
2. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashni izchil davom ettirish - 
davr talabi. Prezident Islom Karimovning 2008 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning 
eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi 
ma’ruzasi // Xalq so’zi, 2009 yil 14 fevral.
3. Karimov I.A. Eng asosiy mezon - hayot haqiqatini aks ettirish. T.: O’zbekiston, 
2009. - 24 b.
4. Najmidinov M, Negmatullaev S , Xoshimov X, i Problemы prepodovaniya pri 
podgotovke kadrov po dissiplinei, Upravlenie kashestvom i 
konkrurentosposobnost’ produksiii, Standartlashtirish , meteralogiya va 
sertifikatlashtirish sohasida kadrlarni tayorlash qayta tayorlash va malakasini 
oshirish muammolari respublika ilmiy- amaliy anjumani tezislar to’plami.
2.6. Tovarlarning sifat ko’rsatkichlarini taminlash
2.6.1. Tovarlarning ishlab chiqarilishini rejalashtirish.
2.6.2. Tovarlarni ishlab chiqarishdagi talablar.
2.6.3. Tovarlarning sifat ko’rsatkichlarini sertifikatlashtirish soxasida ISO ning 
faoliyati.
2.6.1. Tovarlarning ishlab chiqarilishini rejalashtirish
Mahsulotlarni ishlab chiqarishni rejalashtirish doimo bozor qonunlari 
asosida iste’molchilarni talabini o’rganib borishni davlat miqyosida amalga 
oshirish kerak. Ishlab chiqarish tovarlariga iste’molchilarning talabi bo’lmasa bu 
tovarlarni yaratish ularni ishlab chiqarishga tadbiq etish, yangi tovarlarni sifat 
ko’rsatkichlarini yaxshilash to’grisidagi ilmiy nazorat va ishlab chiqarish 
tomonlarini bir vaqtda amalga oshirish kerak bo’ladi. Xozirda halqaro mexnat 
bozorida resurslar taqsimoti va ko’p rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarish 
tovarlarini yuqori sifat ko’rsatkichlariga ega ekanligi bu dunyo miqyosida texnika - 
texnologiyani rivojiga yangi-yangi uskunalarni yaratishga ishlab chiqarish tovarlari 
194


raqobatini oshirishga olib bormoqda. Bu borada rivojlangan mamlakatlar 
zamonaviy uskunalar bilan o’zlarining ishlab chiqarish korxonalarini yangidan 
ta’minlash shu davlatlarda mahsulotlarni ishlab chiqarish potensiali oshib borishiga 
olib kelmoqda.
Xozirda qo’shma korxonalarni barpo etilishi O’zbekistonda ishlab chiqarish 
mumkin bo’lgan mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini boshqarishga xizmat 
qilmoqda.
Mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini ishlab chiqarishga kiritishda, ishlab 
chiqarish davrida ish uskunalarini ekspluatastiya potenstiali ta’min etishdagi 
iste’molchilar talabini doimo qondirishda, sifat ko’rsatkichlarini boshqarishni 
ma’lum tomonga yo’naltirishda qilinadigan barcha ishlar va ishlab chiqarish uchun 
ta’sir etadigan barcha faktorlar mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini ta’minlashda 
asosiy omil xisoblanadi. Ishlab chiqarish potensiali boshqarishda sifatli 
mahsulotlarni yaratishda 4 ta faktor katta rol o’ynaydi:
1)
Ishlab chiqarishdan oldingi davr proektlash, ya’ni loyihalash davri deyiladi; 
2)
Mahsulotlarni ishlab chiqarish davri;
3)
Mahsulotlarni etkazish ya’ni realizastiyalash davri;
4)
Mahsulotlardan foydalanish ya’ni istemol davri .
1-davrda, ishlab chiqarishga kerak bo’lgan mahsulotlarni rejalashtirish 
davrida shunga o’xshash mahsulotlarni o’rganish orqali yangi mahsulotlarni sarf 
ko’rsatkichlarini yuqori darajaga etkazishni ta’minlovchi omillarni o’ylab topish 
lozim.
Bozor iqtisodiyotining asosiy qonuni esa talab va taklif bo’lgani uchun har 
bir ishlab chiqarilgan tovarga iste’molchilarni qo’ygan taklifi katta ahamiyatga 
ega. Shuning uchun bozor sharoitida iste’molchilarnii talabi davriga nisbatan 
ishlab chiqarish korxonalariga doimo yangi taklif beriladi. Shu sababli tovarlarning 
sifat ko’rsatkichlari doimo yaxshilanib borishligi ularnig bozor sharoitida 
raqobatdoshligini oshrib yuboradi. Shunig uchun halq xo’jaligida yangi turdagi 
segmentlar bunyod etiladi. Ishlab chiqarilayotgan tovarlarning sifatlari yaxshilanib 
ularga bo’lgan talab ortdi. Shuning uchun bozor sharoitida ishlab chiqarish 
strukturasi bilan iste’molchilar orasida doimo raqobat sodir bo’ladi. Shuning uchun 
bozor sharoitida ishlab chiqarishdagi korxonalarga mahsulotni ishlab chiqarish 
davrida ularning sifatiga qo’yiladigan talablar doimo o’zgaruv
bo’ladi. Shuning 
uchun tayyorlangan mahsulotning sifatini har tamonlama tahlil qilib ularning 
iqtisodiy barkarorligini chiqarilayotgan mahsulotni miqdori, ularning potensialiga 
ya’ni korxona uskunalariga quvvatiga xom - ashiyo sifatiga bog’liq. Shuning 
uchun mahsulotlarning sifatini boshqarish yangi assortimentdagi mahsulotlarni 
yaratish, ishlab chiqarishni rivojlantirishga texnologiyalarni yaratishga asosiy omil 
bo’ladi.
Mahsulot sifati - uning ma’lum ehtiyojlarini qondirish uchun yaroqliligini 
belgilab beradigan xususiyatlar yig’indisidir.
Mahsulot sifati - uning barcha xususiyatlarini emas balki mahsulotning 
ma’lum ehtiyojlarini qondira olish imkoniyatlari bilan bog’liq xususiyatlarini o’z 
ichiga oladi.
195


Mahsulot sifatini boshqarish deganda, mahsulotni ishlab chiqarish, ishlatish 
va iste’mol qlishda uning sifatining zarur darajasini belgilash, ta’minlash va sifatini 
muntazam kontrol qilish hamda unga ta’sir qiluvchi shart sharoit va omillarni 
sobitlik bilan ta’sir ettirish orqali amalga oshiriladi.
Sifat masalasi – xo’jalik faoliyatining hamma jixatlarini qamrab oladi.
Yuqori sifat - bu mehnat va moddiy resurslarni tejash eksport 
imkoniyatlarini oshirish provad natijasida esa jamiyat ehtiyojlarini yaxshiroq, 
yanada to’laroq qondirish demakdir. Biz sifat muammosini juda keng ma’noda 
tushunamiz. Bu muammo xo’jalik faoliyatini hamma sohalarini o’z ichiga oladi.
Yuqori sifat deganda - bu mehnat va moddiy resurslarni tejash eksport 
imkoniyatlarini oshirish provad natijasda esa jamiyat ehtiyojlarini yaxshiroq, 
yanada to’laroq qondirish ma’nosini tushanamiz. Shu boisdan ham boshqarish 
butun mexanizmini, modiy va nomoddiy rag’batlantirishning butun sistemasi 
injener va konstruktorlarning kuch g’ayratlarini, ishchilarping mahorati, mahsulot 
sifatini oshirishga qaratish zarur. 
2.6.2. Tovarlarni ishlab chiqarishdagi talablar
Chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish uchun kurashishning navbatdagi 
butunlay yangi bosqichi uchun shart - sharoitlar mavjudligini ko’rsatmoqda.
Mahsulot sifati muammosini hal etish yana shuning uchun murakkab 
kompleks ya’ni bir vaqtning o’zida ham ilmiy ham texnikaviy, ham iqtisodiy ham 
siyosiy muammolarni hal etish lozim.
Ma’lumki, mahsulot sifati, uning yaratish va iste’mol qilishning barcha 
bosqichlarida, ilmiy tadqiqot, loiha - konstruktorlik, texnologik va iqtisodiy ish 
olib borish jarayonida undan foydalanishni ommaviy joriy qilishda shakllanadi.
Mamlakatimizda hamda chet ellarda mahsulot sifatini boshqarishning ba’zi 
forma va metodlari to’g’risida gapirishdan oldin «Mahsulot sifati» va «Mehnat 
sifati» tushunchalarini ko’rib chiqaylik.
Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish faoliyati jamiyat ehtiyojlarini 
so’ndirish uchun zarur bo’lgan moddiy boyliklarni yaratishning uzuliksiz 
jarayonidan iboratdir, ma’lum ehtiyojlarni qondirish uchun mo’ljallangan xalq 
xo’jaligi faoliyatining buyumlashgan natijasi sifatida qaraladigan barcha moddiy 
boyliklar mahsulot deb ataladi. «Mahsulot» tushunchasi umumlashtiruvchi bo’lib, 
ham tayyor mahsulotlarni o’z ichiga oladi.
Sifat masalasi –xo’jalik faoliyatining hamma jihatlarini qamrab oladi. 
Yuqori sifat - bu mehnat va moddiy resurslarni tejash, eksport imkoniyatlarini 
oshirish pirovard natijada esa jamiyat ehtiyojlarini yanada yaxshiroq, qondirish 
demakdir. Mamlakat olddia turgan xilma-xil iqtisodiy va sosial vazifalarni 
muvaffaqiyat bilan hal etish uchun mehnat unumdorligini jadal ko’tarishdan, butun 
ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradarligini keskin oshirishdan boshqa yo’l yo’q.
Sifat va samaradorlikni oshirish faqat texnikaviy va iqtisodiy vazifa bo’lib 
qolmay, balki sosial idealogik vazifa hamdir. Bu jamiyatni yanada rivojlantirish 
jarayonida hal qilinib boradi. Har bir ishchi ishlab
chiqarishga qanchalik ko’p kuch 
sarf qilsa mehnat shuncha samarador, Vatanimiz shuncha qudratli bo’ladi. Har bir 
196


xodimning, har bir oilaning turmushini yanada yaxshilash uchun, butun xalq 
faravonligini oshirish uchun shunchalik ko’p imkoniyatlari yuzaga keladi.
Vazifa ishlab chiqishning negizida firmalar mahsuldorligini oshirish, barcha 
sifat ko’rsatkichlarini yaxshilashga erishishdan iborat.
O’zbekiston bozorlariga xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish zarurligi 
sababli O’zbekistonda qo’shma korxonalar chet el investorining kirib kelishi 
ta’min etilmoqda.
Sifat ko’rsatkichlariga mos ravishda, tovar ishlab chiqarish va O’zbekiston 
tovarlarini dunyo bozoriga olib chiqish, O’zbekistonga ko’proq valyuta tushirish 
va shu bilan O’zbekistonning rivojini ta’minlashga katta etibor qaratilmoqda.
Yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish bilan resurslardan oqilona 
foydalanish va ularning tejamini ta’minlaydigan yangi texnika, eng ilg’or 
texnologiya jarayonlarini ishlab chiqarishga joriy etish rahbar xodimlarga, 
injenerlarga, konstruktorlarga, loyihachilarga, texnologiya va mutaxasislarga 
bog’liq.
Mamlakatimizda mehnat, xom-ashiyo, yoqilg’i, energetik resurlar etarli. 
Asosiy fondlarimiz ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi katta. Shu sababli 
hamma joyda va har ishda tejamkor bo’lish, jamoat mulkiga omilkorlik bilan 
yondashish, ixtiyorimizda bo’lgan, insonninng qo’li va aql zakovati bilan bunyod 
etilgan narsalarning hammasidan moxirona to’la- to’kis va oqilona foydalanish 
iqtisoliy siyosatning o’zagi bo’lib bormoqda. Butun ishimizning sifati va 
samaradorligini oshirishni ta’minlash uchun ham xo’jalikni hamma tarmoqlarida 
fan texnikaning ilg’or darajasidan foydalanish zarur.
Ish sifati va ishlab chiqarish samaradorligidan va ish sifatini oshirish, mehnat 
intizomini mustahkamlash, ularni mehnatga insonparvarlik munosabatida bo’lish 
ruhida tarbiyalash, texnik jihatdan asoslab berilgan.
Mehnat normalarini xo’jalik hisobini tejamkorlik va sifat rejalarini joriy 
etish belgilangan ish hajmining kam sonli ishchilar bilan bajarish sohasidagi 
tartiblarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Resurslar sarfi texnika-texnologiya darajasiga bog’liq bo’ladi. Bu daraja 
qanchalik yuqori bo’lsa ehtiyojlarnii qondirish shu qadar kam resurs talab qiladi 
yoki aksincha.
Masalan eski texnologiya sharoitida 10 so’mlik mahsulot olish uchun bir 
kilovat elektr energiya sarf qilinsa, ilg’or texnologiya sharoitida 0,5 kilovat 
sarflanadi demak, energoresurs birligi evaziga ikki barobar ko’p mahsulot olinadi.
Sanoatdagi ilg’or tajriba 
ilmiy ma’lumotlarning kengayishi
chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish uchun kurashning navbatdagi
butunlay yangi bosqichi uchun shart sharoitlar mavjudliginii ko’rsatadi. Tovarlarni 
sifat ko’rsatkichlarini sertifikatlashtirish sohasida ISO ning faoliyati - bu tashkiliy 
metodik ta’minotdir. 1985 yilgacha bu masala bo’yicha sertifikatlashtirish 
Qo’mitasi (SERTIKO) shug’ullandi. 1985 yillarda esa uning faoliyati 
kengytirilishi bilan bu ko’mita sifat va sertifikatlashtirish (KASKO) deb qayta 
nomlandi. SERTIKO ishining yakuni MESK, Xalqaro savdo markazi, BMT 
konfrenstiyasi bilan hamkorlikda savdo va rivojlantirilish (YuNKIAD) hamda 
Sertifikatlashtirish maxsus tadqiqotlari materiallarining GAT-VTO si bo’ladi. 
197


Shu asosida xalqaro savdoda sertifikatlashtirishning roli kengayib ketdi. ISO 
tomonidan ishlab chiqilgan va ishlab chiqariladigan tovarlarni sertifikatlashtirish 
bo’yicha yagona tashkiliy-metodik xujjat sertifikatlashtirish jarayonini 
garmonizasiyalashtirishdir. Bu o’z o’rnida alohida milliy qonunchilik holatlari 
farqlariga qaramasdan sertifikatlashtirish natijalarini ikkala tomon uchun ma’qul 
deb tan olish imkoniyatini oshiradi. ISO shu bilan birga sertifikatllashtirish mavjud 
bo’lmagan bazi mamllakatlarda sertifikasiyalashtirish tizimini o’tkazishning 
uslubiy rejasini ishlab chiqdi .
KASKO ichida 50 atrofida mamlakat ishtrok etadi. Qo’mitaning asosiy 
faoliyat yo’nalishi quydagicha:
-
alohda mamlakatlar talabiga mos keluvchi sifat ta’minoti tizimini va ishlab 
chiqarishga javob beruvchi mahsulotni o’rganish;
-
boshqaruvni tadqiqotlar inpekstion nazorat va xizmatlar, jarayonlar, ishlab 
chiqarishni sertifikatlashtirish bo’yicha tayyorlashi va sifat ta’minoti tizimi va 
sertifikatlashtirish tadqiqot labaratoriya bahosi va faoliyati bo’yicha tayyorlash;
-
sifat taminot tizimining miliy va hududiy ikki tomonlama maqul qabul 
qilinishiga ta’sir etishi, shuningdek xalkaro standartlarni tadqiqotlarga, nazoratga, 
sertifikatlashtirishga, sifat tizimi va boshqalarga tadbiq etish.
2.6.3. Tovarlarning sifat ko’rsatkichlarini sertifikatlashtirish soxasida ISO ning 
faoliyati
1987 yil ISO 9000 standartlari seriyalarini nashr qildi. 1994 yilda to’ldirilgan 
nashrning yangisi chiqdi. Bunda standartlarning qanchalik ahaimyatli ekanligi 
haqida gapirilardi. Sertifikatlashtirish sohasida MEK bilan hamkorlik qildi. 
Sertifikatlashtirish asosiy rahbariyat «uchinchi mamlakat ishlab chiqarish 
sertifikatlashtirish
tizimining
umumlashtirish
aqidalari»
da
takidlanganidek ISO-MEK rahbariyati hisoblanadi. Ular o’zida milliy
sertifikatlashtirish tizimlarini yaratish bo’yicha tavsiyalarini 
mujassamlashtiradi. Bu xujjatlarning rivojanishi natijasida rahbariyatga asosiy 
xulosalar qilindi. Unda sertifikatlashtirish va nazorat organlari, shuningdek 
tadqiqot labaratoriyalariga umumlashtirilgan talablar kiritiladi. Labaratoriyaga 
qo’yiladigan talablardan biri tizimning ish sifatini ta’minlashdir. Labaratoriyadagi 
shaxs uchun bu tizimni tashkil etadigan shakl kiritilgan va u quydagilarni o’z 
ichiga oladi:
-labaratoriya ning tashkiliy sxemasi;
-labaratoriya tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar va bo’limlar burchlarining 
funksional ro’yxati;
-ish sifatini ta’minlovchi umumumiy mashg’ulotlar har bir tur 
tadqiqotlarning sifat ta’minoti choralari;
- standartlar, qo’llanmalar, ishlab chiqarish metodikalari, instrukstiyalar va 
boshqalarning bo’lishi;
- mizozlardan axborot olishni tashkil etish;
-reklamalarning ko’rib chiqilishi tartibi xaqida xujjat;
-jixozlarni tekshirishning umumiy dasturlari;
198


-jixozlarning har bir turining instrukstiyalari;
-namunalar identifikasttiya qoidalari;
-ruyhatga
olingan
tadqiqot
protokollarining
kerakli
usularini bo’lishi.
ISO-MEK tadqiqotlar labaratoriyasi (ILAK) akkreditlanish bo’yicha xalqaro 
konfrenstiyalar buyurtmasi bilan rahbariyat "labaratoriyalarining malaka oshirish 
tadqiqotlari" ishlab chiqildi bu ko’p mamlakatlarning tadqiqot labarotiriya ishlari 
darajasini baholash, texnik kompetentlik va faoliyat sohasini labaratoriyalarning 
akkreditlanishi, tadqiqot usularning samarasini baholash va boshqa masalalarni 
echishda katta rol o’ynaydi.

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish