Balki ularning salomatligini ta’minlovchi sifat ko‘rsatkichiga ham



Download 0,78 Mb.
bet1/5
Sana13.07.2021
Hajmi0,78 Mb.
#117766
  1   2   3   4   5
Bog'liq
baliqchilik kurs ishi


KIRISH

Respublikamiz aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirishda faqat uning miqdor ko‘rsatkichi gagina emas,

balki ularning salomatligini ta’minlovchi sifat ko‘rsatkichiga ham

alohida e’tibor berilmoqda. Ushbu dolzarb masalaning yechimida baliq va baliq mahsulotlarining o‘rni katta. Insonlarning go‘sht mahsulotlari hisobiga qabul qila digan oqsillarning 18–20 foizi suvda yashovchi organizmlarga, asosan baliqlarga to‘g‘ri keladi. Baliq go‘shti tarkibida boshqa chorva hayvonlari go‘shti tarkibidagi barcha to‘yimli moddalar mavjud bo‘lgani holda, ularning odam organizmi tomonidan hazm bo‘lsin darajasi yuqoridir. Baliq go‘shti va ayniqsa, yog‘i tarkibi «D» vitaminga o‘ta boy bo‘lib, uni yetarli darajada iste’mol qilgan tanada Ca va P almashinuvi me’yorda saqlab turiladi, yosh bolalarda uchraydigan raxit

kasalligining oldi olinadi, kasal bo‘l ganda esa davolashda muhim

ahamiyatga ega. Bundan tash qari ovqat uchun yaroqsiz baliqlar va

baliqlarni qayta ish lash kor xonalari chiqindilaridan tayyorlanadi-

gan baliq uni, qish loq xo‘ ja lik hayvonlari va parrandalari ratsioni-

ning to‘la qiymat liligini ta’minlovchi qimmatli qo‘shimcha ozuqa

hisob lanadi.

Meditsina nuqtayi nazaridan bir kishi bir yilda 16 kg ba-

liq iste’mol qilishi me’yor hisoblanadi. Ushbu me’yorni ta’min-

lash maqsadida mamlakatimizning barcha aholisi uchun har yi-

li 400 000 tonna baliq yetishtirish kerak bo‘ladi. Respublikamizda

shuncha miqdorda baliq yetishtirish uchun barcha imko niyatlar

mavjud. Uning hududida Chordara suv omboridan suv oqizili-

shi hisobiga shartli ravishda uch qismga bo‘linadigan yirik Hay-

dar ko‘l (130 000 ga), Tuzkon ko‘l (40 000 ga) va Arnasoy ko‘l

(10 000 ga) kabi tabiiy ko‘llar hosil bo‘lishi sababli, umu miy may-

doni 820 000 ga suv havzalari mavjud bo‘lib, uning atigi uchdan

bir qismidagina baliq urchitishning nojadal usuli dan foydalanib

mahsulot yetishtirilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra bugungi kunda

baliq yetishtirilayotgan sun’iy suv havzalarining har bir gektaridan

6 sentnerdan baliq ovlansa, tabiiy suv havzalarida bu ko‘rsatkich

atigi 6–8 kg/ga to‘g‘ri keladi.

Ushbu sohani rivojlantirish borasida Prezidentimizning qa tor

Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining Qarorlari qabul qi lindiki,

ular asosida baliqchilik bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jalikla-

rining moddiy bazasini kuchaytirish maqsadida 2012-yili 8 mlrd

so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi.

Respublikamizda hozirgi kunda 1400 dan ziyod hovuz ba-

liq chiligi bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaliklari faoliyat ko‘r-

satmoqda.

Baliq yetishtirishning jadal usullari: hovuzlarni meliora tsiya -

lashtirish, o‘g‘itlash, baliqlarni qo‘shimcha oziqlantirish, selek-

siya–naslchilik ishlarini yuritish hisobiga yuqori mahsuldor zot-

lar yaratish, yashash sharoiti farq qiluvchi mintaqalardagi sermah-

sul baliq zotlarini iqlimlashtirish, urchitishning zavod usulidan

keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish, turli yoshdagi baliq larning o‘z -

lariga xos yashash va oziqlanish sharoitlariga bo‘lgan talabi xil ma-

xilligidan kelib chiqib, ular uchun xuddi shunday sha roit larni yara-

tish, mustahkam ozuqa bazasini yo‘lga qo‘yish va yana boshqa bir

qator ish lar majmuasi ushbu sohani jadal ri voj lantirishning asosiy

omillari hisoblanadi.

Ushbu o‘quv qo‘llanmada asosiy e’tibor yuqorida qayd qilin-

gan masalalarning yechimiga qaratilgan bo‘lib, uning asosiy maq-

sadi shu yo‘nalishda ta’lim olayotgan kollej o‘quvchilari, oliy

o‘quv yurtlarining zootexniya, veterinariya, biologiya yo‘nalishida

ta’lim olayotgan talabalari, magistrlari hamda baliqchilikka ixtisos-

lashtirilgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislariga ama liy

yordam berishdan iborat.

1.1. Ayrim tashqi omillarning baliqlar hayotiga ta’siri

Hovuzlardagi suv, uning tubidagi tuproq qatlami, tarkibi dagi

bakteriyalar, o‘simliklar va boshqa barcha jonivorlar baliq lar uchun

tashqi muhit hisoblanadi.

Bu tashqi muhit baliqlarning organizmida kechadigan na fas

olish, oziqlanish, qon aylanish, asab faoliyati, urchishi, o‘sish va

rivojlanishi kabi barcha jarayonlarga ta’sir qiladi.

Baliqlar organizmiga ta’sir qiladigan tashqi muhit, ixtifau naning

xilma-xilligi va boyligi o‘z navbatida, havzadagi suv qat lamining

qalinligiga, maydoniga, tubidagi tuproq qatlamining xususiyatiga,

unda yashovchi bakteriyalar, suv o‘tlari, va joni vor larning tarkibi-

ga, suvning harorati, gidrokimyoviy rejimi va oqish tezligi kabilarga

bog‘liq. Ixtifaunaning holatiga, o‘z nav batida, insonlarning xo‘ja-

lik yuritish faoliyati, jumladan, mah sulot yetishtirishning jadalli-

ligi, suv inshootlarining qurilishi, ba liqlarni iqlimlashtirish kabilar

ta’sir ko‘rsatadi. Yuqoridagi ko‘plab omillardan baliqlar hayotiga

ta’sir qiluvchi eng asosiy va soha bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis-

lar ko‘proq duch kela diganlari suvning harorati, gidrokimyoviy re-

jimi va ozuqa man balaridir.

Qayd qilingan ushbu omillar faqat tashqi muhit sha roitini na-

zorat qilishgagina emas, balki uni foydali tomonga yo‘naltirishga

ham imkon beradi.

Suvning tiniqligining baliqlar hayotiga ta’siri. Baliqlarning

hayotida hovuzdagi suvning tiniqligi muhim ahamiyatga ega. Suv-

ning tiniqligi deganda uning tarkibidagi mavjud jismlarning suv yu-

zasidan necha sm chuqurlikda ko‘rinish chegarasi tushu niladi. Suv-

ning tiniqligini diametri 30 sm bo‘lgan Sekki diskini suvga tushiril-

gandan keyin oxirgi ko‘rinmay qolgan nuqtasi gacha bo‘lgan oraliq

masofa bilan o‘lchanadi.

Suvning tiniqlik darajasi uning tarkibidagi organik va noor ganik

moddalarning hamda mayda o‘simliklar va jonivorlarning ko‘p yoki

oz miqdorda mavjudligiga bog‘liq. Kech kuzda va qish mavsumida

suvning tiniqlik darajasi bahor va yoz oylariga nisbatan tiniq bo‘la-

di. Chunki ko‘klamgi suvning ko‘payishi, yozgi jalalarning suv ha-

vzasiga ko‘plab organik va noorganik jism larni oqizib olib kelishi

tufayli shu mavsumlarda bir hujayrali suv o‘tlarining hamda umurt-

qasiz jonivorlarning jadal rivoj lanishi kuzatiladi.

Hovuzlarga ko‘plab miqdorda loy va qum donachalarining oqib

kelishi, undagi fito va zooplanktonlarning o‘limiga, baliq larning

nafas olishining qiyinlashuviga hamda ularning oziqla nishining yo-

monlashuviga sabab bo‘ladi.

Suvning chirigan o‘simliklar va o‘lib qolgan jonivorlarning

may da donachalari bilan ifloslanishi havzadagi gidrokimyoviy ho-

latni yomonlashtiradi.

Havzadagi gidrokimyoviy holatning baliqlar hayotiga ta’siri.

Hovuzdagi suvning kimyoviy xususiyatining yoki suyuq, qattiq va

gazsimon jismlarni erita olish imkoniyatlarining majmuasi, uning

gidrokimyoviy holati deb tushiniladi hamda bu holat baliqlarning

yashash sharoitini oldindan belgilab beradi.

Suvdagi erigan tuzlarning tarkibi turli hovuzlarda turlicha bo‘-

ladi.


Dengiz va chuchuk suv havzalaridagi suvlar o‘zlarining tar-

kibidagi tuzlar miqdori bilan bir-biridan farq qiladilar. Dengiz suv-

larida asosan, xlorli tuzlar erigan holatda bo‘ladi. Chuchuk suv

hav zalarida esa karbonat va sulfat tuzlari ko‘p bo‘lib, ular suvning

«qattiq» yoki «yumshoq» ligini belgilab beradi.

Suv tarkibidagi gazlarning baliqlar hayotiga ta’siri. Suvning

yuqorigi atmosfera havosiga tutash yuzasi azotni, kislorodni va

kar bonat angidridni o‘ziga singdirib, eritadi. Bu erigan gazlar

suv ning pastki qatlamiga kirib borib, u yerdagi o‘simliklar orga-

nizmida muhim rol o‘ynaydi. Ushbu o‘simliklar esa, hovuz larda

yashovchi baliqlar hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Demak,

suv tarkibidagi gazlar bevosita yoki bilvosita baliqlar or ganizmiga

ta’sir qiladi.

Suv tarkibidagi erigan kislorod miqdori uning haroratiga bog‘liq.

Suv harorati pasayishi bilan kislorodning eruvchanligi oshadi va

aksincha. Atmosfera bosimining ko‘tarilishi bilan esa, kislorodning

eruvchanligi oshadi. Suvning sho‘rlanganlik dara jasi qancha yuqori

bo‘lsa, kislorodning eruvchanligi shuncha pasayadi. Suvning tarki-

bidagi erigan kislorod miqdori unda ke chayotgan biokimyoviy ja-

rayonlar bilan bevosita aloqadadir. Bundan tashqari, fotosintez ja-

rayonining jadalliligi ham suv tar kibidagi erigan kislorod miqdoriga

ta’sir qiladi. Suv o‘tlari kun ning yorug‘ paytlarida suvdagi karbonat

angidridni yutib, kislo rod ajratadi. Kechasi aksincha, suvdan kislo-

rodni yutib, karbonat angidridni ajratadi.

Suvdagi o‘tlarning va jonivorlar o‘liklarining chirishi na tijasida

suv tarkibidagi kislorod ularning parchalanishiga sarf lanadi va miq-

dori qisman kamayadi.

Baliqlarning nafas olishi jarayonida suvda erigan kislorod, ular-

ning jabrasidagi mayda kapillyarlar devori orqali qonga so‘ riladi.

Qon tarkibidagi kislorodni tananing butun a’zolari va hu jayralari-

ga yetkazib, ulardagi parchalanish–tiklanish jara yon larini ta’min-

laydi.


Ozuqa zaxiralarining baliqlar hayotiga ta’siri. Suv havza larida

tirik bo‘lmagan tashqi tabiiy omillar majmuasidan (kislo rod, mine-

ral moddalar va hokazo – abiotik omillar) tashqari, o‘sim liklar va

jonivorlar dunyosining xilma-xil nisbatda mavjud bo‘lishi (biotik

omillar) ham baliqlar hayotida muhim rol o‘y naydi.

Suv havzalarining ozuqa zaxirasi deganda, undagi mavjud

o‘sim liklar, jonivorlar hamda ularning parchalanishi natijasida ho-

sil bo‘lgan (ayni paytda ularning baliqlar tomonidan iste’mol qi-

linayotganligi yoki qilinmayotganligidan qat’iy nazar) mah sulotlar

majmuasi tushuniladi. Ayni paytda o‘sha hovuzda mav jud baliq

turlari tomonidan iste’mol qilinayotgan ozuqalar, ozu qa manbayi

deyiladi.

Barcha turdagi baliqlar iste’mol qiladigan ozuqalar xili ga ko‘ra,

shartli ravishda ikki guruhga bo‘linadi.

Jonivorlarni iste’mol qiluvchi baliqlar ham o‘z navbatida, tinch-

liksevar va yirtqich baliqlarga bo‘linadi.

1. Tinchliksevar baliqlar hovuzlardagi umurtqasiz hayvon larni

iste’mol qilsalar, yirtqich baliqlar o‘zlaridan maydaroq bo‘lgan

bosh qa baliqlar bilan ham oziqlanadilar.

2. O‘simlikxo‘r baliqlar oddiy suv o‘tlari hamda yumshoq va

qattiq takomillashgan tuzilishli suv o‘tlari bilan ham oziq lanadilar.

Havzalarda ozuqalar tanqisligi yuzaga kelgan hollarda ayrim

baliqlar o‘zlariga xos bo‘lmagan ozuqa manbalari bilan majburan

oziqlanishga o‘tadilar. Ayrim o‘simlikxo‘r baliqlar va deyarli bar-

cha yirtqich baliqlar umurtqasiz jonivorlarni, ayrim jonivorlarni

eydigan tinchliksevar baliqlar o‘simliklarni ham iste’mol qilishga

o‘tadilar. Ayrim tinchliksevar baliqlar, hatto yirtqichli xususiyatla-

rini o‘zida mujassamlashtirib, baliqlarning lichinkalari va malkla-

rini ham eyishga o‘tadi.

1.3. Baliqlarning ekologik guruhlari

Yashaydigan hududlariga ko‘ra baliqlar shartli ravishda deng iz-

larda va chuchuk suvlarda yashovchi hamda ko‘ch manchi va yarim

ko‘chmanchi guruhlarga bo‘linadi:

– bentos– suvning pastki qatlamida yashovchi organizm lar;

– fitoplankton–o‘simlik kelib chiqishga ega ozuqalar;

– zooplankton–mayda umurtqasiz jonivorlar bo‘lib, suv ning

o‘r ta qatlamida yashovchi, mustaqil sekin harakatlanuvchi orga-

nizmlardir;

– nektonlar–suv qatlamining o‘rta qismida yashovchi faol va

tez harakatlana oladigan organizmlar.

Dengiz baliqlari doimo dengizlarda yashaydilar va o‘sha joyda

urchidiylar. Treska, dengiz okuni, stavrida, skumbriya, seld kabi

baliqlar shu guruhga mansubdirlar.

Ko‘chmanchi baliqlar asosan, dengizda yashasalarda daryolar-

da urchiydilar. Ushbu guruhga osyotr, sevryuga, Kaspiy va Qora

dengiz lososlari mansub bo‘lib, ular urchish paytida daryolarning

oqimiga qarshi o‘nlab, hatto yuzlab km su zib, baland sharsharalar-

dan, qiyin to‘siqlardan o‘tib ikra qo‘ yadigan joylariga yetib bora-

dilar. Ikralarini qo‘yib bo‘lgach, yana dengizlarga qaytib ketadilar.

Bu jarayonda ularning bir qismi nobud ham bo‘ladi. Chunki urug‘

qo‘yish joyiga otlan gandan boshlab, bu jarayon tugaguncha ular

oziqlanmay dilar va juda oriqlab, holdan to‘yadilar.

Yarim ko‘chmanchi baliqlar dengizlarning o‘ta sho‘r bo‘l-

magan, daryolar qu‘yilib turadigan joylariga yaqinroq hudud larda

yashab, ikra qo‘yish paytida ular ham daryolarga suzib o‘tadilar.

Bu guruh baliqlar avvalgi guruhdagilardan farq qilib, ikra qo‘ya-

digan joylariga borish uchun o‘ta uzoq masofa bosib o‘tmaydi-

lar. Ular ham jinsiy hujayralarini to‘kib bo‘lgach, avval gilar kabi

o‘z joylariga, ya’ni dengizlarga qaytib ketishadi. Ota la nishdan hosil

bo‘lgan yosh ba liqchalar ham dengizlarga suzib ketadilar. Bu gu-

ruhga (yarim ko‘chmanchi) leshch, sazan, laq qa, sudak kabi baliq-

lar kiradilar.

Daryolar va chuchuk suvli ko‘llarda yashovchi baliqlar shu yer-

larda doimo yashaydilar va o‘sha joyda yoki shunga yaqin joylar-

da ko‘payadilar (urchiydilar) bu guruhga yaz, shchuk, len, karas va

boshqa sof chuchuk suvda yashovchi va qisman yarim ko‘chmanchi

leshch, sazan, sudak, laqqa kabi baliqlar ham man subdirlar.

2-bob. TABIIY SUV HAVZALARIDA BALIQCHILIKNING

QISQACHA RIVOJLANISH TARIXI

Eramizdan ancha avvalroq ba‘zi insonlar (xitoylik va rimliklar)

aliqlarni sun’iy urchitish usullarini bilganlar. Buning uchun baliq-

arga sun’iy urchiydigan hovuzlar qurib, ularning oziqlanish sha-

oitini yaxshilaganlar. Ularga sun’iy hovuzlarda baliqlarning ikra-

ini urug‘lantirishning o‘ta oddiy usullari ma’lum bo‘lgan, bundan

oydalanib tabiiy suv havzalarini, kanallarni, sholipoyalarni, hatto

aryo va ko‘llarni ham otalangan ikra va lichinkalar bilan baliqlan-

rganlar.

Asrlar o‘ta borishi bilan baliqlarni ovlash (tutish) ishlari tako-

millasha bordi, ayniqsa doimiy yashash joylaridan urchish joylariga

o‘chayotgan yo‘llarda va urchish joylarida ularni tutish, daryo va

o‘llarda baliqlar zaxirasining kamayib ketishiga sabab bo‘ldi.

Shundan kelib chiqib, XI–XIV asrlardayoq ayrim Yevropa

mam lakatlarida voyaga yetmagan balqlarni tutishni taqiqlovchi, ba-

qlarni tutish mavsumini qisqartiruvchi, urchish uchun ko‘chayot-

an yo‘llarda va urchiyotgan joylarda baliqlarni ovlashni taqiqlov-

hi qonunlar joriy qilindi. Shunday mazmundagi qonunlar XVII

srlarga kelib Rossiyada ham joriy qilina boshladi.

Ushbu qonunlar baliqlar zaxirasining ko‘payishiga ijobiy ta’sir

il sada, insonlarning unga bo‘lgan talabini qondira olmas edi.

Chun ki odamlar baliqlarni ko‘paytirishga nisbatan ularni tutish

exnikasini takomillashtirishga ko‘proq e’tibor berganlar. Dengiz

a okeanlarda ularning o‘z-o‘zidan ko‘payishi hisobiga hosil bo‘-

a digan zaxirasi bitmas-tuganmas deb o‘ylaganlar. Bunday tushun-

halar XX asr boshlarida yanada kuchayib, baliqlarni ovlash juda

adallashib ketdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning ma’-

umotlariga ko‘ra dunyo bo‘yicha 1953-yilda iste’mol qilinadigan

aliqlar 27,9 mln tonnani tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich

970-yilga kelib 39,1 mln tonnani, 1975-yilda 46,0 mln tonna-

i, 1985-yilga kelib esa 70,0 mln tonnani tashkil qilgan. Bu ten-

ensiyaning hanuzgacha davom etishi dengiz va okeanlarda baliq

axiralarining kamayib ketishi, son jihatdan ko‘payib borayotgan

insonlarning baliq mahsulotlariga bo‘lgan taqchilligini yuzaga kel-

tirmoqda.

Insonlarning tabiiy suv havzalarida baliqlarni ko‘paytirishga

qo‘ygan katta qadami Stefan Lyudvig Yakobi (1711–1784)ning

baliqlarning urchish biologiyasida qilgan kashfiyotlaridan boshlan-

di deyish mumkin. S.L.Yakobining kashfiyotigacha olimlar baliq-

larning ikrasi (tuxumi) ham boshqa yer yuzidagi hayvonlar ka-

bi organizm (tana) ning ichida otalanadi deb o‘ylaganlar. Mash-

hur tabiatshunos Karl Linney (1708–1778) ham shu fikr tarafdori

bo‘lgan. U erkak baliqlar spermasini suvga to‘kadilar, urg‘ochila-

ri uni o‘z tanasiga so‘rib oladi va undan keyin otalanish urg‘ochi

baliqlarning tanasi ichida sodir bo‘ladi deb o‘ylagan. S.L. Yako-

bi forel balig‘ining urchish jarayonini ko‘plab kuzatishlari natija-

sida uning ikrasi tananing ichida emas, suvda otalanishini aniq-

lagan. U urg‘ochi forel balig‘ining yetilgan ikrasini suvli idishga

siqib olib, uning ustiga erkaklarining spermasini to‘kib, suvning

rangi sut rangigacha loyqalanguncha aralashtirdi. Ushbu muvaf-

faqiyatli tajribadan keyin S.L.Yakobi forel, losos va boshqa baliq-

lar ustida ham ko‘plab kuzatishlar olib bordi va shunga o‘xshash

natijalar oldi. Olingan lichinkalar o‘sishi va rivojlanishi jihatidan

tabiiy sharoitda olinganlaridan umuman farq qilmaganlar. Yakobi

tomonidan ixtiro qilingan bu kashfiyot baliqchilikga oid adabiyot-

larda va amaliyotda «ho‘l usulda baliqlar ikrasini urug‘lantirish»

deb ataladigan bo‘ldi.

Shunday qilib, 1763–1765-yillarda Germaniyada nashr qilin-

gan asarlarida S.L.Yakobi nafaqat baliq ikrasini sun’iy otalantirish

usullarini yoritdi, balki otalanish baliqlarning tanasida emas, suvda

sodir bo‘lishini isbotlab berdi.

1842-yilda Jozef Remi va uning o‘rtog‘i Antuan Jegen degan

baliqchilar Yakobining tajribalarini muvaffaqiyatli takrorladilar.

Ularning tajribalari faqatgina Fransiyada emas, Yevropa mamla-

katlarida ham katta qiziqish uyg‘otdi.

Fransuz embriologi Jan Viktor Kost baliqlarning ikralarini

sun’ iy urug‘lantirishning sanoat asosida baliq yetishtirishda aha-

miyati juda kattaligini faol targ‘ib qiluvchilardan edi. U ikralarni

in kuba tsiyalash texnikasini takomillashtirgan, inkubatsiya appara-

tini yarat gan hamda «Amaliy baliqchilikdan qo‘llanmalar» kitobini

nashr qildirgan. Uning qilgan ishlari va sanoat asosida baliq yetish-

tirish borasidagi bildirgan g‘oyalari olimlar orasidagina emas, balki

fransuz hukumati organlarida ham katta qiziqish uyg‘otdi.

Fransiyada 1852-yilda Kosta kashf qilgan inkubatsiya uskunasi

bilan jihozlangan Yevropadagi dastlabki Gyuningen baliqchilik za-

vodi ochildi. Uning ochilishi munosabati bilan baliqlarni sun’iy ur-

chitish ishlari keng quloch yoydi.

Rossiyada baliqlarni sun’iy urchitishning asos chisi va targ‘ibot-

chisi mashhur rus baliqshunosi Vladimir Pavlovich Vrasskiy (1829–

1862) hisoblanadi.

U 1854–1855-yillarda dastlab forel baliqlarining, keyin ko‘plab

boshqa baliqlarning ikralarini sun’iy urug‘lantirish borasida ko‘plab

tajribalar o‘tkazdi va sezilarli muvaffaqiyalarga erishdi.

O‘sha paytda o‘tkazilgan baliqlarning ikralarini xo‘l usulda

urug‘lantirish borasidagi tajribalarning ko‘rsatishicha, urug‘lanti-

rish uchun olingan ikralarning 10–20 foizigina urug‘lanib, qolgan

80–90 foizi urug‘lanmasdan qoladi.

Urug‘lanish darajasining pastligi sabablarini o‘rganish maqsa-

dida V.P. Vrasskiy ikra va spermalarning suvga tushguncha va un-

dan keyingi holatini hamda otalangan ikraning tuzilishi va rivojla-

nishlarini o‘rgandi. Olgan ma’lumotlarini boshqa adabiyotlarda-

gi ma’lumotlar bilan taqqosladi. Bunday olib borgan ishlari unga

ikralarning otalanish darajasining pastligi sabablarini o‘rganishga

imkon berdi. Bu sabablarni u quyidagicha izohlagan.



Sazan – tanasi tillarang, yirik, bir-biriga mahkam yopishgan

qalin tangachalar bilan qoplangan. Og‘zi harakatchan, ikki juft

mo‘ylovi bor. Gavda uzunligi balandligiga nisbatan qariyib 3 mar-

ta uzun. Urg‘ochilari 4–5 yoshida jinsiy voyaga yetadi. Erkaklari

ulardan bir yil avval, yoki 3–4 yoshida jinsiy voyaga yetadi. O‘ta

qulay yashash sharoitida har ikkala jinsdagilari ham yuqorida qayd

qilinganidan bir yil avval jinsiy voyaga yetadilar. Tabiiy sharoitda

uzunligi 1,5 metr, vazni 20 kg gacha bo‘lganlari uchraydi.

Yaxshi isiydigan kichik suv havzalarida may-iyun oylarida, un-

dagi suv 16–19 °C iliganda ikra bera boshlaydi. Ikralari yelimsi-

mon bo‘lib, kichik sarg‘ish rangli, hovuz tubidagi o‘tlarning bar-

glari va poyalariga yopishib turadi. Suvning haroratiga ko‘ra, ikra-

lardan 3–7 kunda lichinkalar ochilib chiqadilar. Ochilib chiqqan

lichinkada kichkinagina sariq tanacha bo‘lib, ma’lum vaqt (1–2

kun)gacha ular o‘simliklarning poya va barglariga maxsus ipchala-

ri (bissus) yordamida osilib turadi va sariq tanacha ichidagi ozuqa

zaxirasi bilan oziqlanadi, keyin harakatga kelib mustaqil oziqlana

boshlaydi. Dastlab, bir hujayrali (eng oddiy) organizmlar, dumaloq

chuvalchanglar dengiz va daryolarda yashaydigan, suv oqimi bilan

harakatlanuvchi jonivorlar va o‘simliklar dunyosi, qisqichbaqasi-

monlar, keyinroq hovuzning tubidagi hasharotlarning lichinkalari

va mollyuskalar bilan oziqlanadi.

Sazan juda jadal o‘sadi. Hovuzlardagi ozuqalar miqdoriga ko‘ra

shu yilgi olingan baliqlar kuzga kelib 30–100 g va undan ham

ko‘proq vaznga yeta oladi. Sazan hammaxo‘r baliq. U jonivorlar-

dan tashqari turli o‘simliklarning urug‘larini, ba’zan boshqa baliq-

larning ikralarini, hatto lichinkalarni ham yeydilar. Kuz kelib, suv

haroratining pasayishi bilan to‘da-to‘da bo‘lib to‘planib, suvning

pastki qatlamida g‘ovaklarga joylashib oladi, ayrim issiqqonli joni-

vorlarga o‘xshab uyquga ketadilar. Qish paytida sazan oziqlanmay-

di, shuning uchun ko‘klamgacha kuzdagi vaznini birmuncha (10–

15 %) yo‘qotadi. Vazn yo‘qotilishi hayot faoliyatini saqlash uchun

tanadagi oqsil va yog‘lar zaxirasining sarflanishi tufayli sodir bo‘la-

di. Sazan serurug‘ bo‘lib, tanasining katta-kichikligiga ko‘ra 100

ming dan 1,8 milliongacha ikra beradi.

Hovuz baliqchiligi xo‘jaliklarida ko‘p asrlik seleksiya natijasida

kelib chiqqan.

Karp sazanning xonakilashtirilgan shaklidir. Yovvoyi sazandan

karpning farqi shundaki, bir xil yashash sharoitida u ozuqani yaxshi-

roq o‘zlashtiradi, shuning uchun jadalroq o‘sadi. Karp suv harorati

23–26 °C bo‘lganda ishtahasi yuqori bo‘lib, tez o‘sadi. Suv ning ha-

rorati osha borishi (29–30 °C gacha) bilan karpning ish tahasi su-

saya boradi. Hamda ozuqani qoplashi pasayadi. Chunki suv haro-

rati ko‘tarilishi bilan birga undagi erigan kislorod miq dori kamaya

boradi, bunga mos ravishda ozuqani hazm qilishi pasayadi.

Suvdagi erigan kislorod miqdori 5 mg/l bo‘lishi karp uchun

qoniqarli, 6–7 mg/l bo‘lishi yaxshi, 3–3,5 mg/l bo‘lishi eng past-

ki chegara deb hisoblanadi. Karpning jinsiy yetilishi 4–5 yoshi-

ga to‘g‘ri keladi. Ba’zan 3–4 yoshida, agarda yashash sharoiti

yaxshi bo‘lganda, ayrim hollarda hatto 2 yoshida ham jinsiy voya-

ga yetganligi kuzatilgan. Karplarning 1 kg vazniga urg‘ochi baliqlar

(erkaklaridan bir yil keyin jinsiy voyaga yetadi) o‘rtacha 180 ming

dona ikra beradi deb hisoblanadi.



Karplarning shu yilning kuzdagi vazni 25–30 g, ikkinchi yil

kuzdagi vazni 500–800 g, uchinchi yil kuzdagi vazni 1,5 kg/ga

yaqin bo‘lishi shu yoshdagilari uchun standart hisoblanadi. Biroq

karp balig‘ining imkoniyat darajasidagi o‘sish ko‘rsatkichi ancha

yuqori bo‘lib, barcha sharoitlar yaxshi bo‘lganda (suv harorati 26–

27 °C, 1 litrda erigan kislorod miqdori 6–7 mg) 1-yili kuzdayoq

400–500 g va undan ham yuqori bo‘lishi mumkin.

Karp tabiatdan o‘ta hurkak, ammo insonga juda tez o‘rganadi.

Ko‘p hollarda havza baliqchiligi xo‘jaliklarida har kuni ularni oziq-

lantiradigan odamlar qirg‘oqqa yaqinlashganda yoki ozuqa tarqat-

kich qayiqchalar bilan kelganda ularga yaqinlashib, hatto insonlar-

ning tayoqcha uchiga bog‘lab uzatgan ozuqalarni ham oladi.

Karp baliqlari uchun nisbatan yumshoq suvli (8–15 Nem.), pH

neytral yoki kuchsiz ishqorli bo‘lishi eng qulay muhit hisoblanadi.

Professor F.G.Martishev tajribalariga ko‘ra, karplar o‘ta mos-

lashuvchandir. Yuqoridagi sharoitga moslashganlari 3–4 yil ichi-

da kuchsiz kislotali muhitda ham yashab keta oladigan darajada

o‘zgara oladi. Hozirgi paytda karplarning tana shakliga, o‘suvchan-

ligiga, go‘shtdorligiga, tangachalar bilan qoplanganligiga ko‘ra turli

guruhlari urchitiladi.

Karas – o‘ta keng tarqalgan, yashash sharoitiga o‘ta talab-

chan emas, ko‘pgina baliqlar umuman yashay olmaydigan sha-

roitda ham urchib ketadigan baliq turi. Har xil kasalliklarga, so-

vuq iqlim sharoitiga ham chidamli. Malklari qish mavsumida ham

o‘lib qolmaydi, yiriklari nafaqat hovuzlar muzlab qolganda, hatto

o‘zlari ham muzga aylanib qolganda ham bahor kelgach erib nafa-

qat yashab ketadilar, hatto jinsiy voyaga yetganlari urchib ketave-

radi. Karasning tanasi yumaloqroq tillarang (sarg‘ish) va cho‘zin-

choq kumushrang ikki xili mavjud.






Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish