S. A. Salixov «patentshunoslik, litsenziyalash va sertifikatlash» fanidan Darslik toshkent – 2010



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/94
Sana31.03.2022
Hajmi1,15 Mb.
#521299
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   94
Bog'liq
PATENTSHUNOSLIK-LITSENZIYALASH-VA-SERTIFIKATLASH

Sifat masalasi
- xo’jalik faoliyatini hamma jihatlarini qamrab oladi.
Yuqori sifat
- bu mehnat va moddiy resurslarni tejash eksport 
imkoniyatlarini oshirish pirovard natijada esa jamiyat ehtiyojlarini yaxshiroq 
yanada to’laroq qondirish demakdir. Mamlakat oldida turgan xilma - xil iqtisodiy 
va sostial vazifalarni
muvaffaqiyat bilan hal etish uchun unumdorligini jadal 
ko’tarishni iqtisodiy mohiyati shundan iboratki. Xalqaro standartlarda ISO 9000 da 
yozilishicha, mahsulot sifati mahsulotlari barcha xususiyat va harakterlarini 
majmui sifatida tushunib ular iste’molchilarni ehtiyojlarni qondirish xususiyatlarini 
ko’rsatadi. Sifat deganda uni ya’ni mahsulotni ko’rsatadigan xizmatdan kelib 
chiqib foydali xususiyatlarining ularning majmuiga aytiladi. Oziq-ovqat 
mahsulotlarining sifat ko’rsatkichlarini sinflash mahsulotning sifati deganda uning 
sifat ko’rsatkichlarini qiymatlaridan kelib chiqib aytamiz. Mahsulot sifatini sifat 
hislatlarini maza, hid, konsistensiya, rangi va tashqi ko’rinishi beradi. Miqdor 
deganda esa, bu xususiyatlarning har biri miqdoriy qiymati tushuniladi.
Mahsulotlarning sifat ko’rsatkichlarini birlamchi, kompleks va umumiy 
ko’rsatkichlar guruhiga ajratadi. Oziq-ovqat kompleks ko’rsatkichlariga 
organaletik qiymat, energetik qiymat, diologik qiymat iste’moliga tayyorgarlik 
kiradi. Energetik qiymatni belgilab beruvchi moddalarga uglerod, yog’l ar va 
oksillar kiradi. Biologik qiymatga esa mahsulot tarkibidagi oksil topilmaydigan 
aminokislotalarni sifati va miqdori, ularning hazm bo’lish xususiyatlari 
hisoblanadi. Umumiy ko’rsatish deb mahsulotlarning ovqatlik qiymatiga aytiladi. 
Masalan, konserva mahsulotlarini kompleks ko’rsatkichlari bo’lib kimyoviy 
tarkibning ko’rsatkichi, energetik qiymati, estetik ko’rsatkichi, bezararlik 
ko’rsatkichlari hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti ish boshlay borishi bilan kun tartibiga eng muhim faktor 
bo’lib, oziq-ovqat mahsulotlarini raqobatbardoshligi hisoblanadi. Bu hol ishchi va 
tashqi bozorlarda, inson faoliyatida standartlashtirish muhim rol’ o’ynaydi. 
Shunga oid me’yoriy texnik hujjat qilingan. Bu hujjatda quyidagilar qayd qilingan:
1.
Eng asosiy mahsulotlari bo’lib iste’molchilarni, ishlab chiqaruvchilarni 
davlat manfaatlarini qo’riqlash;
2.
Mahsulotlarning o’zaro almashtira olish;
3.
Fan va texnikaning rivojlanish darajasiga mos xalq xo’jaligi va aholining 
ehtiyojlari asosida yuqori sifatli va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish;
4.
Hamma turdagi resurslarni tejashga mahsulot va korxonani texnik iqtisodiy 
darajasini yaxshilashga olib keladi;
5.
Sostial-ihtisodiy va ilmiy texnikaviy rejalarni amalga oshirish;
6.
Xalq xo’jaligining barcha ob’ektlaridan xavfsizlikni ta’mmnlash;
7.
Davlatimizning mudofa qudratini oshirish va tayyorgarlikni puxta amalga 
oshirish.
Standartlashtirish ob’ektlarini asosiy qoidalari quyidagilar hisoblanadi. 
Standartga keltirish standartga keltirish ob’ektlari va standartga keltirishning 
maqsadi tushuniladi. Shulardan birinchisi standartga keltirish bunda ba’zi hollarda 
185


keltirish o’rniga solish bo’lishi mumkin. Ma’lum sohada aniq mavjud bo’lgan 
yoki potensial vaziyatlarga nisbatan hamma tomondan va ko’p marta foydalanish 
uchun qoidalarni belgilash vositasida maqbul darajada tartibga solishda va 
erishishga qaratilgan faoliyat, standartga keltirishning ob’ekti esa mahsulot yoki 
uni yaratishni, ishlab chiqarishni, joriy qilishni ta’minlaydigan qoidalardir. 
Korxona standartini tayyorlashda va uni ishlab chiqarishga joriy etishda quyidagi 
tadbirlar amalga oshiriladi:
-standartlashtirilgan jarayonni va ob’ektni aniqdash;
-jarayon va ob’ektni yaxshilab o’rganish;
-texnik topshirig’ini tuzish uni korxona rahbarlari muhokamasida o’tkazish;
-korxona standartining birinchi loyihasini tayyorlash;
-loyihani u aloqador bulgan bo’lim va tashkilotga taqriz va taklif qilish 
uchun tarqatish;
-korxona standartining 2-chi redaksiyasini ilmiy-texnika sovetida ko’rib 
chiqish va foydalanishga topshirish.
Korxona standartini muhokama qilishda qancha ko’p xodim ishtirok esta, 
standartni qo’llanishda samaradorlikka shunchalik tez erishiladi. Korxona 
standartini ishlab chiqarish hamda joriy etish butun ishchilar ishi bo’lib, umumiy 
mehnat intizomini mustahkamlaydi, ish unumdorligini va mahsulot sifatini 
oshmradi. Natijada sifatsiz mahsulotlar chiqishini oldi olinadi. Har qanday 
mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini shakllanishida ularga qo’yiladigan asosiy 
talablardan mahsulotlarni tayyorlashda ishlatiladigan uskunalar tayyorlanadigan 
xom ashyo mahsulotlarini, normativ texnik hujjatlar tomoinidan qo’yiladigan 
talablar, ularni ishlashda qo’yiladigan resepturasi qadoqlash tashish mahsulotni 
sifat ko’rsatkichlarini mukammallashtirishga katta ta’sir ko’rsatadi. Ayniqsa 
hozirgi bozor iqtisodiyoti paytida har bir mahsulotni sifat ko’rsatkichiga juda katta 
talablar qo’yilmoqda. Shuning uchun hozirgi sharoitda mahsulotlarni bozordagi 
harid tomonlari sifat ko’rsatkichlari bilan aniqlanadi. Shuning uchun mahsulotga 
talab bozor iqtisodiyotida o’sib boradi. Mahsulotlarning sifat ko’rsatkichlari doim 
yuqorilashib boradi. Firmalar orasida raqobatchilik ortib boradi. Ohirgi paytda 
mahsulotning sifat ko’rsatkichini aniqlashda, ayniqsa oziq-ovqat mahsulotlarini 
o’rganishda kvalimetriya usuli qo’llaniladi. Boshqarishda mahsulotlarni faqat bir 
ko’rsatkich bilan ularga baho berish mumkin. Masalan, namatakning tarkibidagi 
askarbinni miqdoriga qarab uni sifat ko’rsatkichiga baho beriladi. Agarda tayyor 
mahsulotni sifat ko’rsatkichlarini har tomonlama o’rganilganda uning fizik 
kimyoviy tomonlari o’rganilsa bu usul komrleks usul deyiladi va bu usul 
mahsulotlarni normativ texnik asoslarini tashkil etadi. Demaq har qanday 
mahsulotlarni ishlab chiqarish u mahsulotlar bazis ko’rsatkichlariga ega bo’lishi 
kerak. Tekshiruvchi tashkilotlar tarafidan mahsulotlar tekshirilganda 
tekshirilayotgan mahsulotlar albatta biznes talabiga javob berishi kerak. Shuning 
uchun ishlab chiqarish mashxur bo’lgan injener texnik xodimlar tekshirish uchun 
bazis ko’rsatkichlarga ega bo’lgan mahsulotlar taqdim etish kerak.

Defferensial ko’rsatkich orqali sifat ko’rsatkichlarini aniqlash 
formulasi.
186



Bazaviy ko’rsatkichlari.

Mahsulotlarni ko’rsatkichlari.

Mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlari.
Mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini tekshirishda ishlatiladigan har xil 
usullar texnik mahsulotlarni birlamchi ko’rsatkichi keng holda bo’lsa hamda 
o’tkaziladigan tekshirishlar defferensial usullar bilan xulosa qilishi imkoniyati 
bo’lmagan taqdirda u holda xar-xil usullar qo’llaniladi. Bu holda mahsulotlarni 
tarkibidagi sifat ko’rsatkichlarini aniqlovchi asosiy ko’rsatkichlarga to’liq holda 
ta’sir ostiga oladi va bu bilan sifatning plandagi darajasiga erishish imkonini 
yaratib beradi. Korxona sifatining metodik prinsiplari sistema standartlarini 
muntazam ravishda belgilangan davrda qayta ko’rib chiqishni nazarda tutadi. Bu 
paytda sifat sohasidagi, fan va texnikadagi barcha yangiliklarni, ertangi kun 
talablariga bo’lgan zaruriyatni hisobga olgan holda ularga o’zgartirishlar kiritiladi. 
Mahsulotlarni ishlab chiqarishini rejalashtirish doimo bozor qonunlari asosida 
iste’molchilarni talabini o’rganib borishni davlat miqiyosida amalga oshirish kerak. 
Ishlab chiqarish tovarlarga iste’molchilarning talabi bo’lmasa bu tovarlarni 
yaratish ularni ishlab chiqarishga tadbiq etish yangi tovarlarni sifat 
ko’rsatkichlarini yaxshilash to’g’risidagi ilmiy nazorat va ishlab chiqarish 
tamoyillarini bir vaqtda amalga oshirish kerak bo’ladi. Hozirda xalqaro mehnat 
bozorida resurslar taqsimoti va ko’p rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarish 
tovarlarini yuqori sifat ko’rsatkichlariga ega ekanligi bu dunyo miqiyosida texnika 
tehnologiyalarni rivojiga yangi-yangi uskunalarni yaratishga ishlab chiqarish 
tovarlari raqobatini oshirishga olib bormoqda. Shu borada rivojlangan mamlakatlar 
zamonaviy uskunalar bilan o’zlarining ishlab chiqarish korxonalarni yangidan 
ta’min etilishi shu davlatlarda mahsulotlarni ishlab chiqarish potensiali oshib 
borishiga olib kelmoqda. Normativ texnik hujjatlarda GOST mahsulotlarni sifat 
ko’rsatkichlarini boshqarish deb ishlab chiqarishda texnika texnologiya bilan 
ta’min etilishi. Mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlari ishlab chiqarishga kiritishda, 
ishlab chiqarish davrida ish uskunalarini ekspluatastiya potensiali ta’min etishdagi 
iste’molchilar talabini doimo qondirishda sifat ko’rsatkichdarini boshqarish 
ma’lum tamonga yo’naltirish uchun qilinadigan barcha ishlar va ishlab chiqarish 
uchun ta’sir etadigan barcha faktorlar mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini 
ta’mindashda asosiy omil hisoblanadi. Ishlab chiqarish potensialini boshqarishda 
sifatli mahsulotlarni yaratishda 4 ta faktor katta rol’ o’ynaydi:

Ishlab chiqarish oldingi davr proektlash ya’ni loyihalash davri deyiladi;

Mahsulotlarni ishlab chiqarish davri;

Mahsulotlarni etkazish ya’ni realizasiyalash davri;

Mahsulotlardan foydalanish ya’ni iste’mol davri.
1-davrda, ishlab chiqarishga kerak bo’lgan mahsulotlarni rejalashtirish 
davrida shunga o’xshash mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini yuqori darajaga 
etkazish ta’minlovchi omillarni o’ylab topish lozim.
Bozor iqtisodiyotining asosiy qonuni esa talab va taklif bo’lgani uchun har 
bir ishlab chiqarilgan iste’molchilarni qo’ygan talabi katta ahamiyatga ega. 
Shuning uchun bozor sharoitida iste’molchilarni talabi davriga nisbatan ishlab 
chiqarish korxonalariga doimo yangi taklif beriladi. Shu sababli tovarlarning sifat 
187


ko’rsatkichlari doimo yaxshilanib borishligi va ularni bozor sharoitida 
raqobatbardoshligi oshib boradi. Shuning uchun xalq-xo’jaligida yangi turdagi 
sigmentlar bunyod etiladi. Ishlab chiqarilayotgan tovarlarning sifatlari yaxshilanib 
ularga bo’lgan talab ortadi. Shuning uchun bozor sharoitida ishlab chiqarish 
strukturasi bilan iste’molchilar orasida doimo raqobat sodir bo’ladi. Shuning uchun 
bozor sharoitida ishlab chiqarishdagi korxonalar mahsulotni ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlarni miqdori ishlab chiqarish potensialligi, ya’ni korxonani yuqori 
talablarga moyil bo’lgan uskunalarga injener-texnik xodimlar keltirilgan xom-
ashyoning sifatiga va ishlab chiqarilgan tovarlar sifat ko’rsatkichlariga ko’p 
jihatdan bog’liq.
2.5.2. Standartlarning ishlab chiqarishda mahsulotlarni sifatga ta’siri.
Korxonalarda sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun mamlakatimizda 
iste’molchilarni o’rgangan
bozor infrastrukturasini o’rganish bozordagi 
tovarlarni assortementini o’rganish va tahlil qilish va to’plangan axborotlarning 
zamonaviy tehnik informastion mashinalarda hal qilinishi va ishlab chiqargan 
tovarlarga baho berilishi, bozor iqtisodiyotini rivojlantirishga katta turtki 
bo’ladi. Shuning uchun mahsulotlarni sifat ko’rsatkichi boshlanishi yangi 
assortiment mahsulotlarni yaratishda ishlab chiqarishning rivojlanishga, yangi 
texnika texnologiyalarning yaratilishiga asosiy omil bo’ladi. Shuning uchun ishlab 
chiqarish bilan iste’molchilarni birligi doimo yuqori ko’rsatkichlarga olib kelib 
bozor muammolarini echishda asosiy faktorlar hisoblanadi.
Shunday hollar bo’ladiki miqdor jihatdan aholini talablarini qondirmasligi 
mumkin. Mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlari past bo’lgani uchun ular iste’molchilar 
tomonidan qabul qilinmaydi. Bunday hollarda:
Birinchidan, ishlab chiqarishdagi tovarlarni rentabelligi juda past bo’lishi 
mumkin;
Ikkinchidan, ishlab chiqarish uchun yuqori mehnat sarfi bo’lishi mumkin;
Uchinchidan, ko’p miqdorda xom-ashyo sarf bo’lishi mumkin;
To’rtinchidan, ishlab chiqargan mahsulot oluvchining ehtityojlarini 
qondirmasligi mumkin;
Beshinshidan, etkazib berilgan tovarni sotilishi past bo’lishi mumkin.
Bu hollar tovarlarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ularning rangi, mazasi, ko’rinishi 
aniqlansa, ba’zi bir hollarda ularning yuqori sifatliligi tayyorlangan mahsulotlarni 
assortimentiga ularni qaysi iste’molchiga mo’ljallanganiga qarab turib ham 
baholanadi. Masalan, yosh bolalar uchun tayyorlangan mahsulotlarni 
sifat ko’rsatkichiga planlashtirish eng yuqori darajada bo’lishi kerak.
Mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini nazorat qilish ularni texnik nazoratdan 
o’tkazish aholida nazorat organlari tomonidan boshqariladi. Bu organda xizmat 
qiluvchi xodimlar malsulotni sifat ko’rsatkichlarini ustidan ob’ektiv ma’lumotlar 
berishda o’rnatilgan vazifalariga e’tiborli bo’lishlari kerak. Nazorat qiluvchi 
organlar shu ishlab chiqarish korxonalarida alohida ishlab chiqarish strukturasi 
bo’lib u fakat administrasiya xodimlariga bo’ysunadi. Sifat ko’rsatkichlarini 
188


tekshiruvchi organlarni ishlari murakkab va mas’uliyatli bo’lib bu tashkilot 
murakkab texnik xodimlar bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. Mahsulotlarni sifat 
ko’rsatkichlarini aniqlashdagi kamchiliklar ishlab chiqarishda texnologik jihatdan 
qilingan xatolarni yoki mahsulotlarni rejalashtirishdagi sxemalar va chertyojlarda 
ishlab chiqish texnologiya qirralarida normativ texnik hujjatlarida bo’lgan 
kamchiliklarni yoki etishmovchiliklarni aniqlashda katta yordam beradi. Ulardan 
tashqari bu guruhga xodimlariga mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlari boshlash va 
tekshirish davrida ishlab chiqarishga keltirilgan agregatlar asbob-uskunalar, ularni 
ekspluatastiyasi ustidan nazorat ishlari yuklatiladi. Texnik texnologik kontrol 
passif va aktiv bo’lishi mumkin.
Passiv nazoratda asosan ishlab chiqargan mahsulotlarning etishmovchiliklarni 
keyingi tuzilishlar yordamida talab darajasiga etkazilishi mumkin. Tovarlar uchun 
harakterli bo’lib, u asosan shu ishlab chiqargan tovarlarga ma’lum 
sifatida boshqariladi. 
Passiv nazorat davrida sifat ko’rsatkichlari yaxshilash davrida ma’lum 
texnik ishlar bajarilib, bunday mahsulotlarni iste’molchilarga sotilishi mumkin.
Aktiv nazorat, bu nazorat yordamida mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlariga 
texnologik jarayonlarni boshqarish orqali olib boriladi. Bunday nazoratni 
progressiv tomonlari shundaki, u mahsulotlarni sifat ko’rsatkichi boshqariladi. Oz 
harajatlar sarfini ta’min etadi. Bundan nazoratdagi o’lchamlar texnologik 
rejimlarni boshqarishga shu bilan bir qatorda ishlab chiqarishdagi nosozlikni o’z 
vaqtida ochadi.
Ishlab chiqarishga ishlab chiqarishni nazoratni sifat nazoratini aniqlashda 
ishlatiladigan xom-ashyoni va yarim xom-ashyolarni va ishlab chiqarish uchun 
ishlatiladigan asosiy va qo’shimcha boshqa korxonalar keltirayotgan xom-ashyo 
mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini tekshirish bu qarayotgan xom ashyo, 
keltirilgan mahsulot hisoblanadi. Bu holda tayyorlanayotgan mahsulotni sifat 
ko’rsatkichlari keltirilayotgan mahsulotni sifat ko’rsatkichlariga ko’p jihatdan 
bog’lik bo’ladi.
Masalan, lavlagidagi shakarning miqdori shakar olishda katta ahamiyatga 
ega. Shuning uchun boshqa korxonadan keltirilayotgan mahsulot standart talabga 
ega bo’lish kerak. Hozirgi paytda mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini ta’min 
etilishida ishlab chiqargan mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarni yaxshilash 
borasidagi qilinadigan doimiy ishlar, ularning rejalashtirish doimo bozor qonunlari 
asosida iste’molchilarni talabini o’rganib borish davlat miqyosida amalga 
oshirilishi lozim. Ishlab chiqargan tovarlarga iste’molchilarni talabi bo’lmasa, 
bunday tovarlarni ishlab chiqarishdan olish va iste’molchilar talabiga tovarlarni 
yaratish ularni ishlab chiqarishga tadbiq etish uchun bir qatorda ishlab chiqargan 
tovarlarning sifatini yaxshilash to’g’risida ilmiy nazariy va ishlab chiqarish 
tomoyillarini bir vaqtning o’zida amalga oshirilishi lozim bo’ladi. Hozirgi vaqtda 
xalqaro mehnat resurslarning taqsimoti va ko’pchilik rivojlangan davlatlardagi 
yuqori sifat ko’rsatkichlariga egaligi bu dunyo miqyosidagi tenika va texnologiyani 
rivojlantirishga yangi uskunalarni yaratilishiga ishlab chiqargan mahsulotlarni 
raqobatbardoshligini oshirishga olib kelmoqda. Bu borada rivojlangan mamlakatlar 
zamonaviy uskunalar bilan o’zlari ishlab chiqarish korxonalarini yangidan ta’min 
189


etilishi shu mamlakatlardagi mahsulotlarni ishlab chiqarish potensialini oshirishga 
hamda zamonaviy texnikalar orqali ishlab chiqarish mahsulotlarni sifat 
ko’rsatkichlarni yuqori darajaga etkazishga katta xizmat qiladi. Shuning uchun 
O’zbekistonda hozirgi davrda xalqaro investisiyalarni xalq xo’jaligiga jalb etish 
xorijiy mamlakatlar bilan qo’shma korxonalarni barpo etilishi O’zbekistonda 
ishlab chiqarilishi mumkin bo’lgan mahsulotni sifat ko’rsatkichlarini boshqarishga 
jalb etiladigan mahsulotlarni raqobatini oshirishga katta xizmat qiladi.
Normativ texnik hujjatlarda, GOST-15-467-85 mahsulotlarni sifat 
ko’rsatkichini boshqarish deb, ishlab chiqarishda texnika - texnologiya bilan 
ta’min etilishi mahsulotni sifat ko’rsatkichini ishlab chiqarishda ularni ishlab 
chiqarishga kirgizishda ishlab chiqarish davrida uskuna va mexanizmlarni 
ekspluatastiya potensialini ta’min etishda yoki iste’molchilarini talablarini 
qondirishda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sifat ko’rsatkichini boshqarish 
ma’lum tomonga yo’nalish uchun olib boriladigan barcha ishlar va ishlab chiqarish 
uchun ishlab chiqarishniig har qanday pog’onasi ham mehnatni nuqsonsiz tashkil 
etish va uni boshqarish ishlari amalga oshiriladi. Tayyorlangan mahsulotlarning 
sifat ko’rsatkichlarini har tomonlama tahlil qilib, ularni iqtisodiy barqarorligi 
chiqarilayotgan mahsulotlarning miqdori ishlab chiqarish potensialiga ya’ni 
korxonaning yuqori talablariga moyil bo’lgan tehnologik uskunalariga, injener 
xodimlariga keltirilgan xom - ashyoning sifatiga va ishlab chiqarilgan tovarlarning 
sifat ko’rsatkichlariga ko’p jihatdan bog’liq. Shunday holler ham bo’ladiki ishlab 
chiqarilgai tovarlar miqdori jihatdan yuqori bo’lib, aholining talablarini 
qondirmasligi mumkin, bu holda mahsulotlarning sifat ko’rsatkichlari past darajada 
bo’lganligi sababli ular iste’molchilar tomonidan qabul qilinmaydi. Bunday 
hollarda birinchi ishlab chiqarishdagi rentabellik juda past bo’lib, ikkinchi tarafdan 
ishlab chiqarish uchun yuqori mehmat sarfi kuzatiladi. Uchinchi, ishlab 
chiqarishda mahsulotlar bahosi yuqori bo’lishi mumkin. Mahsulotlarning sifatini 
nazorat qilish ularni texnik nazoratdan o’tkazish alohida nazorat organlari 
tomonidan boshqariladi. Agarda bular nazorat organlari tomonidan nazorat 
qilinmasa, har xil qonunbuzarliklarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun har bir 
iste’molchining o’zi nazorat organi bo’lib hisoblanadi. Sifatni boshqarishning 
yanada takomillashgan metodi mahsulot sifatini boshqarishniig kompleks 
sistemasidir. Mahsulot sifatini boshqarishning kompleks sistemasining ishlab 
chiqarilishi, joriy etilishi hamda amal qilishining tashkiliy metodologik asosi 
korxonalar standartlaridan iboratdir. Davlat standartlashtirish sistemasining 
tarkibiy qismi bo’lgan bu standartlar mahsulot sifatlarini boshqarish sistemasini 
ishlab chiqarishda davlat va tarmoq normalarini, sifat masalalari bo’yisha texnik va 
metodik harakatlarini ma’lum bir korxonaning tehnik shartlari bilan texnologik 
jarayonlar harakatlari tayyorlanadigan buyumlar harakteri va nomenklaturasi bilan 
muvofiqlashtirishga imkon beradi. Korxonalarda amalga oshirilayotgan 
standartlashtirish korxona darajasida sifatni boshqarish bilan davlat va tarmoq 
darajasida sifat boshqarish o’rtasidagi uzviy aloqadorlikni ta’minlaydi. Mahsulot 
sifati kadrlar qanday tanlanganligi va joylashtirilganligiga butun jamoat ishi 
qanday tashkil etilganligi va ayrim ijrochilar ishining sifati qanday ekanligiga 
bog’liqdir.
190


Ishlab chiqarishning sifat ko’rsatkichini boshqarishda boshqarish sistemasi 
ongli ravishda bir butun bog’liqlikni tashkil etishi lozim, bu ishlab chiqarish bilan 
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini boshqarishda o’ziga xos 
koordinasiyani ta’min etadi. Mahsulotlarning sifatini boshqarishda ishlab 
chiqarishdagi har bir amaldagi qonundan hayotiy prosesslarning ta’minlashi lozim. 
Ya’ni shu mahsulot uchun ilmiy tekshirishlarni olib boorish, sifat ko’rsatkichlarini 
boshqarishda barcha ishlatiladigan texnika vositalarini, iqtisodiy ko’rsatkichlari, 
tashkiliy ishlarning bir butunligi ta’min etilishi lozim. Shu bilan bir qatorda 
yuqorida aytib o’tilgan faktorlarning bog’liqligi ta’minlanishi lozim. Bu sistema 
barcha faktor va shart-sharoitlarni boshqarish malakali injener tehnologik xodimlar 
bilan ta’minlanganbo’lishi kerak. Mahsulotlarni sifat ko’rsatkichini aniqlovchi 
kamchiliklarni ishlab chiqarishda texnologik jihatdan qilingan xatolarni yoki 
mahsulotlarni rejadagi sxemalarda, chizmalarda ishlab chiqarish tehnologik 
kartalarida normativ texnologik hujjatlarda bo’lgan kamchiliklarni yoki 
etishmovchiliklarni keyingi kuzatishlar yordamida talab darajasiga etkazilishi 
mumkin bo’lgan tovarlar uchun harakterli bo’lib, asosan shu ishlab chiqarish 
tovarlarga ma’lum to’siq sifatida boshqariladi.
Passiv nazorat davrida sifat ko’rsatkichlarini yaxshilash borasida ma’lum 
texnologik ishlar bajarilib bunday mahsulotlar iste’molchilarga sotilishi mumkin.
Aktiv nazorat bu nazorat yordamida mahsulotlarni sifat ko’rsatkichiga 
texnologik jarayonni borishi hamda ishlab chiqarish rejimini boshqarish orqali olib 
boriladi. Bunday nazoratni progressive tomonlari shundaki, u mahsulotlarni sifat 
ko’rsatkichini harajat sarfini ta’min etadi. Bunday nazoratda nazoratdagi 
o’lchamlar texnologik rejimlarni boshqarishga shu bilan bir qatordagi ishlab 
chiqarish nosozlikni u o’z vakolatida oldini oladi. Ishlab chiqarish nazoratini 
aniqlash ishlatiladigan xom-ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni va ishlab 
chiqarish uchun ishlatiladigan asosiy va qo’shimcha boshqa korxonalardan 
kelayotgan boshqa mahsulotlarni sifat ko’rsatkichini tekshirish bu xom-ashyo 
keltirilayotgan xom-ashyoning nazorati hisoblanadi. Bu hollar tayyorlangan 
mahsulotlar sifat ko’rsatkichi keltirilgan xom-ashyoni sifat ko’rsatkichiga ko’p 
jihatdan bog’liq bo’ladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida ishlab chiqarish 
mahsulotlarini sifat ko’rsatkichini boshqarish katta ahamiyatga ega bo’lgan voqea 
hisoblanadi. Chunki ishlab chiqarish mahsulotlarni sifat ko’rsatkichi hozirgi zamon 
talablariga mos bo’lishligi bozordagi tovarlarni iste’molchilar talabiga javob berish 
va dunyo andozasiga mosligini ishlab chiqarish tovarlarni xalqaro bozorlariga 
chiqarishni ta’min etadi. Shuning uchun mahsulotlarni ishlab chiqarish hozirgi 
davrda ularni miqdorga emas, balki sifat ko’rsatkichiga qo’yiladigan talablar ishlab 
chiqarilgan tovarlarni bazis ko’rsatkichlariga mosligini hamda texnik nav 
hukumatlar talablari mosligini ta’min etish ishlab chiqarish mahsulotlarini sifat 
ko’rsatkichini ta’min etadi. Bundan bir necha yillar avval dunyo bo’yicha 
mahsulotlarni ishlab chiqarish mahsulotlarni miqdori bilan o’lchangan bo’lsa, 
hozirgi vaqtda ishlab chiqarish mahsulotlarni o’rni sifat ko’rsatkichini yuqori 
darajadaliligini ta’minlaydi. Sifat ko’rsatkichini yuqori darajada ekanligini 
ta’minlashda ishlab chiqarish xom ashyo resurslaridan oqilona foydalanish ishlab 
chiqarish korxonalarini zamonaviy texnika, texnologiya bilan ta’min etilishi ishlab 
191


chiqarish mahsulotlarni reja asosida olib borishligini ishlab chiqarishga bo’lgan 
tovarlarni proektlash ularni tannarhini aniqlash ishlab chiqarish davomida texnik 
uskunalarni ishlashini bir me’yordaligini ta’min etishni sifat ko’rsatkichini 
ta’minlaydigan eng asosiy omillar hisoblanadi. Hozirgi davrda mahsulotlarni sifat 
ko’rsatkichini ta’min etilishida sifat ko’rsatkichini yaxshilash borasidagi 
qilinadigan doimiy ishlar qilinadigan rejalar doimo bozor qonuniyatlari asosida 
iste’molchilari talabini ortib borishi dunyo miqiyosida oshib boradi. Ishlab 
chiqarish tamoyilini bir vaqtning o’zida amalga oshirishi kerak bo’ladi. Hozirgi 
davrda mahsulotlar resursini taqsimoti va ko’pchilik davlatlarni ishlab chiqarish 
mahsulotlarni zamonaviy uskunalar bilan o’zlarini ishlab chiqarish korxonalarini 
yangittan ta’min etishi bu shu mahsulotdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish 
mahsulotlarni sifat ko’rsatkichini yuqori darajadaetkazishga katta xizmat qiladi. 
Xom-ashyolarni va yarim xom-ashslarni sifat ko’rsatkichlari normativ texnik 
hujjatlarni jahon talablariga javob berishligi texnologiyani ishlab chiqarish 
korxonalarini texnologik qurilmalar ishlab chiqarish korxonani menorologik asbob 
uskunalar bilan ta’minlanishi ishlab chiqarish korxonalariga bo’lgan laboratoriya 
va sifat asbob uskuna bilan ta’min etilishi va eng kerakligi shu korxonada 
ishlaydigan injener texnik xodimlarini yuqori ishlab chiqarish saviyasiga va zamon 
talablariga javob beradigan tartibdagi bilimlarning borligiga shu korxonada ishlab 
chiqarish tamoyillarini tashkil etilishi va uni nazorati har bir ishlab chiqarish 
bo’limlaridagi texnologik jarayonlarni yuqori saviyada bajarilishi ishlab 
chiqariladigan mahsulotlarning sifat ko’rsatgichini ta’minlashda eng asosiy 
vositalar hisoblanadi.
Mahsulotlarni sertifikatlarini sifat ko’rsatgichini mahsulotlarni normativ 
texnik talabiga javob berishini yuqorida ta’kidlagan juda ko’p talablarga bog’liq 
ekan. Shuning uchun mahsulotlarni xalq-xo’jaligi ishlab chiqarishda bo’ladigan har 
bir talablar yuqori saviyada bo’lishi lozim. Normativ texnik hujjatlarga bo’lgan 
talablar xalq xo’jaligida har bir ishlab chiqiladigan tovar assortimentiga shu tovar 
uchun mo’ljallangan normativ texnik hujjatlar mavjud. Agarda ishlab chiqarishda 
tayyorlangan usullarning samarasini baholash va boshqa masalalarni hal etishda 
katta rol o’ynaydi. 
Elektr texnika buyumlari sertifikatlashtirish bo’yicha MEK xalqaro tizimi. 
Elektr texnika buyumlari sertifikatlashtirish xalqaro tizimining bunyod qilinishi 
Yevropa va Amerika firmalari o’rtasida bozordagi raqobat tashabbusi bilan yuz 
bergan. 1960 yillarda Yevropalik raqobatchilar Amerikaliklardan himoya qilish 
uchun SENELEK doirasida Yevropa Ittifoki va EAST mamlakatlari a’zolari uchun 
yopiq hududiy tizim sifatida SVSS elektr texnika buyumlari hududiy 
sertifikatlashtirish tizimini tuzilgan.
Elektr texnika buyumlari hududiy sertifikatlashtirishi Yevropa standartlariga 
muvofiq sertifikatlangan buyumlarni sotib olish haqida arbiy Yevropa
Ғ
mamlakatlarining hukumat qarorlarini rag’batlantiridi. Shunda Yevropa 
mamlakatlariga xos qonun texnik barerni bartaraf etish zarur edi. AQSh, Yaponiya, 
Kanada, Avstralya va boshqa davlatlar tomonidan GATT-VTO savdoda texnik 
to’siqlar bo’yicha rozilik proektiga tayyorgarlik boshlandi. ISOda 
sertifikatlashtirish bo’yicha Qo’mita (SERTIKO) tuzilgan. BMT EEK qoshida 
192


tuzilgan standartlashtarish sohasida siyosatga javobgar hukumat mansabdar 
shaxslari yig’ilishidan sertifikatlashtirish bo’yicha maslahat berish joriy qilinishi 
kerak bo’lgan masalalar qatoriga kiritildi. Natijada MEKda ETB xalqaro 
sertifikatlashtirish tizimi joriy qilindi va tizimning asosiy qoida va jarayonlari 
qabul kilindi. ETB sertifikatlashtirish tizimini joriy qilinishidan maqsad ETB 
xalqaro savdosiga qayta tadqiqotlar o’tkazmasdan bu buyumlarning hamma 
mamlakatlarda bir xilda qabul qilinishi uchun bu tovarlarga qo’yiladigan yagona 
talablar, ularning talablariga javob berishini baholash usullari vositasida ta’sir 
ko’rsatish tiziminig umumiy rahbarligi MEKga a’zo har qaysi mamlakat ishtirok 
etishi mumkin. Buning quyidagi shakllari mavjud:

Standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo’yicha millim tashkilotning 
bo’lishi;

Tizimning hamma qoidalarini bajarish roziligi va tegishli ma’lumot 
hujjatlarni tashkil etish;

A’zo boshqa davlatlarda chiqarilgan ETB tadqiqotlar protokollari va 
sertifikatlashtirishlarni tan olish kerak. Agar tizim talablari javob bersa, 
tizim a’zolarining moliyalash majburiyatlarini bajarishi MEK tizimida 
mamlakatning ikki xil ishtroki ko’rib chiqiladi.
Nazorat bo’yicha koordinasiya qo’mitasiga to’la huquqli a’zoliga va ovoz 
berish huquqi bilan sertifikatlashtirish bo’yicha rahbarli qo’mitasi ishtrok etish.
Tizimning rasmiy tili ingiliz, franstuz, rus tili hisoblanadi.
MEK tizimida bo’yicha ETB lar sertifikatlashtirishning asosiy bosqichi 
tadqiqot labaratoriyani akkreditlash va ishlab chiqarish korxonani attestastiya 
qilish tadbik etilgan normativ hujjatlarga muvofiq tekshiruv o’tkazadi. Korxonani 
tekshirish uchun milliy nazorat xizmati vakili korxonalar ETB tajriba va sifat 
nazorati sifat ta’minot tizimi, o’lchov va tajriba jihozlarining mavjud ro’yxati, 
uning tekshiruvi haqida hujjat va boshqalar bo’yicha hujjatlashtirish bilan 
tanishtirish kerak. Rahbarlik quyidagi normativ hujjatlarni o’rnatadi: asosiy texnik 
shartlar, umumiy tehniik shartlar, guruhiy texnik shartlar, konkret turdagi 
buyumlarga texnik shartlar formalar va boshqalar.
Asosiy texnik shartlar hamma ETB yoki bir necha buyumlar guruhiga 
yoyiladi. Ularga masalan, tashqi omillar ta’siridagi uslubiy tajribalardagi MEK 
standartlari, davriy nazorat va partiyalar bo’yicha tashkiliy nazorat tartibi va 
boshqalarga tegishli.
Umumiy texnik shartlar ETB guruhlari va podgruppalariga tegishli. Ularga 
berilgan guruh harakterli bo’lgan atamalar va belgilashlar shifrlari, tajriba 
uslublari o’rnatiladi. Guruhiy texnik shartlarga konkret podgruppa tegishli. U ETB 
da o’z ichiga o’zinig ishlab chiqarish aniq tur va instruksiya bo’yicha tegishli 
hujjat formasini oladi.

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish