Apostrofa (grekcha apokryphos – yashirin, qalbaki so`zidan) – jonsiz narsa yoki hodisaga jonli narsa va hodisadek yohud hozir bo`lmagan kishiga shu yerda hozir turgandek murojaat etishdan iborat poetik nutq usullaridan biri. Masalan:
Aleksandr Sergeevich,ruxsat bering,
Tanishaylik -Mayakovskiy. Qo`lni bering!
(V. Mayakovskiy. “To`yona” she`ridan.)
Assonans ( lotincha assonare – ohangdoshlik so`zidan) – gapda misra va bandda bir xil unli tovushlarning qaytarilishi:
Ichkarida o`zga hol edi,
Zaynab uchun o`zga fol edi. (H. Olimjon.)
Faqat unlilar hamohang bo`lib kelgan to`liq bo`lmagan qofiya ham assonans
deb ataladi:
Seni unitolmas yuragim aslo!
Ey, O`rta Osiyo, O`rta Osiyo!
Do'stlaringiz bilan baham: |