Musoviyattarafayn- 2 tomonlama teng
Ul sho’xki
|
ochildi
|
xat-u
|
ruxsori
|
Ochildi
|
rayohinda
|
yuzi
|
gulnori
|
Xat-u
|
yuzi
|
besabr-u qarori
|
man man
|
Ruxsori
|
gulnori
|
man man
|
zori
|
Oksimoron-ijobiy va salbiy ma’noli so’zni yonma yon keltirish
Bir yo’qlamaysan kuygan kulingni
Ko’zlari jallod, nozik niholim
Qaytarish San’ati (Radd)
SADR
|
HASHV
|
ARUZ
|
IBTIDO
|
HASHV
|
AJUZ
|
Radd Ul Matla’-g’azaldagi birinchi misrani g’azalning oxirida takrorlash
Qoshi yosinmu deyin, ko’zi qarosinmu deyin (1-14-qator)
Ruju-qaytish
Meni ishqdin man’ etar soda shayx,
Dema soda shayx, aytkim, loda shayx.
Saj’-nasrdagi qofiya. Ko’proq xalq dostonlarning nasriy qismida saj usulidan foydalaniladi.
Soladi, oladi, qoladi
Sifatlash (Epitet)-narsa, voqea-hodisa, tushuncha va kishilarning belgi-xislatlarini aniqlovchi, izohlovchi, tavsiflovchi so’zni qo’llash.
Kumush qishdan, zumrad bahordan
Qolishmaydi kuzning ziynati.
Ta’did (ta’zil, shumur, e’dod, te’dod) – ketma ketlik tadrijiylik asosida fikrni yuzaga chiqarish.
Tilingni ko’dazgil, ko’zingni ko’daz,
Bo’g’uzni ko’dazgil, halol, yegil az.
Tajnis (jinos)-baytda omonim so’zlardan foydalanish.
Bo’yung sarv-u sanubartek, beling qil
Vafo qilg’on kishilarga vafo qil
Tazjiya-bo’lak-bo’lak qilmoq. Bayt misralarining har birini ikki bo’lakka ajratib, misralardagi birinchi bo’laklarni ham, ikkinchi bo’laklarni ham o’zaro qofiyalash san’atidir.
Qaro zulfing firoqida parishon ro’zg’orim bor,
Yuzungdin ishtiyoqida ne sabr-u ne qarorim bor
Tajohuli orif-bilib turib bilmaslikka olish. Bunda ritorik so’roq gaplardan foydalanish.
Nahot shuncha ma’sum, shuncha pok
Sevishmoqda alam bor shuncha?
Takrir-takrorlash
Ko’ni bo’l, ko’ni qil, atin ko’ni,
Ko’ni teyu bilsun haloyiq seni
Talmeh -“arabcha” so’z bo’lib, chaqmoq chaqishi, nazar solish degan ma’noni anglatadi. She’riyatda tarixiy voqea va shaxslar, adabiy qahramonlar va joylarga ishora qilish;
Tamsil-misol keltirish
Umri jovid istasang, fard o’lki, bo’ston hizridur,
Sarvkim, da’b ayladi ozodalig’birla maosh
Tanosub-sanash. Baytda bir-biriga bog’liq, bir-biriga yaqin ma’noli so’zlarni qo’llash.
Uzun sochingdin uzmasmen ko’ngulni
Ayoqing qanda bo’lsa, boshim anda
Tarse’-ipga marjon terish. She’rda birinchi misra so’zlari bilan ikkinchi misra so’zlarining bir-biriga ohangdosh, qofiyadosh bo’lishi.
Yod etmas emish kishini g’urbatda,
Shod etmas emish ko’ngulni mehnatda kishi
Tardi aks-teskari qilib takrorlash
Yuz uza ikki nargising, vah, ne balo qaro, dedim,
Ko’nglunu joning olg’uchi ikki qaro balo, dedi.
Tazod-zidlantirish. Baytda antonimlardan foydalanish.
Podshoh yo’qlatsalar nogoh, gado deb axtaring,
Tutmang hargiz nomimi, baxti qaro deb axtaring.
Tashbeh-tashbih-o’xshatish san’ati. Ikki narsa va tushunchani bir-biriga o’xshatib, qiyoslab badiiyat yaratish tashbehning asosidir.
Zulqofiyatayn-baytda ikki qofiyaning kelishi
Ko’zing ne balo qaro bo’lubtur
Ki jonga qaro balo bo’lubtur
She’riy san’atlarning badiiy asardagi o’rni.
Ming yillik tarixga ega bo’lgan adabiyotimizda badiiyat masalasi hamisha she’r ahlining diqqat markazida bo’lib kelgan. U yoki bu san’atkor salohiyati haqida so’z borganda, uning nimalarni tasvirlagani emas, asosan, qanday tasvirlaganiga e’tibot qaratilgan. Jumladan, adabiy asarlarda she’riy san’atlardan foydalanish mahorati hamma davrlarda badiiy san’atkorlikning asosiy qirralaridan biri sifatida baholangan.
She’riy san’atlar badiiy asarda ifodalangan g’oyalarning hayotiyroq, ta’sirchanroq ifodalanishiga, lirik va epik timsollarning yorqinroq gavdalantirilishiga, misralar, baytlar, bandlarning lafziy nazokati, musiqiyligi, jozibadorligini ta’minlashga xizmat qilgan.
U yoki bu shoir ijodiga, u yoki bu asarga baho berilar ekan, ijodkor ifodalayotgan g’oya o’z aksini topgan ijtimoiy-siyosiy, falsafiy-axloqiy, ma’rifiy-tarbiyaviy muammolar mohiyati va ko’lami, badiiy timsollar jilosi bilan bir vaqtda qo’llangan she’riy san’atlarning rang-barangligi, mantiqiy asoslanishi, asar mazmunini ochishdagi o’rni va ahamiyati kabi masalalarga ham alohida e’tibot ilingan.
Adabiyotimiz tarixi yana shundan dalolat beradiki, she’riy san’atlar shoir badiiy iqtidorini namoyish qilish emas, balki ijodkor badiiy tafakkuri dahosining ko’lami, yuksak ijtimoiy-axloqiy g’oyalarni jilolantirish san’atkotligi ifodasi bo’lib kelgan.
Turli –tuman she’riy san’atlardan badiiylikka erishishda, tasvirning real va jonli bo’lishini ta’minlashda ustalik bilan keng foydalandi. U inson qalbidagi hayajon va quvonchlari, iztirob va orzularini butun ko’lami va nozikliklari bilan his etadi, ayniqsa, mo’jaz badiiy lavhalar, jonli sanalar yaratishda shoir katta mahorat namoyish qiladi.Umuman olganda, she’rda g’oyaviy butunlikka erishishda badiiy san’atlar asosiy o’rinni egallaydi.
She’r san’atlari o’zbek mumtoz adabiyotida shu qadar ko’p va rang-barangki, ularning umumiy miqdorini aniqlash qiyin. Shuni aytish lozimki, barcha she’rlarda qo’llangan she’r san’atlarining umumiy bo’g’liqlik jihatlari ko’p, ammo arab, fors-tojik va turkiy she’r san’atlarining mushtarak jihatlari ko’p. Sharq poetikasiga oid tadqiqotlarda arab va fors she’riyati san’atlari tahlil qilingan bo’lsa-da, ular o’zbek she’riyatidagi badiiy san’atlarni o’rganishda ham qo’l keladi. Chunki, yuqorida qayd etilganidek, she’r san’atlari borasidagi kuzatishlar , umumiy qonuniyatlar Sharq xalqlari uchun bir xildir. O’zbek she’r san’atlari hali atroflicha tahlil qilingani yo’q, lekin ayrim ilmiy kuzatishlar mavjud. Masalan, V.Rahmonovning “She’r san’atlari” o’quv qo’llanmasi, M.Shayxzoda, A.Rustamov, N.Mallayev, A.Hayitmetov, YO.Ishoqov, B.Sarimsoqov, U.To’ychiyev va boshqa olimlarning qilgan ishlari mavjud. Ammo, bular kam. Chunki, she’r san’atlarini ham nazariy, ham amaliy jihatdan bilmasdan o’zbek adabiyotini, ayniqsa, she’riyatinini o’rganib bo’lmaydi.
E’tibor qaratadigan bo’lsak, Bubur ruboiylarning birida uchrashuvga bora olmagan oshiqning ma’shuqa oldida o’zini oqlash sahnasi nihoyatda go’zal, esda qolarlik; oshiq kela olmaganligining sabablarini ham ma’shuqaga cheksiz muhabbati, uning ishqida o’rtanishi bilan izohlaydi, o’z gunohsizligiga “mantiqiy dalillar” keltiradi:
Hajringda but un ko’ngulda qayg’u erdi,
Vaslingga yetishmadim jihat bu erdi:
Ohim tutuni birla ko’zumning yoshidin
Yo’l bolchiq edi, kecha qorong’u erdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |