Idioma (grekcha idioma– o`ziga xos ibora so`zidan) – faqat biror tilga xos bo`lib, boshqa tillarga aynan tarjima qilib bo`lmaydigan ifoda yoki ibora. Masalan o`zbek tilidagi “qandingni ur”, “dimog`i chog`” kabi ibiralar shular jumlasidandir.Badiiy asarlarda asar qahramonlarining nutqida idiomalardan foydalanish asarninng milliy xarakterini ravshan ko`rsatishga imkon beradi:
“Saida,- ...ayol kishi rahbarlik qilsa, kalavangizni uchini yo`qotib qo`yasiz,-dedi”; “Sho`rimizga sho`rva to`kilgani rostga o`xshaydi-ku” (A.Qahhorning “Sinchalak”qissasidan)
Do'stlaringiz bilan baham: |