Inversiya (lotincha inversio – o`rnini almashtirish so`zidan) she`riy nutqda so`zlarning grammatik qoidaga muvofiq bo`lgan odatdagi o`rnining almashtirib berilishi: eganing kesimdan so`ng kelishi, aniqlovchining aniqlanmishdan so`ng ishlatilishi kabi. Inversiya she’rda tasodifiy hodisa emas, balki shoirning she’r g`oyasini birinchi planga qo`yish niyati bilan bog`langan qonuniy hodisadir. Shoir ma’lum so`zlarni ta’kidlash va ularning ta’sirchanligini oshirish niyatida nutqda so`zlarning grammatik qoidaga muvofiq bo`lgan o`rnini ataylab almashtirib qo`llaydi va poetik sintaksisni yuzaga keltiradi.
Ko`z tutadi dalada bahor,
Buloqlar qaynasin qo`yningda,
Kutmoqdadir el turib nahor,
Qarzi bordir sening bo`yningda. ( H. Olimjon.)
Epifora-misra oxirida tovush, so’z, iboraning takrorlanishi.
Kulgan boshqalardir, yig’lagan menman,
O’ynagan boshqalar, ingragan menman.
Do'stlaringiz bilan baham: |