Rustamova gulmiraning



Download 36,67 Kb.
bet4/14
Sana30.12.2021
Hajmi36,67 Kb.
#95079
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
MALAKA ISHIM 2020

Maʼnaviy sanʼatlar nutqning maʼno-mohiyati bilan aloqador boʻlgan sheʼriy sanʼatlar. Maʼnaviy sanʼat, ayniqsa, sheʼriyatda yuksak badiiylikning muhim omillaridan hisoblanadi. Lekin qoʻllanish darajasi har bir ijodkorning individual uslubi va mahorati bilan belgilanadi. Atoulloh Husayniy maʼnaviy goʻzalliklar jumlasiga quyidagilarni kiritgan: tavjih, iyhom, taʼkid ul-madh bimo yashbah uz-zam, taʼkid uz-zam bimo yashbah ul-madh, istibtoʼ, idjom, taʼliq, hazl un-murodu bihiljidd, tajohul ul-orif, talmih, irsol ul-masal, kalomi jomiʼ, mazhabi kalomiy, husni taʼlil, tafriʼ, tahakkum, jamʼ, tafriq, taqsim, jamʼu tafriq, jamʼ maʼa-taqsim, jamʼ maʼa-tafriq va-t-taqsim, jamʼ maʼa-t-taqsim maʼljamʼ, laffu nashr, maqbul mubolagʻa, tabligʻ, igʻroq, gʻuluvv, iygʻol, takmil, tazyil, tatmim, eʼtiroz, tavshiʼ, izoh, rujuʼ, tadoruk, takrir, tarjiʼ, itnob, musovot, iyjoz, istitrod, tafsir, tajrid, tagʻlib, iltifot, uslubi hakim, lugʻz, izhor ul-muzmar, tashbih, istiora, tamsil, kinoya, taʼriz.

Mazkur sanʼatlarning deyarli barchasi Navoiy asarlarida ishlatilgan. Lekin ularning ayrimlari (istiora, tashbih, rujuʼ, iyhom) badiiy tasvir doirasida yetakchi mavqega ega.

Shuningdek, yana bir guruh sanʼatlar borki, ular ham lafzga, ham maʼnoga aloqador. Atoulloh Husayniy bunday sheʼriy sanʼatlarni mushtarak sanʼatlar deb ataydi. Bular quyidagilardan iborat: mutobaqa, haqiqiy taqobul, tadbij, muqobala, murot un-nazir, tafvif, taʼdil, tansiq us-sifot, irsod, muzovaja, ittirod, iqtibos, aqd, hall, tazmin, husni ibtido, baroati istihlol, husni taxallus, husni matlaʼ, husni maqtaʼ.

Mazkur guruhlarga mansub sanʼatlar badiiy tasvirda turli vazifani ado etib, xilma-xil uslubiy aspektni tashkil etadi. Agar jiddiy eʼtibor berilsa, tasvir jarayonida turli guruhga (maʼnaviy, lafziy, mushtarak) mansub bir qator sanʼatlar oʻrtasida vazifa, tabiat yoxud baʼzi bir stilistik qirralar jihatidan yaqinlik vujudga kelishi yaqqol seziladi. Mohiyat jihatidan turlicha boʻlgan bir qator sanʼatlar kontekstdagi uslubiy xususiyatlariga koʻra bir-biriga yaqin kelishi mumkin. Shuningdek, u yoki bu sanʼatning paydo boʻlishi oʻz-oʻzicha boʻlmay, boshqa birorta sanʼatning ishtiroki bilan amalga oshadi. Lekin bunday oʻrinlarda matnning asosiy pafosi va muallifning maqsadi nuqtai nazaridan yetakchi sanʼat birinchi oʻrinda koʻrsatiladi.

Mohiyat jihatidan turlicha boʻlgan bir qator sanʼatlar kontekstdagi uslubiy xususiyatlariga koʻra bir-biriga yaqin kelishi mumkin. Shuningdek, u yoki bu sanʼatning paydo boʻlishi oʻz-oʻzicha boʻlmay, boshqa birorta sanʼatning ishtiroki bilan amalga oshadi. Lekin bunday oʻrinlarda matnning asosiy pafosi va muallifning maqsadi nuqtai nazaridan yetakchi sanʼat birinchi oʻrinda koʻrsatiladi.

Biz asosiy sanʼatlarni, sheʼriy matn doirasidagi vazifasi bilan bogʻliq xususiyatini nazarda tutgan holda, bir necha guruhga ajratishni lozim topdik (bu, albatta, maʼlum darajada shartli):



  1. Istioraviy-ramziy tasvir usullari (majoz, istiora, kinoya, baroati istihlol, ranglar ramzi kabi).

  2. Qiyosiy-assotsiativ usullar (tashbih, talmeh, tansiq us-sifot, tamsil koʻrinishlari, laffu nashr, murooti nazir kabi).

  3. Fikrni dalillash (motivirovka) yoʻllari (husni taʼlil, tamsil, irsoli masal, tasdir kabi).

  4. Emotsional-mubolagʻali tasvir usullari (mubolagʻa [tabligʻ, shroq, gʻuluv], tashbihning ayrim turlari [maʼkus, izmor], rujuʼ, murojaat, savolu javob, ritorik soʻroq).

  5. Sintaktik-stilistik usullar (tarseʼ, tardi aks, radd ul-ajz ilas-sadr, tashobeh ul-atrof, murabbaʼ, mudavvar, muzdavaj, mumosila, tashtir, tajziya, tasreʼ, tazmin, tasmeʼ, tardid, takror, radd ul-matlaʼ, tajdidi matlaʼ kabi).

  6. a) soʻzning ichki, tashqi formasi bilan aloqador sanʼatlar (tajnis, ihom, ittifoq, ishtiqoq, qalb, mutazalzil kabi); b) ayrim soʻz emas, umuman tugal matn (misra, bayt) bilan aloqador stilistik usullar (tavjeh, taʼkid ul-madh bimo yashbah uz-zam, idmoj, taʼliq, tajohili orif, hazl unmurodu bihil-jidd kabi).

  7. Kontrast (tazod, qarshilantirish) sanʼati.

  8. Murakkab sanʼatlar (muammo, taʼrix, hijoi huruf, harflar bilan bogʻliq usullar).

  9. Stilistik mutanosiblik (jam, tafriq, taqsim, jamu tafriq, jamu taqsim va boshqalar).

  10. Qofiya bilan aloqador sanʼatlar (eʼnot, iyto [radd ul-qofiya], hojib, tajnisli qofiya, zulqofiyatayn, musajjaʼ, tasmit kabi). Shuningdek, tarseʼ, tashtir, tajziya, tasreʼ kabi stilistik usullar qam bevosita qofiya bilan aloqador.

Mumtoz poetikaga doir qoʻllanmalarda ikki guruhga (lafziy va maʼnaviy sanʼatga), faqat ayrim tadqiqotlarda uch guruhga (mushtarak sanʼatlarga ham ajratilgan) taqsimlangan badiiy sanʼatlarni yuqoridagi kabi tasnif qilish majburiyati ularni aniq manbaga tatbiq etish taqozosi bilan yuzaga keldi. Lekin oʻnlab guruhga mansub yuzlab sanʼatlarning shoir lirikasidagi oʻrni va tabiati haqida mukammal maʼlumot berish maxsus tadqiqotni taqozo etadi. Shu sababli mazkur sanʼatlarning baʼzilari tahlili timsolida muayyan shoir badiiyatiga xos ayrim tendensiyalar haqida imkoniyat doirasida tasavvur hosil qilishimiz mumkin.


Download 36,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish