Lafziy sanʼatlar nutqning ifoda usuli bilan aloqador badiiy sanʼatlar majmuasi. Lekin Atoulloh Husayniy taʼkidlaganidek, «Lafziy goʻzalliklarning asosi shuki, alfoz (soʻzlar) maʼnoga boʻysundiriladi. Umuman, barcha goʻzalliklarning asosi shuki, nutq shunday yoʻsinda bayon etiladiki, maʼnoni anglashga, uning latofati, tarkibi va yetukligini anglashga hech xalal yetmaydi». Xullas, lafziy sanʼatlar faqat nutqning (xususan, badiiy nutqning va ayniqsa, sheʼriyatning) bezagi emas, balki muayyan fikr, maqsadning yetuk badiiy shaklda ifoda topishi uchun xizmat qiluvchi muhim vositadir.
Atoulloh Husayniy lafziy goʻzalliklar jumlasiga quyidagi sanʼatlarni kiritadi: tarseʼ, tajnis, radd ul-ajz min as-sadr, qalb, sajʼ, mumosil, tashtir, tajziya, tasreʼ, tasmit, aks, tardid, taattuf, tashriʼ, zulqofiyatayn, tavshih, talovvun, tarofuq, maqru ba nazmu nasr, maqr ul-lugʻatayn, mulammat, muqattaʼ, muvassal, raqto, xayvo, jamʼ ul-huruf, hazf, eʼnot, tazmini muzdavaj, mutazalzil, murabbaʼ, muaqqad, mudavvar, mushajjar, tavsim, mushokala.
Do'stlaringiz bilan baham: |