Ruhiy kamolot vositasi


II bOb. O‘zbeK ADAbIYOTI TARIxI



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/41
Sana04.03.2022
Hajmi0,8 Mb.
#481836
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41
Bog'liq
1-92 9-adabiyot

II bOb. O‘zbeK ADAbIYOTI TARIxI


48
Shunga ko‘ra har bir asar “Xamsa” deb atalmog‘i uchun: 
a) besh dostondan tashkil topmog‘i; b) birinchi doston, albatta, 
pand-nasihat ruhidagi ta’limiy-axloqiy, falsafiy bo‘lmog‘i; d) ikkinchi
-
si, Xusrav va Shirin mojarolariga bag‘ishlanmog‘i; e) uchinchi doston 
Layli va Majnun muhabbatini mavzu qilib olmog‘i; f) to‘rtinchi doston 
shoh Bahrom va beshinchisi Iskandar haqida yozilmog‘i shart edi.
Dehlaviydan qariyb 200 yil keyin ikki buyuk xamsana vis — Jomiy 
va Navoiy maydonga chiqdi. Jomiy avval quyidagi besh asarni yozdi: 
“Tuhfat ul-ahror” (“Erkinlar tuhfasi”), “Sabhat ul-abror” (“Yaxshilar tasbi-
hi”), “Yusuf va Zulayho”, “Layli va Majnun”, “Xiradnomayi Iskandariy”. 
Bu besh asarni 1485- yili yozib tugalladi. Keyin “Silsilat uz-zahab”, 
“Salomon va Absol” asarlarini qo‘shib, “Xamsa”sini yetti dostonga yet-
kazdi va “Haft avrang” (“Yetti taxt”) deb atadi. 
Alisher Navoiyning “Xamsa”si boshqalardan farqli ravish da ona 
tilida – turkiy tilda yozildi. Bunday ulkan, katta jaso rat talab qiladigan 
mas’uliyatli ishga daho ijodkor Navoiygina jur’at qila olardi. Adibning 
fikricha, xalqqa uning o‘z tilida, unga manzur bo‘lgan asar yaratishi 
lozim. Shuning uchun “Layli va Majnun” dostoni xotimasida Nizomiy 
va Dehlaviyni ta’riflar ekan, turkiy tilda “Xamsa” yozishning sababini 
shunday izohlaydi:
...Gar nuktalari
1
jahonni tutti,
G‘avg‘olari ins-u jonni tutti.
Chun forsiy erdi nukta shavqi,
Ozroq edi anda turk zavqi.
Ul til bila nazm bo‘ldi malfuz
2
,
Kim forsiy anglar o‘ldi mahzuz
3
.
Men turkcha boshlabon rivoyat,
Qildim bu fasona
4
ni hikoyat.
Kim shuhrati jahonga to‘lg‘ay,
Turk eliga dog‘i
5
bahra bo‘lg‘ay
1
Nuktа – so‘z, bu yеrdа ijоd, аsаrlаri mа’nоsidа qo‘llаngаn; 
2
Мisrаning mа’nоsi: 
Bu (fоrsiy) til bilаn nаzm (аsаr) yarаtilsа; 
3
Мisrа mа’nоsi: fоrslаrgаginа tushunаrli 
edi; 
4
Fаsоnа – аfsоnа, bu yеrdа dоstоn mа’nоsidа qo‘llаngаn; 
5
Dog‘i
– shuning-
dek, yana.


49
Navoiy o‘z salaflarining yuksak san’atkorligini sharaflaydi, ular-
ning adabiy tajribalaridan ta’lim olganligini e’tirof qiladi. Dostonlarning 
muqaddima qismida ustozlariga bag‘ishlab maxsus boblar yozib, 
ularni ulug‘laydi. Mas’uliyatli bu ishda ularga ruhan suyanadi va
Yo‘ldasa bu yo‘lda Nizomiy yo‘lum,
Qo‘ldasa Xusrav bila Jomiy qo‘lum, — deb madad tilaydi.
Biroq Navoiy oldingi xamsanavislarni takrorlab, ularga ko‘r-
ko‘rona taqlid qilmaydi. O‘z oldiga yangi, o‘ziga xos “Xamsa” yara-
tish vazifasini qo‘yadi. Buni muallif “Xamsa”ning bir necha o‘rni-
da ochiq-oydin ta’kidlaydi. Jumladan, u “Farhod va Shirin” dostoni 
muqaddimasida shunday yozadi:
Ani nazm etki, tarhing toza bo‘lg‘ay,
Ulusqa mayli beandoza bo‘lg‘ay.
Yo‘q ersa nazm qilg‘onni xaloyiq
Mukarrar
1
aylamak sendin ne loyiq?
Bu misralari orqali Navoiy “Xamsa” yozishdagi belgilab olgan 
o‘z yo‘riqlarini bayon etadi: Shunday asar (nazm) – doston yozginki, 
o‘zingga xos (tarhing toza) bo‘lsin, o‘qigan odamlarga (ulusqa) yangi, 
boshqa asarlarga o‘xshamas (beandoza)ligi sezilib tursin. Aks holda 
(yo‘q ersa), asar o‘zgalar (xaloyiq) yozgandek bo‘lsa, bunday takror-
lash (mukarrar) senga loyiq emas. Yaxshisi, bunday asar yozmagan 
ma’qul. 
Lekin bu oson ish emas. Buning uchun Yaqin va O‘rta Sharq 
o‘lkalarida qalami mislsizligi e’tirof etilgan Nizomiy va Dehlaviy bilan 
ijodiy bahsga kirishishi lozim bo‘ladi. Bu juda katta bilim va yuksak 
adabiy didni, iste’dod hamda mashaqqatli mehnatni talab etar edi. Bu 
haqida “Farhod va Shirin”da yozadi:
Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasig‘a panja urmoq.
Kerak sher ollida ham sheri jangi,
Agar sher o‘lmasa, bori palangi. 
1
Mukarrar – takror.
4–Adabiyot, 9- sinf.


50
Haqiqatan ham, Nizomiydek nazm sheri bo‘lgan maydonda 
turmoq oson emas. U bilan bahslashish (panjasiga panja urmoq) 
uchun sher yoki hech bo‘lmasa yo‘lbars (palang) bo‘lmog‘i dar 
kor. 
Navoiy sher bilan tenglashadigan sher bo‘ldi. U og‘ir va mas’uliyatli 
vazifani muvaffaqiyat bilan ado etdi. Nihoyat, qisqa bir muddat – ikki 
yil (1483–1485) davomida 51 ming misradan ortiq besh dostonni 
yozib tugalladi. U 1483- yilda “Hayrat ul-abror” falsafiy-ta’limiy dos
-
tonini, 1484- yilda uch asarni: “Farhod va Shirin” hamda “Layli va 
Majnun”, “Sab’ayi sayyor” ishqiy-sarguzasht dostonlarini, 1485- yili 
esa “Saddi Iskandariy” qahramonlik dostonini yaratdi. Dostonlar, 
butun Sharq mumtoz adabiyotida bo‘lganidek, an’ana 
viy muqaddi-
ma – hamd va na’t qismlari bilan boshlanadi. Hamd – Yaratuvchimiz 
Allohni ulug‘lash, unga shukronalik, na’t esa payg‘ambarimiz 
Muhammad (s.a.v.) alqovidir. 
Navoiy “Xamsa”si yaxlit asardir. Buyuk shoir unda zamonasi ning 
barcha dolzarb masalalarini qalamga oladi. Besh doston bir-biri bilan 
ich-ichidan mustahkam bog‘langandir. Masalan, “Hayrat ul-abror”da 
shoir umr, uning mazmuni, tabiat, jamiyat va inson munosabatlariga 
doir savollarni qo‘yadi, keyingi dostonlarda muayyan taqdirlar, voqea-
lar misolida ularga javob berishga harakat qiladi. Beshlikni sinchkov-
lik bilan o‘qigan kitobxon “Hayrat ul-abror”da berilgan 20 maqolat-
dagi diniy-falsafiy, axloqiy, ma’rifiy mohiyat keyingi dostonlar sujet 
va kompozitsiyasiga yuksak mahorat bilan singdirib yuborilganligiga 
iqror bo‘ladi. Shu nazar bilan “Hayrat ul-abror” tuzilishi va mavzulari-
ga diqqat qilaylik. Doston o‘ziga xos qurilishga ega. U falsafiy-ta’li-
miy doston bo‘lganligi uchun mavzu biror voqeani hikoya qilish aso-
sida emas, balki muallif fikr-mulohazalarining ba yoni tarzida yoriti-
ladi. Shuningdek, maqolatlar shu dostongagina xos bo‘lib, adibning 
boshqa asarlarida uchramaydi. Har bir maqolatda insonning kundalik 
hayoti bilan bog‘liq diniy, falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy biror mavzu 
bayon etiladi, uning mazmun-mohiyati ochib be riladi. Maqolat so‘ngi-
da mavzuni dalillash, uni hayotiy asoslash maq 
sadida hikoya yoki 
masal keltiriladi. Mazkur hikoya va masallarning bosh qahramoni, 
asosan, tarixiy shaxslar, mashhur din va davlat arboblaridir. Ularda 
shoir islomiy mezonlar, umuminsoniy qadriyatlardan kelib chiqib 
Olam va Odam to‘g‘risidagi o‘z mulohazalarini yuksak badiiy shakl-


51
da ifoda etadi. Masalan, birinchi maqolat iymon haqida. Maqolatning 
birin chi baytidanoq shoir iymonning inson hayoti, insoniylik mohiyati-
da tutgan o‘rnini belgilab beradi:
Kimki jahon ahlida inson erur,
Bilki, nishoni anga iymon erur.
Ya’ni kim bu dunyoda inson deb atalibdi, insonligining belgisi 
iymondir. Iymonsizni odam deb atab bo‘lmaydi. Inson bilan hayvon 
orasidagi farqni nutqda – odamni so‘zlay bilish qobiliyatidagina deb 
bilish xatodir. Chunki odamda nutq ham, boshqa maxluq – hayvonlar
-
da bo‘lgan bir qator jihatlar ham bor. Shuning uchun: “...asosiy mezon 
iymondir”, — deydi Navoiy.
Hukmdorlarga bag‘ishlangan “Salotin bobida” nomli uchinchi 
maqolat adibning adolat haqidagi qarashlarini o‘rganishda muhim 
ahamiyatga ega. Maqolatda shoirning tenglik, ozodlik, adolatli jamiyat 
borasidagi qarashlari o‘z ifodasini topgan. Uning fikricha, mamlakat
-
da juda ko‘p narsa davlat boshlig‘iga bog‘liq. Shoh odil, oqil, orif va 
el-yurtga g‘amxo‘r bo‘lishi kerak. Shuning uchun shoir shohga qara-
ta: raiyat (xalq) poda bo‘lsa, sen cho‘ponsan, u mevali daraxt bo‘lsa, 
sen – bog‘bon, agar cho‘pon qo‘ylarini asramasa, ular och bo‘rilar-
ga yem bo‘ladi. Podani bo‘rilardan asra, bog‘ni suv berib yashnatgin
deydi. Hukmdor kim bo‘lmasin, mamlakat va xalqning taqdiri uning 
faoliyati, xatti-harakatiga bog‘liq:
Shohki ish adl ila bunyod etar,
Adl buzuq mulkni
1
obod etar.
Kofiri odil ani obod etib,
Mo‘mini zolim ani barbod etib.
Karam va saxovat haqidagi beshinchi maqolatda Navoiy bu 
fazilatlarni baxillik bilan yonma-yon qo‘yib, ularning mohiyatini yorita 
boradi. Saxovat qanchalik yuksak insoniy fazilat bo‘lsa, baxillik shun-
chalar tuban illatligini adib tazod vositasida ochib beradi: 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish