54
gan va oxir borib, Yaratganning o‘ziga ulashib ketadigan ishqdir.
Binobarin, dostonda Navoiyning komil inson haqidagi orzu-o‘ylari ifo-
da etilgan.
Ijodda o‘ziga xoslikka intilgan adib o‘zigacha bo‘lgan
bu doston
an’anasiga ijodiy yondashadi. Doston Navoiygacha “Xusrav va Shirin”
shaklida mashhur edi. Ularda markaziy timsol shoh Xusrav edi.
Lekin
u komillikdan yiroq, ishqda beqaror, muhabbatdan toj-taxtni ustun bil-
guvchi xudbin shaxs. Shuning uchun Navoiy uni Shirinning muhab-
batiga ham, yozilajak dostonidagi yetakchi timsol darajasiga ham lo-
yiq ko‘rmaydi. U Farhodni bosh qahramon
qilib oldi va bu bilan dos-
tonning qurilishini, mazmunini tamomila o‘zgartirdi. Mazkur o‘zgarish
xamsachilikka shoir kiritgan eng katta yangilik edi.
Yozib jon Mus’hafidan
ikki oyat,
Debon Farhod-u Shirindin hikoyat,
degan shoir o‘z dostoniga “Farhod va Shirin” nomini beradi.
Dostonning asosiy voqealari ovozasi olamni tutgan, qudrat-u
shavkatda, davlat-u shuhratda yagona Chin xoqonining farzandsizligi
va bundan uning so‘ngsiz iztiroblarga tushganligi tasviri bilan boshla-
nadi. Birdan bir orzusi farzandli bo‘lish edi.
Maqsadiga yetish uchun
ko‘p nazrlar qildi, talay tangalar sochdi, o‘g‘ilsizlarning ko‘nglini oldi,
otasizlarga otalik qildi. Xayriyalari zoye ketmadi. Alloh iltijolarini ijobat
qilib, unga o‘g‘il ato etdi.
Shabistonida
1
tug‘di
2
bir yangi oy
3
,
Yangi oy yo‘qki, mehri olamoroy
4
.
Ochildi bog‘ida
bir otashin vard,
Demaykim vard
5
, balkim shu’layi dard.
Kiyurdi ilgiga davron nigine
6
,
Nigin o‘rnida la’li otashine.
1
Shаbistоn – tungi yotoqxona;
2
Тug‘di – tug‘ildi;
3
Yangi оy – istiоrаviy yo‘l bilаn
Fаrhоdni bildirаdi, uning tug‘ilishi qоrоng‘u kеchаdа yangi оyning pаydо bo‘lishigа
qiyoslаngаn;
4
Меhri оlаmоrоy – оlаmni yorituvchi quyosh;
5
Vаrd – аtirgul;
6
Nigin –
uzuk, uzukning ko‘zi, muhr.
55
Yuzinda ishq asrori
1
yozilg‘on,
Ichinda dard ta’vizi
2
qozilg‘on.
Nigin-u la’l yo‘q, duri shabafro‘z
3
,
Dema dur, gavhare, lekin jahonso‘z
4
.
Eshilgan rishtasi
5
tobi vafodin,
Teshilgan bag‘ri haqqoki qazodin
6
.
Ko‘zida ashk
7
selidin asarlar,
Damida
8
oh dudidin xabarlar.
Muhabbat nuri ollinda huvaydo
9
,
Jamolida vafo tug‘rosi
10
paydo.
Falak deb dard elining shohi oni,
Malak
11
deb dard o‘ti ogohi oni.
Tushub ishq ahli ichra har taraf jo‘sh,
Chu tug‘di o‘tda
sayr aylar Siyovush
12
.
Vafo xaylida g‘avg‘o shodlig‘din,
Biri-birga muborakbodlig‘din.
Do'stlaringiz bilan baham: