67
3.
Bosh qahramonning elparvarligi, oddiy xalqqa mushfiqligi qaysi
misra larda o‘z ifodasini topgan?
4. Xoqonning o‘g‘liga taxtni taklif etishi, o‘g‘ilning
uni rad etishi tasviri
orqali Navoiy qanday fikrni ilgari suradi? Fikringizni shoir
yashagan davr voqeliklaridan kelib chiqib asoslang.
5.
“Dedi: Har ishki qilmish odamizod, Tafakkur birla bilmish
odami zod”
so‘zlari orqali adibning inson tafakkuriga munosaba-
tini sharhlang.
6. Farhodning noma’lum ko‘zgu tilsimini bilish uchun hayotini
xavf-xatarga solib bo‘lsa ham safarga chiqqanligini qanday
baholaysiz? Sizningcha, u to‘g‘ri ish tutdimi?
7. Shirinning go‘zalligi vasf etilgan o‘rinlarni qayta o‘qing. Shoir uni
qanday tasvirlaganini o‘z so‘zlaringiz bilan bayon eting.
8.
“Hunarni asrabon netkumdur oxir, Olib tufroqqamu ketgum-
dur oxir?”
bayti orqali inson o‘zi egallagan hunarga qanday
munosabatda bo‘lishi lozimligi to‘g‘risida fikr yuriting.
9. Shirinning Farhodga murojaatini o‘qing. Qizning sinchkovligi,
insonni qalb bilan taniy bilishi uning qaysi so‘zlarida ko‘rinadi?
Shu paytlarda Ajam bilan Arabda hukm surayotgan Xusrav
Parviz degan shoh bor edi. Uning bir o‘g‘li bo‘lsa-da, shohlikka
yaraydigan emas edi. Shoh shuning uchun ham yana bir tag-tug-
li qizga uylanib, o‘g‘il ko‘rish orzusida edi. Shirinning go‘zalligi-yu
Farhodning unga oshiqi beqaror bo‘lgani
ovozasi Xusravgacha
yetib bordi. Xusravning Buzurg Ummid degan vaziri maslahati bilan
Mehinbonuga Shirinni so‘ratib sovchi yuborildi. Mehinbonu davlat-
ni o‘ylasa-yu, rozi bo‘lsa ham, Shirin ko‘narmikan? Farhodning holi
ne kechadi unda? Mehinbonu sovchilar
fikrini Shiringa aytganda, u
shunday dedi:
Ki: “Ey na’layning
1
o‘rni qiblagohim!
Harimi nazhating
2
g‘amdin panohim!
Necha yetgay senga mendin malolat,
Necha kelgay manga ondin xijolat.
1
Nа’lаyn – bir juft kоvush;
2
Nаzhаt – ko‘ngil оchish, huzur qilish.
68
Boshimg‘a tig‘i g‘am sursang ne bo‘lg‘ay,
Bu so‘z deguncha o‘ltursang ne bo‘lg‘ay!?
Meni hindudek otashgahga boshla,
Uzorim xolidek o‘t ichra tashla
Ki, jismim bo‘lsa ul o‘t
ichra nobud,
Sochimdek chiqqay ondin chirmanib dud.
Malolimdin bari olam qutulsin,
Tanim yuz ming balodin ham qutulsin.
Manga Farhod ishqi tuhmati bas
Ki, chehram ko‘rmayin ul zor-u bekas.
Yiqilmoqdur shiori oh tortib,
Ko‘nguldin nolayi jonkoh tortib,
Qulog‘i mustami’
1
bo‘lmay so‘zumga,
Ko‘zi oylar o‘tub tushmay yuzumga.
Tog‘ ichra sel yanglig‘ oqizib yosh,
Urub tosh uzra hardam seldek bosh.
Xayolim birla ko‘nglin qone’ aylab,
Firoqim ichra umrin zoye’ aylab.
Yuzimdin didayi giryoni
2
mahrum,
Visolimdin balokash joni mahrum.
Qolib
men ham yiroq ul notavondin,
Nechukkim mendin – ul, men dog‘i – ondin.
Bu bizga hol-u yuz nav’ elda shuhrat,
Ne yuz shuhratki, yuz ming nav’ tuhmat.
1
Мustаmi’ bo‘lmоq – qulоq sоlmоq, eshitmоq;
2
Didаyi giryon – yig‘lоqi ko‘z, yoshlаngаn
ko‘z.
69
Manga
ne yor-u ne oshiq havasdur,
Agar men odam o‘lsam, ushbu basdur!
Agar Bonu iloje bilsa, qilsun,
O‘zimni o‘ltururmen yo‘qsa, bilsun!”
Do'stlaringiz bilan baham: