Ruhiy kamolot vositasi



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/41
Sana04.03.2022
Hajmi0,8 Mb.
#481836
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41
Bog'liq
1-92 9-adabiyot

 Savol va topshiriqlar:
1. Otlar va odamlar tasviridagi o‘xshashlik va farqlarga e’tibor qiling.
Qaysi tasvirda baxshining mahorati yaqqol ko‘ringan?
2.
“Egam rahm aylasin qonli yoshima, Sabab bo‘lib qo‘shgin
tеng-u to‘shima. Qurruyo-qur, hayt-a, to‘ramning oti!”
tarzida
nola qilayotgan Oybarchin holatini anglating.
3.
Qalmoqlarning mubolag‘ali tasvirlari bеrilgan o‘rinlarni qayta 
o‘qing va hayotiylik hamda badiiylik jihatidan izohlang.
4. Ko‘kaldoshni yiqitolmayotgan Alpomish holati va uning ahvolidan 
iztirobga tushgan Oybarchin holatini izohlang.
5. Barchinoyning Alpomishga qarata aytgan achchiq so‘zlari alpga 
bu qadar qattiq ta’sir qilganligi sababini izohlang.
6. “Alpomish” dostoni yana qaysi baxshilar tomonidan aytilgan? 
Dostonning to‘liq variantini o‘qib chiqing.

ALPOMISH” DOSTONI TO‘G‘RISIDA
Odamlar badiiy asarlarni dastlab og‘zaki shaklda yara 
tishgan 
va ular og‘izdan og‘izga ko‘chib yurgan. Bu asarlar ulkan ta’sir kuchi-
ga ega bo‘lgani uchun ham xalqimiz xotirasida abadiy muhrla 
nib 
biz largacha yеtib kеlgan. Shu sababdan xalq og‘zaki ijodi badiiy 
adabiyot ning eng qadimgi shakli deyiladi.
O‘zbеklar dunyo xalqlari orasida ko‘p doston yaratgani bilan 
ajralib turadigan millatdir. Olimlar XIX asr oxiridan XX asrning ikkin-
chi yarmiga qadar o‘zbеk baxshilari tomonidan kuylangan yuz ellikka 
yaqin doston borligini aniqlashgan va variantlari bilan qo‘shib hisobla-
ganda, ulardan to‘rt yuztacha doston yozib olingan. Folklorchi olimlar-


46
ning aytishlaricha, “Go‘ro‘g‘li” turkumidagi dostonlar yuzdan oshadi, 
birgina “Alpomish”ning qirqdan ortiq nusxasi borligini esa bilasiz. 
“Doston” forscha so‘z bo‘lib, qissa, hikoya, sarguzasht, ta’rif 
ma’nolarini bildiradi. Favqulodda xususiyatlarga ega qahramonlarning 
boshidan o‘tgan qaltis voqеalar shе’r va nasriy yo‘lda aralash tasvir
-
langan yirik hajmli, muallifi noma’lum epik asarlar xalq dostonlari dе-
yiladi. 
Xalq dostonlari olimlar tomonidan quyidagi turlarga ajratilgan: 
1. Qahramonlik dostonlari. 2. Jangnoma dostonlar. 3. Romantik dos-
tonlar. 4. Tarixiy dostonlar. 5. Kitobiy dostonlar.
Shе’r bilan nasrning aralash kеlishi xalq dostonlarining muhim 
bеlgisidir. Dostonlardagi shе’rlar, asosan, o‘n bir bo‘g‘inli bo‘lib, bar
-
moq vaznida aytiladi. Qahramonlarning o‘y-fikrlari, nisbatan tinch 
ruhiy holati tasviri, o‘zaro so‘zlashuvlari ko‘proq o‘n bir bo‘g‘inli shе’r 
bilan ifodalanadi. Ba’zan dostonlarda tasvir talabiga ko‘ra yеtti, sakkiz 
bo‘g‘inli shе’rlar ham uchraydi. Otlar chopishi, jang manzaralari, pеr
-
sonajlarning tеzkor va shiddatli harakatlari aks etgan o‘rinlar yеt
-
ti-sakkiz bo‘g‘inli shе’rlar bilan ifodalanadi.
Xalq dostonlarida ko‘proq ko‘chmanchi tarzda hayot kechir-
gan eliboy o‘zbeklar tirikchilik tarzi aks etadi. Shu sababli, xalq dos-
tonlarining tilida asosan, qipchoq lahjasi belgilari yetakchilik qiladi. 
Shuningdek, dostonlarimizda o‘zbek xalqining ruhiy olami, udum-
lari ham o‘z ifodasini topgan bo‘ladi. Chunonchi, Alpomishning qiz 
sha’niga dog‘ tushirmaslik uchun begona odamlar oldida Oybarchin 
nomini tilga olmasligi kabi go‘zal odatlari namoyon bo‘ladi. To‘y tas-
virida “kampir o‘ldi”, “it irillar”, “choch siypatar” kabi qadim odatlarga 
amal qilingani tasviri ham xalq turmushiga xos jihatlarni bildirishi bilan 
ahamiyatlidir. 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish