«Vatan» so‘zidan ham ko‘proq ishlatiladigan so‘z bo‘lmasa kerak hayotda. Shuningdek, Vatan haqida asar yozmagan yozuvchi, shoir, u haqda she’r yodlamagan, uni ongli ravishda anglashga harakat qilmagan inson ham yo‘qdir



Download 16,62 Kb.
Sana22.01.2017
Hajmi16,62 Kb.
#881
Vatan

«Vatan» so‘zidan ham ko‘proq ishlatiladigan so‘z bo‘lmasa kerak hayotda. Shuningdek, Vatan haqida asar yozmagan yozuvchi, shoir, u haqda she’r yodlamagan, uni ongli ravishda anglashga harakat qilmagan inson ham yo‘qdir. «Vatan» arabcha so‘z bo‘lib, insonning tug‘ilib o‘sgan joyi, ona yurtini anglatadi, u kishilarning yashab turgan, ularning avlod-ajdodlari tug‘ilib o‘sgan joy, hudud, ijtimoiy muhit, mamlakatni anglatuvchi tushuncha. “Vatan” tushunchasi keng va tor ma’noda qo‘llaniladi. Keng ma’noda butun bir xalq, uning ajdodlari azaldan istiqomat qilib kelgan makon. Tor ma’noda esa inson tug‘ilib o‘sgan uy, mahalla, qishloq demakdir. Vatan to‘g‘risida yuzlab, minglab ta’rif va tushunchalar mavjud. Ammo shulardan ikkitasini iqtibos sifatida keltirmoqchiman. Birinchisi, Yurtboshimiz Islom Karimov tomonidan “Vatan” tushunchasi biz uchun sajdagohday muqaddas, sajdagohday pok va ulug‘ bo‘lmog‘i kerak” deb berilgan ta’rifdir. Ikkinchi tushuncha Fitratga tegishli bo‘lib, u: “Vatan mening jonu tanim, sajdagohimdur. U mening to‘lin oyim, tinch-omonim, izzatim, sharafim. Ka’bam, qiblam hamda gulistonimdir” deya o‘z qarashini ifoda etgan. Nazarimda, yuqorida keltirilgan ikki ta’rif o‘zining mukammalligi bilan fikru shuurimizni boyitishga xizmat qiladi. Xo‘sh, Vatan to‘g‘risida shunchalik ko‘p gapirilgan, yozilgan ekan, ushbu mavzu bo‘yicha yana qanday yangi gapni bayon etishimiz mumkin? Gap shundaki, mamlakat mustaqilligining 20 yilligi arafasida shu yurtning erkin fuqarosi sifatida ko‘ngilda to‘plangan mulohazalarim bilan o‘rtoqlashgim keldi. Qolaversa, ushbu maqolani yozishga meni yana bir hol undadi. Mamlakatimiz mustaqilligi sharofati bilan bizning ta’lim muassasamiz jahonning ko‘plab mamlakatlari ta’lim dargohlari bilan ilmiy, o‘quv, madaniy-ma’rifiy aloqalar olib borish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Xususan, katta qiyinchiliklarga, ayniqsa, mustaqil taraqqiyotimizning dastlabki yillarida biz yengib o‘tishga to‘g‘ri kelgan muammolar, tahdid va sinovlarga qaramasdan, O‘zbekiston iqtisodiyoti qariyb 3,5 barobar o‘sdi, yalpi ichki mahsulot aholi jon boshiga 2,5 barobar, o‘rtacha ish haqi 14 barobarga oshdi. Aholining yalpi daromadlari amaldagi hisob-kitoblar bo‘yicha 8,6 barobar o‘sdi. Ushbu daromadlarning 47 foizi biz uchun mutlaqo yangi bo‘lgan mulk shakllaridan va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olingan daromadlardir. Davlatning ijtimoiy himoya sohasi uchun sarflagan xarajatlari aholi jon boshiga hisoblanganda 5 martadan ko‘proq oshdi, har yili davlat byudjetining qariyb 60 foizi sog‘liqni saqlash, ta’lim, kommunal xo‘jalik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bilan bog‘liq boshqa sohalarni rivojlantirish uchun yo‘naltirilmoqda. Tarixan qisqa muddat ichida bu darajada ulkan muvaffaqiyatlarga erishish, shubhasiz, o‘z-o‘zidan bo‘lmadi. Yutuqlar, olg‘a siljishlar zamirida uzoqni ko‘zlab, puxta-pishiq ishlab chiqilgan davlat strategiyasi yotibdi. Xo‘sh, ushbu muvaffaqiyatlarga qanday erishildi? Ta’kidlab o‘tish lozimki, mamlakatimiz 1991 yil o‘z milliy mustaqilligini qo‘lga kiritganidan so‘ng umrini o‘tab bo‘lgan mustabid, ma’muriy-buyruqbozlik, rejali-taqsimot tizimidan voz kechdi, “o‘zbek modeli” deb nomlangan o‘z taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi. Yurtboshimiz tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish kontseptsiyasiga asosan bozor munosabatlariga o‘tish, mamlakatni modernizatsiya qilish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarorida mamlakatimizning istiqlol yillarida erishgan yutuqlarini tahlil etish, ularni fuqarolar ongiga singdirish vazifasi qo‘yilgan. Binobarin, jonajon O‘zbekistonimiz kundan- kunga rivoj topib, mustahkamlanib borayotgani xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilayotganini sezmaslik mumkin emas. Eng muhimi, mazkur o‘zgarishlar, evrilishlar zamirida mamlakat, millat manfaatlarining uyg‘unligi yotibdi. Bunday uyg‘unlik, shak-shubhasiz, Vatanimizni yanada obod, ko‘rkam va mustahkam bo‘lishiga kafolatdir.

www.aim.uz

Download 16,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish