Abdurauf Fitratning "Shaytonning Tangriga
isyoni" asariga bag'ishlangan taqriz:
Jadidlar #tanlov_uchun • May 31, 2021
Asar, avvalo, Islomdagi "ilk sujet" asosida shakllangan. ilk sujet bu Qur'oni Karimda
Odam Atoning yaratilishi va Allohning Odam Alayhissalomga bergan ilmi, va
Shaytonning bunga munosabati asosida rivojlangan voqealardir. Fitrat ushbu voqea
asosida XX asr siyosiy vaziyati, siyosiy g'oyaning xalq ongi va hayot tarziga ta'siri,
Ijtimioy hayotda ziyolilar o'rnini yoritib berishga harakat qildi. Xo'sh , nega diniy sujet
asos qilib olingan asarga degan savol tug'iladi barchada.Bunga men bir necha
sabablarni keltiraman.
Bilamizki, har qanday davrda ham adabiyot insonlar hayotini ko'rsatuvchi ko'zgu
bo'lib kelgan. Ko'zguda hayotni turli ramz va ishoralar orqali ifodalagan. Xuddi
shunday, Muallifning, Ateistik davlat bo'lgan SSSR hayotini ochib berishda Tangri,
Farishtalar , Shayton, Odam kabi diniy obrazlarni ramzga aylantirishida juda katta
mantiq bor edi, avvalo siyosiy hayotning islom dinidagi obrazlarda ochilishi xuddi
shaklan islom dinini notog'ri ekanligini ilgari sursada, aslida, buni qilishga sabab
SSSR ning ateistik davlat ekanligi, shu davrda ateistik g'oyalar avj olgani asarni shu
ruhda yozilishiga turtki bolgan, ateistlar qo'llaridan kelgancha, insonlar orasida bu
g'oyani targ'ib qilishga harakat qilgan, chunki yuqorida turgan dohiy
shuni talab
qilgan, agar asarlarda shu ruh bo'lmasa bosmadan chiqishi qiyin bo'lgan, Fitrat esa
bundan unumli foydalanib, shaklan Ateistik ruhda yozilgan, mazmunan esa Davrning
g'oyasi va siyosiy hayoti aks etgan asarni ijod qilgan. Shu tufayli ham asar ba'zi adabiy
tanqidchilar e'tiborini tortgan.(hunki ularga shunday asarlar kerak edi) . Lekin, meni
ajablantirgan bir jihat borki, hozirda ham adabiyotshunoslar orasida bu asarga
turlicha baholanadi(xatto nashrlarda ham umuman ko'rmaganman) Ba'zilar bu asarni
Ateistik asar sifatida talqin qilsalar, ba'zilar bunga qarshi chiqadilar. Mana shunga
o'xshash muammo tufayli ham Fitrat shaxsi haqida ba'zi noto'g'ri mulohazalar paydo
bo'lgan, uni dinsizlikda ayblovchilar ham topilgan( aslida kim haq-u nohaq, Alloh
biladi, men bu bilan hech kimni shaxsiyatiga daxl qilmoqchimasman, faqat shaxsiy
fikrimni keltirib o'tmoqchiman) Men esa ikkinchi fikrga qo'shilib, Abdurauf Fitratni
islom dini bo'yicha yetarlicha ilmga ega bolgan inson sifatida hurmat qilaman!
Sababini quyida izohlayman! Endi asardagi qahramonlar va ularning talqinini
bermoqchiman:
Tangri obrazi-Buyuk, Barcha narsani bilguvchi, yaratguvchi zot,
Fitrat Bu obrazni
o'zini Dohiy atagan, Bolsheviklar Sardori Lenin sifatida ko'radi, chunki Lenin ham
o'zini dohiy ( ya'ni daho, eng bilimdon, zukko , zakiy) sifatida talqin etgan va xalq
ongiga
ham Partiya Otasi Lenin , Dohiy shaxs sifatida singdirilgan, xatto o'quvchilar
uni madh etib she'rlar aytganlar, xalq orasida unga ishonch , e'tiqod qo'yish ,o'z
otasidek qabuk qilish kuchaygan!
Farishtalar- bu Alloh tomonidan yaratilgan, faqat Alloh o'rgatgan va buyurgan
ishnigina qiluvchi, unga madh etuvchi mahluqotlardir, Qur'oni Karimda Farishtalar
Obid ya'ni Ibodat qiluvchi sifatida aytilgan, ular kun-u tun Allohni madh etishadi,
ibodat qilishadi! Fitrat bu obrazni xalq sifatida ko'radi, chunki haqiqatdan ham,
o'sha davrda xalq, omma faqat dohiyga ishonch qo'ygan, uni buyruqlariga so'zsiz itoat
etib ,uni ulug'laydigan darajaga tushib qolgan edi , masalan, xatto , boshlang'ich
sinflarda ham Leninga atab , Partiyaga atab she'r va qo'shiqlar aytish, Pionerlik,
Oktiabryatlik, Pavlik Morozovlarga o'xshash insonlar yetishib chiqishi va shu kabi
dalillar bilan misol qilish mumkin
Shayton- bu Farishtalar Mudarrisi bo'lgan , Alloh o'tdan yaratgan Mahluqot , avval
ilmda Farishtalar ichra ulug' bo'lib, Allohning inoyati bilan Farishtakar ichida
Mudarrislik( Ustozlik) qilgan, ammo Odam Alayhissalom yaratilgach Kibrga berilib,
Allohga shak keltirib , la'natlangan, Farishtalarni Allohga hamd aytishdan qaytargan,
Odam Alayhissalomni avragan mahluqot. Fitrat bu obrazni
Xalq ichidan Chiqqan
Ziyolilar, O'zi kabi Jadidlar misolida ko'radi. Fitrat Jadidlarni ham ana shunday
Itoatsizlikka chaqiradi, Dohiy Leninni ulug'lashdan qochish , Farishtalarni Ya'ni Xalqni