Rejalash tsirkullari
|
Prujinali tsirkullar. TSirkulning yuqori qismidagi yassi prujina 2 oyoqli 1 ni o’q 3 atrofida burishga va ularni kerishga intiladi, vint 5 va qirqma gayka 4 bo’nga qarshilik qiladi. Gaykani aylantirib, tsirkulni istalgan vaziyatga o’rnatish mumkin.
TSirkullarning oyoqlari 45, 50 markali po’latdan yasaladi va toblanadi. TSirkulning asosiy o’lchami eng katta kerilgan oyoqlar o’rtasidagi masofa hisoblanadi. Oddiy tsirkullar 280, 350, 430
va 500 mm, prujinali tsirkullar 50, 80, 120
va 150 mm o’lchamli qilib ishlab chiqariladi.
|
Kernerlar rejalash chiziqlarining o’rnini aniqroq belgilash uchun ishlatiladi. Buning uchun ular yordamida chuqurchalar-kernlar tushiriladi. Oddiy, mexaniq va elektr kernerlar ishlatiladi.
Oddiy kerner (6-rasm, a) ish qismi, o’rta va zarb qismlardan iborat bo’ladi. Ish qismi konussimon qilib yasaladi. Rejalash chiziqlarini kernlash uchun ish qismi 600, teshiklarning markazini belgilab olish uchun 750 burchak ostida o’tkirlanadi. Bu chuqurroq chuqurchalar tushirishga imkon beradi. O’rta qism, ya’ni tsilindrik to’rsimon g’adir-budir qilib yasalgan. Kernerning zarb qismining uchi dumaloqlangan konusdan iborat SHunday tuzilganligi tufayli zarb hamma vaqt qurolning markaziga aniq tushadi. Kernerlar U7 va U8 markali uglerodli asbobsozlik po’latidan yasaladi. Zarb beradigan va ish qismi toblanadi.
Kernlash uchun 100-200 g li bolg’a ishlatiladi.
Mexanik kerner korpus 4, uning ichidagi prujina 1, yassi prujina 5 li polzun 3, vtulka 6, prujina 7 li kerner 9 dan iborat. Prujina 7 yo’naltiruvchi vtulka 8 ichida harakat qiladi. Korpusga yuqoridan kallakli gayka 2 burab qo’yilgan.
Kernerlar
|
Kerner quyidagicha ishlatiladi. Uni chiziq ustida tik ushlab, kallagi bosiladi.
Bunda korpus va yo’naltiruvchi vtulka pastga suriladi, prujina qisiladi, kerner yuqori uchi bilan polzunni bo’shatadi. Polzun prujina ta’sirida zarb beradi. Zarb kuchi gayka 2 bilan rostlanadi.
Elektr kerner korpus 1, elektromagnik 4 va o’zak 3 dan iborat. Elektr toki o’tganda elektromagnit g’altagi o’zakni tortadi. O’zak pastga harakatlanib, kerner hisoblangan uchlik 5 ga zarb bilan uriladi. Kernlash paytida elektr kerner chiziq ustiga qo’yiladi va uning korpusiga bir oz bosiladi. Korpus surilib, elektr kontaktlarni tutashtiradi, elektromagnit zanjiri
ulanadi va uchlikka zarb tushadi.
|
Zarb paytida magnitning elektr zanjiri uziladi va prujina 2 ta’sirida o’zak dastlabki vaziyatiga qaytadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |