SHtangentsirkulь SHTS-I bilan tashqi, ichki o’lchamlar va chuqurlikni o’lchash mumkin. SHtangasining bitta uchida o’lchash jag’lari ikkinchi uchidan chizg’ich bo’lib, undan chuqurlikni o’lchashda foydalaniladi. SHtanga bo’ylab qo’zg’aluvchi ramka jag’lari suriladi. O’lchash jarayonida shtangaga qisqichni vint bilan mahkamlab qo’yiladi. SHtangentsirkulning ostki jag’i tashqi, ustki jag’i esa ichki o’lchamlarni o’lchash uchun xizmat qiladi. Ramkaning qiya qirrasiga nonius shkalasi zarblangan.
SHtangentsirkul SHTS-II yuqori aniqlikda o’lchash imkonini beradi. Asbobning ustki jag’i o’tkirlangan bo’lib, undan rejalash ishlarida foydalaniladi. Suriluvchi ramkaning shtangasi nisbatan o’rnatish uchun mikrometrik surish (vint-gayka) mexanizmi bilan ta’minlangan.
SHtangentsirkulь ko’rsatkichini o’qish. SHtangentsirkulni ko’zning ro’parasida tutib, millimetrlarning butun sonlarini chapdan o’ngga qaratib, noniusning nolinchi shtrixi bilan sanaladi va noniusning shtanga shkalasi shtrixi bilan ustma-ust tushadigan shtrixi topiladi. Millimetrning yuzdan bir ulushlarini ifodalovchi chapdagi yaqinroq raqmga sanoq boshi kattaligini nonius qisqa shtrixining tartib raqamiga ko’paytirishdan chiqqan natija qo’shiladi.
Rejalashga kirishishdan oldin yasaladigan detalning chizmasi bilan tanishib chiqib, uning shakli, konstruktsiya xususiyatlari haqida aniq tasavvurga ega bo’lish va xayolda rejalash planini belgilab olish lozim. So’ngra zagotovkani tekshirish kerak. Bunda uning darzlari, o’yiqlari va boshqa nuqsonlari bor-yo’qligi aniqlanadi. Buning uchun zagotovkani ko’zdan kechirib chiqish va unga bolg’a bilan urib ko’rish kerak (dirillagan tovush darz borligini bildiradi).
Zagotovkani ko’zdan kechirib chiqish uning sirtida chiqiqlar, g’adir-budirliklar, quyindilar, iflosliklar, zanglar bor-yo’qligini ham aniqlashga imkon beradi. CHiziqchalar chizishdan oldin chiqiq joylarni kesib tashlash, g’adir-budirliklarni tekislash, metall cho’tkalar bilan iflos sirtlarni tozalash kerak.
SHundan so’ng zagotovka o’lchamlari yasaladigan detalь o’lchamlariga mos kelishi va ishlov berish uchun detalda qo’yim qoldirilganligi tekshiriladi. Buning uchun zagotovkaning uzunligi va eni o’lchanadi va ular detalning gabarit o’lchamlariga solishtirib ko’riladi (yassi detalning gabarit o’lchamlari deganda uzunlik va enidagi eng chekka nuqtalar orasidagi masofalar tushiniladi). Rejalanadigan sirt bo’yaladi. SHunday qilinsa, rejalash chiziqlari yaxshi ko’rinib turadi. Buning uchun ishlatiladigan bo’yoq sirtga yaxshi yotishi, tez qurishi va oson ketadigan bo’lishi lozim. Turli sirtlarni bo’yash uchun ishlatiladigan vositalar qutsidagi jadvalda keltirilgan.
Agar reja chiziqlari metallda yaxshi ko’rinib tursa, sirtni bo’yamasa ham bo’ladi.
Yuqorida aytib o’tilgan tayyorlov operatsiyalari bajarilgandan so’ng o’lchamlarni qo’yish va rejalash chiziqlarini chizishga kirishiladi. Bundan oldin bazalar-o’lchamlar qo’ya boshlanadigan chiziq yoki tekisliklar belgilab olinadi.
Baza sifatida:
Zagotovkaning tashqi qirralari, agar zagotovkada ishlangan sirt bo’lsa, shu sirt baza deb qabul qilinadi. Ba’zan, baza uchun mo’ljallangan sirtga maxsus ishlov beriladi. Agar zagotovkaning hech yeri ishlanmagan bo’lsa, baza deb qabul qilinadigan sirtlar tekislanadi.
Simmetrik detallarda simmetriya o’qlari, markaz chiziqlarini baza deb qabul qilish
qulay. Bu chiziqlar eng oldin chizib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |