Rejalanadigan sirtlarni bo’yash
Bo’yash vositalari
|
Rejalanadigan sirt
|
Surkash usullari
|
Suvda sut quyuqligigacha qorilgan bo’r, zag’ir moy (elimlovchi modda), sikkativ
(tez qurish uchun)
|
Quyma va pokovkalarning
ishlanmagan sirtlariga
|
CHo’tka bilan surkaladi
|
Suvda sut quyuqligigacha qorilgan bo’r, 1l suvga 50g duradgorlik yelimi (elimni aloxida eritib, so’ngra bo’r bilan birga
qaynatish kerak)
|
Qora metallarining ishlanmagan sirtlari
|
CHo’tka bilan surkaladi
|
Bo’r bo’laklari
|
Uncha mas’uliyatli bo’lmagan hollarda ishlanmagan sirtlar
uchun
|
Ishqalab surkaladi
|
Mis kuporosi (1 stakan suvga 2-3 choy qoshiq kuporos), kimyoviy ta’sir natijasida detalь sirtida mis qatlami
o’tirib qoladi
|
Ishlangan sirtlar (po’lat, cho’yan)
|
CHo’tka bilan (eritma zaharli). Kuporos bo’lagi xo’llangan sirtga ishqalanadi
|
Tez quruvchi bo’yoq va laklar
|
Ishlangan katta po’lat va cho’yan sirtlar,
alyuminiy quymalar
|
CHo’tka bilan surkaladi
|
Sirtda eritilgan shellak, ufo’qsin bilan
qizil rangga bo’yaladi
|
Ishlangan sirtlar,
alyuminiy quyma
|
CHo’tka bilan yupqa qilib
surkaladi
|
Bo’yalmaydi
|
Rangli metallar, qaynoqligicha dumalatib ishlangan list va profilli po’lat
materiallar
|
|
Barcha o’lchamlar shu tanlangan bazalarda qo’yilishi kerak. O’lchamlarni zanjir tarzida, ya’ni birin-ketin qo’yish mumkin emas, chunki bunda xatolar ko’payadi.
Rejalash plitasi
|
Rejalash maxsus plitalarda bajariladi (6- rasm). Rejalash plitalari mayda donli kul rang cho’yandan quyib yasaladi. Ularning ish sirti yaxshi ishlangan bo’ladi. Plitalarni yog’och stollar yoki fundamentlarga o’rnatishda ularning yuqori tekisligi gorizontal turishiga e’tibor beriladi (bu
«shayton»ga qarab tekshirib ko’riladi).
|
Rejalash chiziqlari chizishning quyidagi tartiblari qabul qilingan: oldin gorizontal chiziqlar (chizg’ich va chizg’ich yordamida), so’ngra vertikal chiziqlar (chizg’ich va go’niya yordamida), keyin qiya chiziqlar va oxirida yoy va aylanalar (tsirkulь, shtangentsirkulь va h.k.lar yordamida) chiziladi. Yoylarni oxirida chizish to’g’ri chiziqlarning aniq chizilganligini tekshirishga imkon beradi, agar ular to’g’ri chizilgan bo’lsa, yoy ularni ravon tutashtiradi.
Ba’zan, yoy hamda aylanalarni qiya chiziqlar, ba’zi vertikal va gorizontal chiziqlardan ham oldinroq chizish yaxshiroq bo’ladi. To’g’ri chiziqlarni chizishda-chizg’ichni chizg’ichga zich taqab yurgizish kerak.
Buning uchun uni rejalanayotgan sirtga 75-800 burchak ostida qiya ushlanadi. Bundan tashqari, chizg’ich harakat yo’nalishi tomonga og’dirib ushlanadi. Rejalash chiziqlari o’tkazish paytida qrolning vaziyati o’zgarmasligi lozim.
CHiziqni faqat bir marta chizishga ruxsat beriladi. Uni ikkinchi marta chizganda xuddi ilgarigi joy ustidan yurgizish qiyin, natijada bir necha parallel chiziqlar hosil bo’ladi va ulardan qaysi biri zarurligini bilib bo’lmaydi. Agar chiziq yaxshi tortilmagan bo’lsa, uni bo’yab yuborish va boshqatdan chizish kerak.
Vertikal chiziqlar go’niya yordamida chiziladi. Bunda yassi go’niya lineykaga taqab qo’yiladi. Tokchali go’niya esa zagotovkaning ishlov berilgan qirralariga taqab yurgiziladi. Agar detalning sirtlari ishlanmagan bo’lsa, go’niyani rejalash plitasiga qo’yib, surilib ketmasligi uchun ustidan yuk bostirib qo’yiladi. Go’niya plitaning yon tekisliklariga nisbatan to’g’rilanadi. SHundan so’ng chiziqlar chiziladi. Aniq rejalashda perpendikulyar chiziqlarni geometrik yasashlar yo’li bilan chiqariladi.
Parallel chiziqlar chizishda ularning boshi va oxiriga belgi tushirib, shular orqali chiziq tortiladi. Agar imkon bo’lsa, parallel chiziqlarni T-simon tokchali go’niya yordamida chiziladi. Bunda u zarur masofaga surib turiladi.
CHiziqlarga o’lchamlarni qo’yishda boshlang’ich nuqtaga kichkinagina kern (chuqurcha) tushirish kerak. SHunda tsirkulь surilib ketmaydi. So’ngra tsirkulь bilan kaltagina yoycha chizib, kesishish o’rni kernlab va h.k. Barcha kesmalar qo’yilgandan so’ng ularning umumiy uzunligi tekshirib ko’riladi, chunki har bir kesmani qo’yishda xatoga yo’l qo’yilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |