Mavzu:Berkituvchi qurilmalar bo’yicha ma’lumotlar
BERKITUVCHI KRANLAR Gazlar uchun ishlatiladigan kranlar o‘zining tuzilishi bo‘yicha oddiy buraluvchi va moyli kranlarga bo‘linadi. Oddiy buraluvchi kranlar korpus beriladigan siqish kuchlanishini berilishiga qarab, o‘z navbatida tortiluvchan, salnikli va o‘zi siqiluvchan turlariga bo‘linadi. Qopqoqni siljishida teshikni yopish jarayonida oddiy buraluvchan kranlarning zichlovchi sirtlariga bo‘lgan solishtirma siqish bosimi o‘zgarmas bo‘lib, zichlovchining sirtiga beriladigan katta solishtirma kuchlanishni berishga yo‘l qo‘ymadi.
Korpusdan va konusli qopqoqdan tashkil topgan kranning konstruktiv qismlari oddiyligiga qaramay, uning to‘la germetik holatini ta’minlash juda qiyin. Qopqoqni va uning egarchasi sirtini silliqlangan holatida ham zichlovchi sirtlarida yo‘llakchalar va chuqurchalar qoladi. Oddiy kranlarni zichlovchi sirtlariga nisbatan kichik solishtirma kuch- lanishlar berilishiga qaramasdan yo‘lakchalarni to‘la yo‘qotib bo‘lmaydi. Yo‘lakchalar va chuqurchalardagi bo‘shliqlarni kran- ning zichlovchi hamma yuzasini maxsus moy bilan to‘ldirish orqali yo‘qotish mumkin. Undan tashqari, qopqoqni buraganda moy zichlovchi sirtning ishqalanishini kamaytiradi.
Tortiladigan gaz kranlari Tortiladigan gaz kranlari, kirishda va bino ichida gaz yoqilg‘isini iste’mol qiladigan qozonlarga va boshqa qurilmalarga gazlarni bo‘lish joylarida qo‘llaniladi. Tortiladigan kranlarda qopqoqning zichlovchi sirti va korpusni o‘zaro bir-biri bilan jipslashishi qopqoq oxiridagi (dumidagi) rezbali qismining tortuvchi gaykasini burash orqali amalga oshiriladi. Qopqoqni burash paytida, gaykani yaxshi qotirilganligini ta’minlash uchun shaybaga va uni dumchasiga maxsus shakl beriladi.
Qopqoqni burash paytida, gaykani yaxshi qotirilganligini ta’minlash uchun shaybaga va uni dumchasiga maxsus shakl beriladi. Tortiladigan kranlarning ishlashi yuqori darajali sifatga ega bo‘lishini taminlash uchun uning cheka qismini korpusga shayba orqali zich joylashtirish lozim, aks holda shayba va korpusni bir-biri bilan tegib turgan joyi tez yeyiladi, natijada qopqoqni tortib turish kuchi germetik holatni ushlab turishga yetarli bo‘lmaydi. Qopqoqni yetarli darajada tortilib turishi uchun uning ko- nusli qismi shaybagacha 2-3 mm yetmaydi, korpusning ichki pastki sirt qismi esa silindrik o‘yiq bo‘ladi.
Bunday qurilma qopqoqli kranni ta’mirlash yoki ishqalanish paytida eyilishiga qarab, oxiridagi gaykani burash orqali uni pastga tushirish va shu bilan birgalikda kerakli zichlikni ta’minlashga imkon yaratadi. Pish 0,1 kgs/sm2=9806,6 Pa=0,1 MPa bo‘lgan tortiladigan gaz kranlari. O‘zDavStandart bo‘yicha sanoatda gazlar yoki gaz quvurlar uchun to‘rtta (harorati 50°C bo‘lgan Psh 1 kgs/sm2; Ps 2 kgs/ sm2; Pish 0,1 kgs/sm2 bosimlarga mo‘ljallangan) tarangli kranlar ishlab chiqiladi.
1-rasmda har xil qopqoqli o‘tqazib tortiladigan gaz kranlar ko‘rsatilgan.
1-rasm. Bronzali tortiladigan gaz kranlar. Pish 0,1 kgs/sm; a–tipi I-11B10bk; b–tipi II-11B8bk; d–tipi III-11B9bk; e–tipi IV-11B10bk1. 1–qopqoqni o‘tish joy belgisi ko‘rsatilgan.
Flanesli va salnik muftali kranlar Kranlar sanoat korxonalarining harorati 100°C li moy, neft va suvlar oqadigan quvurlarda ishlatiladi. Undan tashqari, gaz quvurlarida ishlatilganda, ularning germetikligini ta’minlashda ular albatta zichlanib, Pish 1,25 havo bosimida sinaladi. Ma’lum egarga o‘rnatilgan konusli qopqoq kranni to‘suvchisi vazifasini bajaradi. Gaz o‘tkazuvchi yo‘lak qopqoq o‘qi atrofida burash orqali ochib-yopiladi. Salnikli to‘ldiruvchi orqali boltdan uzatilgan kuchlanish qopqoqni egarchaga siqadi. Korpus va qopqoqning konusligi, bir xil qilib qabul qilingan. Qopqoqning yuqori tomoni «kalit»ga moslangan to‘rt bur- chakli, uning uchida esa qopqoqning o‘tish yo‘lini qo‘rsatib turuvchi chiziq qilingan.
Shartli o‘tish yo‘li 40 mm va undan ortiq bo‘lgan kranlar siqib turuvchi boltlar bilan ta’minlangan, ular qopqoq tiralib qolganda yengil buralishi uchun xizmat qiladi. Salnik orqali gaz o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qopqoqni siqib turadigan gaykani bir-ikki aylantirib bo‘shatishga to‘g‘ri keladi, qopqoqni kerakli holatga buragandan keyin siqib turuvchi bolt qo‘yib yuboriladi, gayka esa qaytadan qotiriladi. Natijada kranda yo‘qotilish kamayib, kesim yuzasi o‘zgarmay qoladi.
Salnikli kranlar tuzilishida, qopqoqning 90° buralish yo‘lini chegaralovchi tayanch ko‘zda tutilmaydi, chunki qopqoqni uchidagi kvadrat tepasidagi chiziqchaning yoritilganligi kam bo‘ladi,nazorat qilinadigan qiyin joylarda, gaz quvurlarda o‘rnatiladigan kranlarning ishonchi va xavfsiz ishlatilishi qiyinlashadi, shu sababdan salnik qapqog‘ida qopqoqning 90° ga buralishini chegaralovchi stopor qurilmasi nazarda tutiladi. Gaz kranlari qopqog‘ining yengil va silliq buralishini ta’minlashda, tiralib qolishining oldini olishda tekis qilingan sirtni artish va yupqagina moy surkash kerak. Salnik yumshoq nabivka (to‘ldiruvchi) dan iborat bo‘lib, salnik qutichasiga joylatiriladi, quticha tepasida esa qapqoq turadi.
Salnik qapqog‘idagi gaykaning tortilishi nabivka orqali konusli qopqoq do‘ngchasida bosimni yuzaga keltiradi va natijada kranning zichligi ta’minlanadi. Kranlar tayyorlanganda, ularning mustahkamligi va materialining zichligini hamda O‘zstandart bo‘yicha bosim ta’siri germetikligini taminlash uchun gidravlik sinovdan o‘tkaziladi.Agar ular gaz ta’minoti tizimida ishlatilsa, pish 1,25 bosimda tekshirib ko‘riladi. 2-rasmda kranlarning 11chbbk va 11ch8bk tiplari ko‘rsatilgan. Salnik-muftali kranlarning asosiy o‘lchamlari va og‘irligi 1-jadvalda, salnikli-flanesli kranlarniki esa 2-jadvalda ko‘rsatilgan.
2-rasm. Pish 10 kgs/sm2 bosimli, 11chbbk tipli salnik-muftali kran
11ch6bk salnik-muftali kranning asosiy o‘lchamlari (mm) va og‘irligi. 1-jadval
11ch8bk salnik-flanesli kranning og‘irligi va asosiy o‘lchamlari (mm). 2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |