Kesish ish xajmi katta bo’lgan hollarda kesish operatsiyasi mexanizatsiyalashtiriladi. Bu maqsadda pnevmatik bolg’alar ishlatiladi. Xozirgi kunda maxsus kesuvchi toshlar bilan jixozlangan elektr tokida ishlovchi kesish mashinalari (bolgarka) dan ham keng foydalaniladi.
Metallga jismoniy kuch ishlatib, uning shaklini o’zgartirishga egish deyiladi. CHilangarlikda buyumlarni giraga qisib yoki sandonga qo’yib, bolg’ada zarb berish orqali shakli o’zgartiriladi. Yupqa listlar to’qmoq bilan diametri 3 mm gacha bo’lgan simlar esa ploskogubtsa yoki ombir bilan egiladi. Plastik materiallar egilishga moyil bo’ladi.
Detallarni egishda to’g’rilagich, egish mashinalari (presslar)dan foydalaniladi. Egish quyidagicha amalga oshiriladi: ikkita qo’zg’almas tayanchda erkin yotuvchi zagotovkaga eguvchi zagotovkaga eguvchi kuch (zarba) ta’sirida egiluvchi kuchlanish hosil qilinadi. Agar bu kuchlanish materiallarning qayishqoqlik chegarasidan oshmasa, zagotovka olgan shakl o’z asliga qaytsa bunday material egilmagan hisoblanadi. Egishning mohiyati shuki, zagotovkaga berilgan yangi shakl o’zgarmasdan qolishi, buning uchun egish kuchlanishi materialning qayishqoqligidan kuchliroq bo’lishi kerak. To’g’ri burchak ostida egilishi kerak bo’lgan detallar uchun material qalinligida 0,5-0,8 mm qo’yim qoldiriladi. Burchaklikning ichki
tomonlari uzunligini qo’shib detal zagotovkasining yoyilmasini hosil qilish burchaklik va tutqichning ichki to’g’ri burchaklari ko’rsatilgan.
Burchaklikning o’lchamlari: a30 mm; b70 mm; t6 mm;. Zagotovka yoyilmasining uzunligi:
L а b 0,5t 30 70 3 103мм
Tutqich o’lchamlari: a70 mm; b80 mm; s60 mm; t4 mm;. Zagotovka yoyilmasining uzunligi:
L а b с 0,5t 70 80 60 2 212мм ga teng.
Ichi yumaloqlangan burchaklik zagotovkasining yoyilmasini hisoblash uchun burchaklikni chizg’ich bilan qismlarga bo’lamiz. Ular qiymatlarining (a50 mm; b30 mm; t4 mm) yig’indisi burchaklik zagotovkasi yoyilmasining uzunligini tashkil qiladi.
L 50 30 3,14 / 2(4 6 / 2) 50 30 1,57 7 0,99 91мм
Po’lat taxtadan to’g’ri burchakli tutqich yasash uchun dastlab zagotovka yoyilmasining uzunligi aniqlanadi: L17,5115120117,589.
|
Zagotovkaning uchlaridan qo’yim uchun 1 mm dan qoldirib qirqiladi va taxtaga qo’yib to’g’rilanadi, keyin chizma bo’yicha egovlanadi.
Gidrada ikki yoqlama burchaklik yasash rejalash, zagotovkani kesib olish va to’g’rilashdan keyin bajariladi. Tayyorlangan zagotovkani burchaklar orasiga qo’yib qisilgach, bolg’a zarbi bilan egiladi. Keyin ikkinchi uchi ham xuddi shu usulda egiladi. Nihoyat egib bo’lingan zagotovkani o’lcham bo’yicha egovlab
silliqlanadi.
|
Xomut tayyorlash (egish). Zagotovkaning uzunligi hisoblangach, egiladigan joyini giraga vertikal o’rnatilgan tsilindr-to’g’rilagichga o’rab ploskogubtsa bilan siqiladi va atrofi bog’lanadi. Bu ishni ikki ishchi bajarishi kerak: birinchi ishchi ploskogubtsa bilan zagotovkani to’g’rilagichga o’rab tortib turadi, ikkinchisi bolg’a bilan o’ram atrofiga zarba berib chiqadi. Xomut shakliga keltirishning oxirgi bosqichi ko’rsatilgandek bajariladi.
Vtulka yasash (egish). Po’lat tasmadan tsilindrsimon to’g’rilagichda vtulka yasash uchun avval zagotovkaning uzunligi aniqlanadi. Agar vtulkaning tashqi diametri 20 mm, ichki diametri 16 mm bo’lsa, uning o’rtacha diametri 18 mm bo’ladi. Bu holda zagotovkaning umumiy uzunligi L3,141856,5 mm formulasi bilan aniqlanadi. Zagotovkani to’g’rilagich bilan birgalikda giraga qisiladi (zagotovka chorak o’ram hisobida gira jag’laridan yuqoriga chiqib turishi kerak), yumshoqroq tiqin orqali o’nga ustki to’g’rilagichni jipslab bolg’alanadi. So’ngra uni to’g’rilagich bilan ag’darib qo’yib, ikkinchi tomoni egiladi. Tayyor bo’lgan vtulkaning to’g’riligini o’lchov chizg’ichi bilan nazorat qilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |