Quvurlarni egishni mexanizatsiyalash. Diametri 350 mm gacha bo’lgan quvurlar maxsus dastgoh va presslarda egiladi. Quvurni halqaga aylantirish uchun uch rolikli eguvchi dastgohdan foydalaniladi.
Zagotovkani cho’zish yordamida egish, burish stoliga ega bo’lgan eguvchi-cho’zuvchi mashinalarda amalga oshiriladi. Bunda material mustahkamlik chegarasigacha cho’ziladi va mustahkamligini yo’qotmaydi. Bu usul samolyot, avtomobil, dengiz kemalarining quvurlarini egishda qo’llaniladi. Quvurni yuqori chastotali tok bilan qizdirib egish ham mumkin.
Razvalьtsovkalash deganda quvurning uchini kengaytirish tushuniladi. Buning uchun
asbob giraga qisiladi va unga quvurni o’rnatib to’g’rilagichning uchi bilan kengaytiriladi. Bu ish maxsus kengaytirgich-juvalarda bajariladi. Asbob po’lat tsilindrdan iborat bo’lib, uning bir uchi konussimon, ikkinchi uchi kvadrat kallakka ega. CHiviq korpusga joylashgan, uning uchiga katta bo’lmagan konusli roliklar joylashtirilgan.
Razvalьtsovkalash quyidagicha amalga oshiriladi: quvurning teshigiga ariqchali flanets kiygiziladi, keyin quvurga rolikli jo’vani qo’yib aylantiriladi. Natijada, quvur flanets teshigining shaklini oladi. Agar jo’vaning aylanishi osonlashsa gaykani burash va shu bilan birga quvurga chuqurroq kirib borishini ta’minlash lozim.
Nuqsonlar. Metallni egishda eng ko’p uchraydigan nuqsonlardan biri qiyshiq egilish yoki ishlov beriladigan materiallarning sirtlaridagi shikastlanishlardir. Zagotovkani noto’g’ri rejalash yoki detalni giraga noto’g’ri o’rnatish, shuningdek, bolg’a zarbasini noto’g’ri berish kabilar nuqsonlarni keltirib chiqaruvchi asosiy sabablardir.
Dastakli qaychi va qo’larra bilan qirqish.
Yumaloq, kvadrat, tasma va list materiallarni qirqish
Materiallarni qismlarga bo’lish yoki ortiqcha qismlarini olib tashlash qirqish deb ataladi. Bu jarayonni qirindi yunib ham, qirindi yo’nmay ham bajarish mumkin.
Qirindi yo’nib qirqishda quyidagi asboblar: dastaki arra, qirquvchi arra, stanoklar, metal arralar, metal qirqish stanoklari: tokarlik, frezalash, jilvirlash stanoklari, gaz yordamida payvandlish qurilmasi, elektr payvandlash qurilmasi ishlatiladi.
Qirindi yo’nmay qirqishda materiallar dastaki, richagli va mexanikaviy qaychilar, o’tkir jag’li ombirlar, truba qirqichlar, press qaychilar, shtamplar bilan qirqiladi.
Dastaki arralar bilan ko’ndalang o’lchami 60-70 mm gacha bo’lgan metallar va boshqa materiallarni qirqish mumkin. Ular arra ramkasi va arra polotnosidan iborat bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |