Parmalarni charhlash
Parmalash jarayonida parmaning old va orqa sirtlari, burchaklari va lentachalari yeyiladi. Yeyilishning dastlabki bosqichida parma g’irchillab ishlaydi, qirqmay qo’yadi, qirqish zonasida temperatura keskin ko’tariladi.
Parmaning qirqish qobiliyatini tiklash uchun uni charxlash kerak. Parmalar konussimon sirt bo’yicha charhlanadi.
Parmalarning o’tkirlik burchagi ishlanadigan materialga bog’liq. Po’lat, cho’yan va qattiq bronzani parmalash uchun bu burchak 116-1180; latun, yumshoq bronza va alyuminiy qotishmalarini parmalash uchun 1300; titanli va juda mustahkam konstruktsion po’laptlarni parmalash uchun 1300-1350 olinadi. Termik ishlangan ushlerodli va legirlangan po’latlarni parmalash uchun mo’ljallangan qattiq qotishmadan yasalgan parmalar 1300 burchak ostida charhlanadi. O’tkirlik burchagi shu aytilganlardan katta bo’lsa, parma metallni uvalatadi, qirqish quvvati ortadi. Agar burchak bundan kichik bo’lsa, parma tezda o’tmaslashadi va sinadi.
Parmalashda qirqish rejimlari
Parmalashda kesishning asosiy elementlari quyidagichadir: kesish tezligi, surish va kesish chuqurligi.
Kesish tezligi v-kesuvchi qirraning asbob o’qidan eng uzoqlikda yotgan nuqtasining vaqt birligi ichida o’tgan yo’li (mmin). Agar parmaning aylanish chastotasi va diametri ma’lum bo’lsa, kesish tezligi vqDn/1000 formula yordamida hisoblanadi, bu yerda: v-kesish tezligi, m-min; D-parmaning diametri, mm; parmaning aylanish chastotasi, aylmin; - o’zgarmas son 3,14 (tezlik minutig’a metr hisobida, diametr millimetrlarda o’lchanganligi uchun ko’paytmani 1000 ga bo’lish zarur).
Aylanish chastotasi n-parmaning minutig’a aylanish soni (aylmin). Agar parmaning diametri va kesish tezligi ma’lum bo’lsa, u holda asbobning aylanish chastotasini (aylmin) n1000(D) formula yordamida aniqlash mumkin.
Surish S-zagotovka bir marta aylanganda parmaning o’q bo’ylab surilishi (mmayl).
Kesish chuqurligi t (mm)-ishlov berilgan yuzadan parma o’qigacha bo’lgan oraliq (ya’ni, parmaning radiusi) tD2 mm formula yordamida aniqlanadi. Parmalab kengaytirishda kesish chuqurligi parma diametri bilan ilgari ishlov berilgan teshik diametri ayirmasining yarmiga teng bo’ladi, ya’ni t(D-d)2.
Kesuvchi qirralar orasidagi burchak kesish jarayoniga katta ta’sir ko’rsatadi. Bu burchakning kattalashishida parmaning mustahkamligi oshadi, kichiklashishida burchak qiymatini materialning qattiqligiga ko’ra tanlanadi masalan:
cho’yan va po’lat
po’lat pokovkalar va toblangan po’lat
jes va yumshoq bronza
yumshoq mis
alyumin, babbit, elektron
silumin
magnitli qotishma
ebonit tselluloid
marmar va boshqa mo’rt materiallar
organiq oyna
plastmassa
|
116-118
125
130-140
125
130-140
90-100
110-120
80-90
90-100
70
50-60
|
Do'stlaringiz bilan baham: |