Mexanik qurollar va egovlash stanoklaridan foydalanish egovlab kengaytirishni ancha tezlashtiradi.
Uncha qalin bo’lmagan detallarda istalgan shakldagi teshikni «mexaniq chilangar» tipidagi egovlash stanogida ishlash mumkin. SHu maqsadda o’ziga olib tashlangandan so’ng zagotovka stanok stoliga qo’yiladi, teshikdan egov o’tkaziladi va kronshteynlarga mahkamlanadi. Zagotovkani qo’lda egov tomonga surib va uning egovlanadigan joylarini egovga yaqinlashtirib ishlanadi. Egovning tipi ishlanadigan teshikning shakliga qarab tanlanadi.
Egiluvchan valli egovlash stanoklari turli detallarda istalgan joydagi teshikni ishlashga imkon beradi. Bunda turli shakl va o’lchamdagi bor egovlardan foydalaniladi. Egiluvchan val qiyin joylarni ishlashga, turli bor egovlar istalgan qiyofadagi teshikni ishlashga imkon beradi. Zarur qurol egiluvchan valga mahkamlangan patronga o’rnatiladi. Egiluvchan valni uchidan ushlab, egovni u yoqdan-bu yoqqa surib egovlash bajariladi. Bor egovlar o’rniga silliqlash kallaklarini o’rnatib, ular yordamida pardozlash ishlarini bajarish mumkin.
Egovlab kengaytirish uchun elektr va pnevmatik egovlarni ham qo’llash mumkin.
Elektr egov elektr parmalagich I-90 ning uchligi hisoblanadi. Drelning elektr dvigateli tirsakli valigi aylantiradi, u shatunni (shatun ish shtogi bilan sharnirli birikkan) va egovning tepishini yumshatadigan plunjer bilan bog’langan shatunni harakatlantiradi. Patronga oddiy
egov mahkamlanadi. Dvigatelь ishga tushirilganda egov ilgarilama-qaytma harakat qiladi. Pnevmatik drellarga o’rnatib ishlatiladigan uchliklar keng tarqalgan.
Teshiklarni ishlashning elektr uchqunli metodi elektr erroziya hodisasiga, ya’ni metallni elektr razryadlari ta’sirida yemirilish hodisasiga asoslangan. Bu metodning mohiyati quyidagicha. O’zgarmas elektr toki qurolga va ishlanadigan detalga yuboriladi. Ishlanadigan teshik shaklida yasalgan qurol katod vazifasini, detal esa anod vazifasini o’taydi. Maxsus elektr magnit qurilma yordamida katod vertikal tebranma harakat qiladi. Qurol ko’tarilganda va tutashganda u bilan detal orasida elektr razryadlari hosil bo’ladi, detal eriydi va uning zarralari suyuqlikka cho’kadi.
Elektrolit (kerosin, mineral moy) li vannaga ishlanadigan buyum solinadi. Unga tok manbaining mubat qutbi ulanadi, qurol shpindelga mahkamlanadi. SHpindelga elektr qurilmaning manfiy qutbi ulanadi. Elektr qurilma rejim rostlagich va kondensatordan iborat.
Elektr uchqunli ishlov natijasida shakli qurol shakliga mos teshik ochiladi.
Teshik 3-aniqlik va 6-7 tozalik klassigacha ishlanadi. Bu usul istalgan qattiqlikdagi metallda (hatto qattiq qotishmalar ham) eng murakkab shaklli teshiklar ochishga imkon beradi. Elektr uchqunli ishlash usuli egovlab kengaytirishga nisbatan bir necha marta unumdor.