Xar XIL yuzalarni egovlash. Egri yuzalarni egovlash



Download 36 Kb.
Sana18.07.2022
Hajmi36 Kb.
#820145
Bog'liq
XAR XIL YUZALARNI EGOVLASH. EGRI YUZALARNI EGOVLASH


XAR XIL YUZALARNI EGOVLASH. EGRI YUZALARNI EGOVLASH
Reja:



  1. Egovlash to‘g‘risida tushuncha.

  2. Egovlash turlari.

  3. Egovlashning asosiy qoidalari va usullari.

  4. Xar xil sirtlarni egovlash.

Plastik massalardan yasalgan detall va zagotovkalarga ishlov berish.

Egovlash metall yoki detallarga ishlov berish, ularning ma’lum qatlamining olib tashlanishidir. Detallarni rejalash yoki quyishda egovlash uchun o‘lchami 0,5 dan 0,25 mm.gacha bo‘lgan quyimlar qoldiriladi. Egovlash bilan ishlov berish aniqligi 0,2-0,05 mm, ayrim hollarda 0,001 mm.gacha bo‘lishi mumkin.


Egov po‘latdan yasalgan, ma’lum profilga ega bo‘lgan brusokdan iborat asbob. Uning ishchi qismi, quyruq, qismi, qirrasi va ensiz tomoni bor. Ishchi qismi (tishi) kertiklardan iborat bo‘lib pona shakliga ega. Egov kertik o‘lchamlari va shakli, uzunligi, brus shakli bo‘yicha turlarga bo‘linadi. U10, U13A va legirlangan po‘latdan yasaladi.
Kertiklarning asosiy elementlari va turlari. Kertiklar egov sirtida tish hosil qiladi. Ular ishlov beriladigan sirtdan qirindi chiqaradi.
Xar qanday tishning orqa burchagi A, o‘tkirlik burchagi B va oldingi burchagi Y bo‘ladi.
Bir yokli egovlarda tishlar uning o‘qiga nisbatan qiya joylashgan. Tishlar nisbatan uzun bo‘lganligidan, keng qirindi oladi. Shuning uchun bir yoqli egovlardan yumshoq, metall va metall bo‘lmagan materiallarga ishlov berishda foydalaniladi.
Qo‘shaloq kertik tish profilni hosil qiluvchi chiziq va qirindining maydalanishini ta’minlaydigan yordamchi kertikdan iborat.
Egov yurgizilganda tishlarning izi bir-birini qisman koplaydi, ishlov berilayotgan yuzada g‘adir-budirlik kamayadi, yuza ancha toza va silliq chiqadi.
Yirik kertik (rashpil) metallga maxsus uch yokli zubiloni botirib hosil qilinadi. Bundai egovlar bilan yumshok metallar va metall bo‘lmagan materiallarga ishlov beriladi. Qo‘llanilishiga ko‘ra, egovlar qo‘yidagi guruxdarga bo‘linadi: umumiy, maxsus, nozik va mashina egovlari.
Umumiy egovlardan umumchilangarlik ishlarini bajarishda foydalaniladi. 10 mm uzunlikdagi kertiklar soniga (n) karab, egovlar oltita rakam bilan belgilanadi: 0; 1; 2; 3; 4; 5.
O va 1 raqamli egovning tishlari katta bo‘lib (14 ta kertik) dag‘al egovlashda, 2 raqamli mayda tishli egovlar (13-26 ta) buyumlarni tozalab egovlashda, 3, 4 va 5 raqamli egovlar (80 tacha ) uzil-kesil ishlov berishda ishlatiladi.
Egovlar qo‘yidagi turlarga bo‘linadi: tekis (a), o‘tkir uchli tekis egovlar (b) detallarning tashqi va ichki sirtlari, shli­sa hamda ariqchalarni egovlashda ishlatiladi. Kvadrat egovdan (v) kvadrat, to‘g‘ri burchakli, ko‘pburchakli teshik hamda tor tekis yuzalarni, uch yoqli egovdan (g) o‘tkir burchaklarni hamda ariqcha, teshiklarni egovlashda foydalaniladi. Yumaloq, egovda (d) silindrsimon teshiklarga, yarim yumaloq, segmentli egovda (v) egri konturli detallarning sirtlariga ishlov beriladi.
Maxsus egovlar (№1) bronza, jez va dyuralyuminlarni egovlash uchun ishlatiladi. Ular qush kertikli bo‘lib, ustki tishlari 45, 30 va 50°, ostki tishlari esa 60, 85 va 60° burchak ostida tayyorlanadi. Egovlarning quyruq, qismiga SM xarflari tamgalanadi.
Olmosli egovlar qattiq qotishmalardan yasalgan asboblarga ishlov berish uchun ishlatiladi. Ular turli kesimdagi metall chiviqdan iborat, ishlov beruvchi sirtiga yupqa olmos kukuni yopishtirilgan.
Nozik egov (nadfil)lar ko‘pincha zargarlik buyumlari va andozalar (lekalo)ga ishlov berishda hamda teshik, burchak, profillarning qo‘l yetmaydigan kichik qismlarini pardozlashda qo‘llaniladigan kichik o‘lchamdagi egovlardir.
Zagotovkani egovlashga tayyorlash uchun metall chutka bilan tozalanadi, quyim qoldiqlarini zubilo bilan kesib tekislanadi. Detal yuzasini gorizontal holatda tiska jag‘laridan 8-10 mm kutarilib turadigan holatda qistirma (mis, jez, alyumin, yumshok. po‘lat) quyib mahkamlanadi.
Tiska balandligi ishchi bo‘yiga moslanadi: o‘ng qo‘l bilan bosish kuchayganda oldingi tomon, zaiflashganda orqa qiya tomon egovlanadi. Tiska oldida uning o‘qiga nisbatan 45° burchak hosil qilib, yarim burilib, tik va turg‘un turiladi. Oyoklar bir-biriga nisbatan 60°- 70° burchak hosil qilib qo‘yiladi. Tovonlar oraligi 200-300 mm bo‘lishi kerak.
O‘ng qo‘l bilan dastaning ovalsimon uchi kaftning yumshoq joyiga tiralib tura­digan qilib ushlanadi. Bosh barmokni dasta o‘ki bo‘ylab quyib, qolgan barmoqlar bilan dastani kaftga bosiladi. Chap qo‘l kaftini egovning uchidan 20-30 mm oraliqda egovga ko‘ndalang qilib qo‘yish, barmoklarni biroz bukish, chap qo‘l tirsagini bir oz ko‘tarish kerak.
Sirtni egovlash murakkab va sermashaqqat jarayondir. Egovlashda ko‘p uchraydigan nuqson sirtlarning tekislikdan og‘ishidir. Bir yo‘nalish bo‘yicha egovlashda sirtning toza va tekis bo‘lishi qiyin. Shuning uchun egov yunalishini doimo burchakdan-burchakka o‘zgartirish kerak.
Ishlov berilgan yuzani tekshirish uchun egovlangan yuzadagi qirindi chutka yoki latta bilan tozalanadi. Zagotovkani tiskadan chiqarib tekshirilayotgan yuzasiga chizg‘ichni qirrasi bilan perpendikulyar qilib qo‘yiladi. Bunda chizg‘ich butun uzunligi bo‘yicha yuzani qoplab turishi kerak. Shundan keyin, zagotovkani ko‘z satxiga qadar ko‘tarib yuzani bo‘ylamasiga, ko‘ndalangiga va diagonal bo‘yicha yorug‘lik manbaiga qarata tekshiriladi.
Tekis sirtlarni egovlashda yirik tishli yassi egovlardan foydalaniladi. Dastlab zagotovkaning serbar tomonini egovlab uni baza qilib olinadi, keyin shu sirtga parallel bo‘lgan ikkinchi va boshqa sirtlar egovlanadi
To‘g‘ri burchak ostida joylashgan burchak sirtlarini egovlash uchun dastlab burchakning biror tomonini bazaviy sirt sifatida qabul qilib yaxshilab ishlov berish, keyin esa nisbatan to‘g‘ri burchak ostida egovlash kerak.
Silindr zagotovkani egovlash uchun silindr chiviqning toretsida berilgan diametr (12 mm) bo‘yicha aylana chiziladi, silindr atrofida toretsdan 30 mm oralikda reja chiziklari o‘tkaziladi.
Zagotovka tiskaga gorizontal holatda shunday mahkamlash kerakki, uning uchi jag‘larning chetidan, ishlov berilayotgan chiviq uzunligidan bir oz ortib tursin.
Botiq yuzalarni egovlash uchun zagotovkani chizma bo‘yicha rejalanadi. Metallning ko‘pgina qismini arra bilan qoplab zagotovkaning botiq, qismiga uchburchak shakl beriladi yoki parmalab yarim silindr hosil qilinadi. Keyin belgilangan rejag‘a qadar yumaloq, yoki yarim yumaloq, egov bilan egovlanadi.
Prizmasimon shponkani tayyorlash qo‘yidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: plastinani chizmadagi o‘lcham bo‘yicha qirqib zagotovka tayyorlab olingach, 1 va 2- sirtlar egovlanadi va uni burchaklik bilan tekshiriladi. 3 va 4- sirtlar (uzunligi, kengligi, yumaloqlash radiusi) chizma bo‘yicha belgilab olinib egovlanadi, o‘lchamini shtangensirkul, sirtlarning perpendikulyarligini esa bur­chaklik bilan tekshiriladi.
Egovlangan yuzalarni pardozlash. Detallarning yuqori darajada aniqlik talab qilinadigan yuzalari nozik tishli egov, qumqog‘oz yoki abraziv bruslar vositasida tozalanadi.

Adabiyotlar


1. N.Makiyenko, A.Umronxujayev «Chilangarlik», Toshkent, «Mexnat», 2003 y.
2. J.Ramazov va boshqalar «O‘quv ustaxonalarida o‘tkaziladigan amaliyot mashg‘ulotlari», o‘quv qo‘llanma, Toshkent, «O‘qituvchi», 1992 y.
3. E.I.Krupitskiy «Slesarlik ishi», Toshkent,«O‘qituvchi»,1989 y.
4. G.V.Kramarenko «Avtomobillarga texnikaviy xizmat ko‘rsatish», Toshkent, «O‘zbekiston», 1998 y.
Download 36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish