Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-pedagogika



Download 2,79 Mb.
bet17/83
Sana26.02.2022
Hajmi2,79 Mb.
#472377
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   83
Bog'liq
chilangarlik1

Metallni to’g’rilash


Metallarni to’g’rilashda tekislanadigan joyni tanlashga alohida e’tibor berish lozim. CHunki zarba kuchi egrilik bilan muvofiq bo’lishi, egrilikdan uzoqlashgan sayin zarba kuchi shunga mos ravishda kamaytirilishi kerak. Detal sirtlarining tekislikka yopishishi to’g’rilashning yakunlanganini bildiradi. Sirtning to’g’riligini o’nga chizg’ich qo’yib tekshiriladi. Mayda, yaxlit detallar sandon yoki to’g’ri taxtalarda tekislanadi. To’g’rilash jarayonida zarbani qo’lqop kiyib, detalni yoki zagotovkani sandonga bosib turib beriladi.


To’g’rilash tahtalari, list, sim va val


tipidagi metallarni sovuq va qizdirish yo’li bilan to’g’rilash





Metall tasmalarni to’g’rilash quyidagi ketma- ketlikda bajariladi. Qavariq tomon chegaralarini bo’r bilan belgilanadi, keyin bolg’alanadi. Tasmani plitaga qo’yganda uning qavariq tomoni tepada turishi lozim. Zarbani qavariqning eng baland joyidan boshlab, uning chegarasiga borgan sayin kamaytirish kerak. Agar detalda qavariq yuzalari ko’p bo’lsa, to’g’rilashni avval detalning chetlariga yaqin bo’lgan qavariqlardan boshlanadi, keyinchalik o’rtadagi qavariqlar to’g’rilanadi. To’g’rilash natijasini ko’z yoki chizg’ich bilan tekshirish
mumkin.

Simni to’g’rilash. Simning egriligini ko’z bilan tekshirilgach, egri joylarining chegarasini bo’r bilan belgilab olinadi, keyin simning egilgan joyi tepega qaratib qo’yiladi. Zarbani egrilik chegarasidan boshlab o’rtasiga tomon ko’chiriladi. Sim diametri va egriligining katta-kichikligiga qarab berilishi zarur.
Egrilikni to’g’rilashda simni o’qi bo’yicha aylantirib zarba beriladi. Agar simda egrilik ko’p bo’lsa, to’g’rilashni detalning uchiga yaqin joydan boshlash, keyin o’rtasini tekislash kerak.
Toblangan detallarni rixtovkalash (to’g’rilash). Ayrim hollarda po’lat detallar toblangandan keyin qavariqlanadi. Toblashda hosil bo’lgan egrilikni to’g’rilashni rixtovkalash deyiladi. Rixtovkalash aniqligi 0,01-0,05 mm bo’lishi mumkin. Rixtovkalash harakteriga ko’ra, toblangan muhrali yoki egri sirtli bolg’alar tanlanadi. Bu holda detalni tekis taxtada emas, balki rixtovkalash babkasida to’g’rilanadi.
Vallarni to’g’rilash. Diametrlari 30 mm. gacha bo’lgan vallarni qo’l presslarida to’g’rilanadi. Bunda valni ikki prizmaga qo’yib vint bilan qisiladi va egilish indikator
yordamida aniqlanadi. Valdagi qoldiq kuchlanishlarni bartaraf etish uchun valni 30-40 daqiqa 4000-5000 da toblab, keyin sovitiladi. Parchin usulida to’g’rilashda egilgan valni qavariq tomoni bilan taxtaga qo’yib sirtiga juda kuchli bo’lmagan zarba beriladi.
Qizdirish yo’li bilan to’g’rilash (zarbasiz). Profil metall (tavrli, ikki tavrli, burchaklik, shveller), ichi bo’sh val, qalin po’lat listlarning egilgan joylarini qizdirish yo’li bilan to’g’rilanadi. Buning uchun kavsharlash lampalari yoki gaz gorelkalaridan foydalaniladi. Qizdirilayotgan metallni ranggi qizg’ish tus olib, elastik holatga kelgach, xom asbest yoki ho’l latta bilan sovitiladi. Sovish natijasida u to’g’rilanib qoladi.
Sovuq holda rixtovkalash. Payvandlangan buyumlardagi uncha katta bo’lmagan nosozliklar qo’lda yumshoq bolg’achalar bilan to’g’rilanadi, buning uchun taxta yoki sandonga qo’yib bolg’alanadi. O’ta egilgan yaxlit buyumlarni esa maxsus presslarda har xil to’g’rilash moslamalarini qo’llab to’g’rilanadi. Payvandlangan detallarni sovuq holda to’g’rilashda ehtiyot bo’lish, chokning mustahkamligini saqlash uchun muhrasi tekis bo’lgan bolg’adan foydalanish kerak, aks holda bolg’aning o’tkir qirralari payvand choklarini yaroqsizlantirib, detalning mustahkamligini yo’qotadi.
Detal va zagotovkalarni qo’lda to’g’rilash sermashaqqat va unumsizdir. SHuning uchun bu usul kichik partiyadagi detallarni to’g’rilashda qo’llaniladi. Sanoat korxonalarda bu ish mashinalar zimmasiga yuklangan.
Eguvchi jo’va (valьts)lar. Sanoat korxonalarida listlar sirtidagi notekislik jo’valar yordamida to’g’rilanadi. Jo’valashning mexanizatsiyalashtirilgan turlari bor. Qo’l yoki uch valli eguvchi jo’valar bilan sirtlardagi notekisliklar: g’adir-budirlik, qavariq va shunga o’xshash notekisliklar to’g’rilanadi. Qalinligi 3 mm gacha bo’lgan listlar odatda, uch vallarda, undan qalinrog’i maxsus mashinalarda to’g’rilanadi.
Uch valli list eguvchi mashinalar korpusga o’rnatilgan uchta ostin-ustin joylashgan tsilindr vallardan iborat. Zarur bo’lib qolganda listning qalinligi hisobiga vallar bir biridan uzoqlashtirilishi yoki yaqinlashtirilishi mumkin. Ish jarayonida listlarning osilib qolmasligi uchun mashina qo’shimcha val bilan jihozlangan.

Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish