MA’RUZA MAVZU: METALLNI SOVUQ HOLDA TO’G’RILASH VA RIXTOVKALASH. METALLARNI KESISH, EGISH, QIRQISH VA EGOVLASH Reja:
Umumiy ma’lumotlar
Metallni to’g’rilash
To’g’rilash tahtalari, list, sim va val tipidagi metallarni sovuq va qizdirish yo’li bilan to’g’rilash
Xavfsizlik texnikasi qoidalari
Kesish asboblari, ularni charxlash va tekshirish
Kesish jarayoni va usullari
Kesishni mexanizatsiyalish
List va taxta materiallarni egish usulida detallar tayyorlash
Egish ishlarini mexanizatsiyalash
Quvurlarni bukish va razvalьtsovkalash
Dastakli qaychi va qo’larra bilan qirqish
Yumaloq, kvadrat, tasma va list materiallarni qirqish
Egovlar tasnifi
Egov dastalari va ularni tanlash, egovlashga tayyorlash va egovlash usullari
Egov turlari
Egovlash ishlarini mexanizatsiyalash
Tayanch so’z va iboralar
To’g’rilash taxtalari, muhrali bolg’achalar, tekislagichlar, metallarni to’g’rilash, rixtovkalash, eguvchi jo’va, zubila, kreysmeyselь, o’tkirlash, charxlash, kesish jarayoni, egish, egilmaslik, eguvchi dastgohlar, bukish, qizigan holda egish, razvalьtsovkalash, qirqish, qirqish qoidalari, arralash, qaychilar bilan qirqish, dastaki qaychilar, richagli qaychilar, egovlash, egov, egov dastalari, tekis yuzalarga ishlov berish, bo’yoq surib egovlash, egri chiziqli sirtlarga ishlov berish, egovlar tasnifi.
Umumiy ma’lumotlar
To’g’rilash va rixtovkalash chilangarlikda eng ko’p bajariladigan ishlardan bo’lib, bu jarayonda metall va detal zagotovkalaridagi fizik nuqsonlar (g’ijimlik, egrilik) to’g’rilanadi. To’g’rilash va rixtovkalash mohiyatidan farqlanmasa ham ish usullari foydalaniladigan asboblar turlichadir.
Listlar va ulardan tayyorlanadigan zagotovkalarning cheti yoki o’rtasining egilishi, g’ijimlik, notekislik ko’rinishidagi nuqsonlari bo’lishi mumkin. Ularni sovuq va qizdirish yo’li bilan to’g’rilash usullari bor. To’g’rilash usulini buyumning ashyosi, o’lchami va bo’kilganlik darajasiga qarab tanlanadi.
To’g’rilash taxtalarining og’irligi bolg’aga qaraganda 80-150 marta ortiq bo’lib, po’lat yoki cho’yandan yaxlit holda yoki mustahkamlik qovurg’alari bilan tayyorlanadi. Ular quyidagi o’lchamlarda bo’ladi: 400X400; 750X1000; 1000X1500% 1500X2000; 2000X2000; 1500X3000 mm.
Taxtaning ishchi sirti toza va silliq bo’lib, metall yoki yog’och tagliklarga o’rnatiladi.
Ko’p hollarda toblangan detallni tekislash uchun radiusli muhralardan ham foydalaniladi. Uning korpusi U10 po’latdan tayyorlanib, og’irligi 400-500 gr. Ishchi qismiga qattiq po’lat qotishmasidan (VK8 yoki VK6) plastinkalar o’rnatilib, ular bolg’alab tekislashda qo’l keladi. Muhraning ishchi qismi 0,05-0,1 mm radiusda o’tkirlanadi.
|
Almashinuvchi muhrali bolg’achalar yumshoq
materiallardan tayyorlanib, bolg’aning ishchi qismiga pona shaklida mahkamlab qo’yiladi. Bu xildagi bolg’alar ishlov berish tamomlangan sirtlarning ayrim nuqsonlarini tekislashda qo’llaniladi.
|
Almashinuvchi muhralar sifatida mis, qo’rg’oshin yoki yog’ochli muhra ishlatilishi
mumkin.Tekislagichlar (yog’och yoki metall bruslar) yupqa list va metall taxtalarni to’g’rilashda ishlatiladi. Detallarning notekisligini ko’z bilan yoki detalga qo’yilgan taxta oralig’idagi tirqishga qarab tekshiriladi. Mabodo, unda egri joylar bo’lsa, bo’r bilan belgilab qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |