Sarkodalilarning xilma-xilligi. Amyobalar orasida odam va hayvonlar organizmida parazitlik qilib yashaydigan turlari ham bor. Ichburug' amyobasi (Entomoeba histolitica) juda mayda, 0,04 mm bo'lib, kalta to'mtoq soxta oyoqlar hosil qiladi. Amyoba odam yo'g'on ichagining shilimshiq pardasiga kirib oladi va ko'payadi. O'sib yetishgan amyobalar sistaga aylanib, ichak bo'shlig'iga tushadi. U yerdan axlat bilan tashqariga chiqib ketadi. Bir kecha — kunduzda kasal odam ichagidan amyobaning 300 mln ga yaqin sistasi chiqishi mumkin. Parazit amyobalar qoramollar, it, ot, cho'chqa va boshqa hayvonlarning ichagi va kasallangan tishlarida, shuningdek, asalarilaming ayirish organlari naychalarida ham topilgan. Parazit amyobalar sistalar orqali yuqadi. Hamma amyobalar bitta turkum (Amoebina)ni tashkil qiladi. Sarkodalilar sinfiga 11 mingdan ortiq tur kiradi. Sarkodalilar sinfiga amyobalardan tashqari chuchuk suvlarda va botqoqliklarda yashovchi Chig'anoqli amyobalar (Testacea) turkumining vakillari ham kiradi. Ularning tuzilishi amyobalarga o'xshash, lekin tanasi qum zarrachalari yoki organik moddadan iborat chig'anoq ichida bo'ladi. Chig'anoq og'izchasidan soxta oyoqlari chiqib turadi. Chuchuk suvlarda Quyoshsimonlar (Helioza) turkuminingkattaligi 1 mm ga yaqin bo'lgan chiroyli vakillari juda ko'p uchraydi. Ulaming soxta oyoqlari endoplazmasidan quyosh nuri kabi tarqalgan. Dengizlarda plankton tarkibida muallaq hayot kechiradigan Nursimon sarkodalilar (Radiolaria) turkumi vakillari ko'p uchraydi. Ulaming tanasi sharsimon shaklda bo'lib, soxta oyoqlari tanadan nurga o'xshab taraladi. Endoplazmasi esa organik moddadan iborat kapsula ichida joylashgan. Tanasida qum —tuproqdan hosil bo'lgan ninachalardan iborat skeleti bor. Nursimonlar nobud bo'lgandan keyin ulaming skeleti dengiz tubiga cho'kib, tog' uni (trepel) deb ataladigan cho'kma hosil qiladi. Trepel jilvir qog'ozlar tayyorlash va metallarga ishlov berishda ishlatiladi. Dengizlarda sarkodalilardan Foraminiferalar (Foraminifera) turkuminingvakillari, ayniqsa ko'p uchraydi. Ular dengiz tubida va planktonda muallaq hayot kechiradi. Foraminiferalaming chig'anog'i ohak moddadan hosil bo'lgan bir yoki bir necha kamerali spiralsimon
yoki konus shaklida bo'ladi. Orol dengizida foraminiferalarning ikki tun uchraydi. Ayrim turlari Qizilqumdagi sho'r suvli quduqlardan ham topilgan. Foraminiferalar mezozoy erasidagi dengizlar suvida, ayniqsa ko'p uchraydi. Ular chig'anog'ining qoldig'i dengiz tubiga to'planib, ohaktosh hosil qilgan. Hozirgi bo'r konlari ham asosan foraminiferalar chig'anog'idan hosil bo'lgan, degan taxminlar bor. Xivchinlilar (Mastigophora) sinfi
Bu sinfga mansub hayvonlar sitoplazma o'simtasidan hosil bo'lgan bitta yoki bir nechta xivchinlar yordamida harakatlanadi. Ko ‘pchiligida xivchin bittadan, ba'zan ikkita yoki undan ham ko'proq bo'lishi mumkin. Xivchinlilaming hujayrasi organik moddadan iborat qobiq bilan o'ralgan. Shuning uchun ular tanasining shakli doimiy bo'ladi. Xivchinlilar sinfi oziqlanish usuliga ko'ra ikki kenja sinfga — o'simliksimon va hayvonsimson xivchinlilarga bo'linadi.