BIOLOGIYA
31. Quyida keltirilgan organizmlarning odam bilan o'zaro
munosabati to'g'ri ko'rsatilgan javobni aniqlang.
a) og'iz amyobasi; b) ichburug' amyobasi
1) simbioz - kommensalizm; 2) antibioz - o‘zaro raqobat;
3) neytralizm - hamtovoqlik; 4) antibioz - parazitizm;
5) simbioz - sinoykiya; 6) simbioz - parazitizm
A) a - 3; b - 4 B) a - 1; b - 4 C) a - 5; b - 2 D) a - 3; b - 6
32. Nerv sistemasining quyidagi qismlari qaysi
retseptorlardan impuls qabul qiladi?
a) somatik; b) vegetativ
1) visseroretseptor; 2)
tayoqchasimon retseptor;
3) proprioretseptorlar; 4) kolbachasimon retseptor
A) a - 2, 4; b - 3 B) a - 1, 3; b - 2, 4
C) a - 3, 4; b - 1 D) a - 3; b - 1, 2
33. Agar rovoch o'simligining fotosintez birligi
1,8 g/m2soat ga teng bo'lsa, 20 tup rovoch 100 kunda
glukoza sintezi uchun sarf qilgan ATF miqdorini
aniqlang. (bir kunni 10 soati quyoshli va har bir tup
rovochning barg sathi 0,25 m2 ga teng)
A) 750 B) 800 C) 900 D) 1200
34. Qaysi javobda suyaklarning (a) va tishlarning (b) ichki
qavatiga tegishli javoblar to'g'ri ko'rsatilgan?
1) g'ovaksimon tuzilishga ega; 2) bo'shliqlar mavjud;
3) ingichka kanalchalarga ega; 4) qon tomirlarga ega;
5) nerv tolalari mavjud; 6) limfa tomirlariga ega
A) a-1, 4, 6; b-2, 3, 4, 5 B) a-1, 3, 4, 5; b-2, 4, 5
C) a-1, 4, 5, 6; b-2, 3, 4, 5 D) a-1, 3, 4, 6; b-2, 3, 4, 5
35. Bir xromatidli xromosomalarni gaploid (a), diploid( b),
tetraploid (c) to'plami qachon kuzatiladi?
A) a-telofaza II; b-telofaza I;
c-anafaza
B) a-telofaza I; b-metafaza II; c-profaza
C) a-telofaza II; b-telofaza; c-anafaza
D) a-telofaza I; b-anafaza II; c- anafaza
36. To'g'ri fikrni aniqlang?
A) xongulda Mg elementi biologik katalizatorlar
tarkibiga, xolmonda xlorofill
pigmenti tarkibiga kiradi
B) tereska hujayrasida uglevod, teresken hujayrasida
oqsil ko'p bo'ladi
C) yaguarda gastrulatsiya qat-qat joylashadi, kazuarda
botib kirish bilan amalga oshadi
D) ko'lbuqada sitokinez markazda ferment hosil bo'ladi,
ko'l baqada sitokinez hujayra o'rtasidan botiqlik xosil
bo'ladi.
37. Qaysi organizmlarning oldingi va orqa oyoqlaridagi
barmoqlar soni teng bo'lmaydi?
1) kanna; 2) jo'rji; 3) agama; 4) baqa; 5) qarchig'ay;
6) karkidon; 7) gaaga
A) 1, 4, 7 B) 2, 3, 5 C) 4, 5, 7 D) 1, 3, 6
38. Ikki tomonlama nafas oluvchi baliqlar qaysi davrda
rivojlangan (a) va suv yo'qotilishiga qanday fiziologik
moslanishi mavjud (b)
A) a - toshko'mir; b - suvsiz
joylardan suvli joylarga
migratsiya qiladi
B) a - devon; b - pillaga o'ralib yozda uyquga ketadi
C) a - devon; b - suvsiz joylardan suvli joylarga
migratsiya qiladi
D) a - silur; b - pillaga o'ralib yozda uyquga ketadi
"EDUCATION SMART"
39. Machin o'simligida ma'lum vaqt oralig'ida sintezlangan
glukozaning qancha qismini shu davrdagi
mitoxondriyadagi dissimilatsiya uchun sarflaydi?
A) 1/30 B) 1/50 C) 1/60 D) 1/80
40. Gulkosasi yarmigacha qo'shilgan (a),
gultoji yarmigacha
qo'shilgan (b) o'simliklarni toping.
1) liftok; 2) pomidor; 3) gledichiya; 4) qoqio't;
5) garmdori; 6) kakra; 7) tangao't; 8) kartoshka; 9) hiloliy
10) karrak; 11) tuxumak; 12) oloy xiyoli
A) a-3, 7, 11; b-4, 6 B) a-10, 12; b-1, 9
C) a-7, 11; b-2, 5, 8 D) a-7, 10; b-2, 5, 8
41. Qaysi hayvonlarning shoxlari har yilda almashinib
turadi?
1) arxar; 2) kapiti; 3) xongul; 4) zubr; 5) antilopa; 6) los;
7) maral; 8) muflon
A) 1, 5, 6 B) 4, 5, 8 C) 2, 3, 7 D) 3, 6, 8
42. Qaysi to'qima hujayrasini postembrional davrining
barcha bosqichlarida yadrochasi hech qachon
yo'qolmaydi?
A) yog' to'qima
hujayralari
B) suyak to'qima hujayralari
C) qo'zg'aluvchan to'qima hujayralari
D) kallus to'qima hujayralari
43. Diplodok bilan bir erada (a) va bir davrda (b) yashagan
organizmlarni aniqlang.
1) arxeopteriks; 2) stegotsefal; 3) "qalqondor" baliqlar;
4) uchar kaltakesaklar; 5) plakoxelis; 6) stegozavr;
7) tritsopetops; 8)
dastlabki sutemizuvchilar
A) a - 6, 8; b - 1, 4 B) a - 3, 5; b - 7, 8
C) a - 2, 6; b - 5, 8 D) a - 2, 3; b - 4, 7
44. Faqat to'g'ri gulli o'simliklar uchun xos bo'lgan gul
formulalarini aniqlang.
1) Gk0Gt(5)Ch(5)U(2); 2) Gk4-5Gt5,(5)Ch5U(2);
3) Gk(3)+(5)Gt5Ch(∞)U(∞); 4) Og0;5Ch2-5U2-5;
5) Gk4Gt4Ch4+2U(2); 6) Gk(5)Gt1+2+(2)Ch(9)+1U1;
7) Og3+3Ch3+3U(3); 8) Gk(5)Gt(5)Ch5U1; 9) Gk5Gt5Ch∞U∞
A) 3, 6, 8 B) 1, 5, 9 C) 2, 3, 7 D) 4, 5, 9
46. Ayollar aralash bez hujayralarida glitserin va yog‘
kislotalaridan (a) va aminokislotalardan (b)
sintezlanuvchi tuzilmalarni aniqlang.
1) insulin; 2) esterogen; 3) pepsin; 4) androsteron;
5) amilaza; 6) lipaza
A) a-2, 6; b-1, 3 B) a-2; b-1, 6
C) a-6; b-1, 5 D) a-2, 4; b-3, 5
47. Mangust va langustning o'zaro munosabati (a) va drosera
va dreysenaning atrof muhit bilan munosabatini (b)
ekologiyaning qaysi bo'limi o'rganadi?
A) a-autekologiya; b-autekologiya
B)
a-sinekologiya; b-sinekologiya
C) a-autekologiya; b-sinekologiya
D) a-sinekologiya; b-autekologiya
48. To'la (a) va chala (b) rivojlanadigan mimikriya (I) va
maskirovka (II) hodisasi kuzatiladigan umurtqasizlarni
aniqlang.
1) belyanka; 2) oddiy ari; 3) ko'lbuqa; 4) odimchi qurt;
5) amerika suviloni; 6) «xonqizi» qo‘ng‘izi;
7) oynasimon kapalak; 8) suvarak; 9) kallima;
10) baqachanoq; 11) beshiktervatar; 12) chupchik;
13) g‘o‘ng‘illovchi
pashsha
A) I-a-1, 9; b-8, 11; II-a-10; b-3, 12
B) I-a-6, 7; b-5, 8; II-a-9, 10; b-11, 12
C) I-a-7, 13; b-8; II-a-9
D) I-a-2, 7; b-8; II-a-4