O'sishi va rivojlanishi. Hayvonlaming o'sishi va rivojlanishi ular hayotining dastlabki davrlariga to'g'ri keladi. Tana terisi yumshoq bo'lgan hayvonlaming o'sishi to'xtovsiz, deyarli bir me'yorda boradi. Qisqichbaqalar, o'rgimchaklar, hasharotlar, sudralib yuruvchilar va boshqa bir qancha hayvonlar tanasi o'sishiga to'sqinlik qiluvchi qattiq po'st bilan qoplangan. Shuning uchun bu hayvonlar eski qattiq po'stini tashlagandan keyin to yangi po'sti qotib, o'sishga to'sqinlik qilguncha o'sishda davom etaveradi.
Zoologiya sistemasi. Hayvonot olami bir — biridan farq qiladigan juda ko'p sistematik guruhlarga bo'linadi. Bu guruhlar ular tuzilishining o'xshashligi va qarindoshligiga qarab tuzilgan. Hayvonlarda ham eng kichik asosiy sistematik guruh tur hisoblanadi. Bir turga mansub organizmlarning tuzilishi va hayot kechirishi o'zaro o'xshash bo'lib, tabiatda ma'lum bir maydon chegarasida tarqalgan bo'ladi. Ular o'zaro oson chatishib, serpusht nasl beradi. Har xil turga mansub organizmlar esa chatisha olmaydi yoki chatishganida ham nasli pushtsiz bo'ladi.
Tur barcha tirik organizmlar sistemasining negizini tashkil etadi. Eng yaqin turlar urug'larga birlashtiriladi. Ilmiy sistemada tur ikki nom — urug'ning va tuming nomi bilan ataladi. Urug'lar oilalarga, oilalar turkumlarga, turkumlar esa sinflarga birlashtiriladi. Hayvonlar sistemasidagi eng katta guruh tip hisoblanadi. Masalan, it, bo'ri va qashqir itlar urug'iga; mushuk va yo'lbars mushuklar urug'iga birlashtiriladi. Mushuklar urug'i silovsinlar urug'i bilan birga mushuksimonlar oilasini, bu oila esa boshqa bir qancha oilalar bilan birga yirtqichlar turkumini tashkil etadi. O'z navbatida yirtqichlar ham boshqa turkumlar bilan birga sutemizuvchilar sinfini; bu sinf qushlar, sudralib yuruvchilar va boshqa sinfiar bilan birga xordalilar tipini tashkil etadi.
Tip — eng oliy sistematik kategoriya. Har bir tipga kiruvchi guruhlar umumiy tuzilishi bo'yicha boshqa tipdagilardan farq qiladi.
Hozirgi kunda dunyo miqyosida hayvonlaming 2 mln dan ortiq turi mavjud va hayvonot olami 25 ga yaqin tiplarga bo'linadi. Shu bilan birga, barcha hayvonlar umurtqa pog'onasi bo'lishi yoki bo'lmasligiga ko'ra shartli ravishda umurtqasiz va umurtqali hayvonlarga bo'linadi. Barcha umurtqalilar xordalilar tipiga kiradi. Bundan tashqari, tanasining tuzilishiga ko'ra hayvonot olami bir hujayralilar va ko'p hujayralilar kenja olamiga bo'linadi. O'zbekistonda umurtqasiz hayvonlaming 15 mingdan ortiq turi va umurtqali hayvonlaming 677 turi aniqlangan.
7
www.ziyouz.com kutubxonasi
Test topshiriqlariga javob bering
Zoologiya fanlari va ular o'rganadigan ob’yektlar qaysi javobda to'g'ri juftlab koTsatilgan?
1 — embriologiya, 2 —etologiya, 3 — zoogeografiya, 4 —entomologiya, 5 —ixtiologiya, 6 — teriologiya; a — hayvonlar turq — atvori, b — hayvonlar tarqalishi, d — sut emizuvchilar, e—hayvonlar rivojlanishi, f—hasharotlar, g — baliqlar.
1 e, 2 a, 3 b, 4 f, 5 d, 6 g;
1 a, 2 g, 3 d, 4 f, 5 b, 6 e;
1 e, 2 a, 3 b, 4 f, 5 g, 6 d;
1 e, 2 g, 3 f, 4 a, 5 d, 6 b;
1 f, 2 e, 3 b, 4 d, 5 a, 6 g.
Qaysi javobda hayvonlar to'qimalari ko'rsatilgan?
a —epiteliy, b — biriktiruvchi, d —hosil qiluvchi, e —o'tkazuvchi,
I — muskul, g —mexanik, h — nerv, i —assimilyatsiya.
a, b, f, h;
a, e, f, h;
b, f, h, i;
d, e, h, i;
e, f, g, i;
Qaysi javobda biriktiruvchi to'qima xillari va ularning funksiyasi juftlab ko'rsatilgan?
1 —yog' to'qimasi, 2 —qon, 3 —tig'iz to'qima; a —tayanch,
b —kislorod tashish, d —zaxira oziq to'plash.
1 b, 2 a, 3 d;
1 d, 2 b, 3 a;
1 d, 2 a, 3 b;
1 b, 2 d, 3 a;
1 a, 2 d, 3 b.
Hayvonlar sistematik guruhlarini eng yirigidan boshlab tartib bilan ko'rsating.
a —urug', b —tur, d —tip, e —turkum, f —sinf, g —oila.
a, f, q, d, e, b;
b, g, d, f, a, e;
d, f, e, g, a, b;
d, f, g, e, a, b;
b, f, g, e, a, b.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Qaysi hayvonlar boshqa organizmlar hisobidan oziqlanadi?
Bir hujayralilar;
Ko'p hujayralilar;
Parazitlar;
Yirtqichlar;
Barcha hayvonlar.
O'zbekiston zoolog olimlari va ularning zoologiya tarmoqlari bo'yicha xizmatini juftlab ko'rsating?
1—Zohidov, 2 — Muhammadiyev, 3 —Olimjonov, 4 —To’laganov,
5 — Sultonov, 6 — Alimuxamedov.
A — zoogelmintologiya;
В — fitogelmintologiya;
D — gidrobiologiya;
E — entomologiya;
F — Qizilqum hayvonlari ekologiyasi;
S — zararkunanda bo'g'imoyoqlilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
BIR HUJAYRALI HAYVONLAR. SARKOMASTIGOPHORALAR (SARCOMASTIGOPHORA) TIPI
Bir hujayrali hayvonlaming tanasi bitta hujayradan tashkil topgan, ko'pchiligi mikroskopik kattalikdagi organizmlardir. Hamma hujayralar singan bir hujayralilar ham hujayra qobig'i, sitoplazma va uning ichida joylashgan bitta yoki bir nechta yadro va boshqa organoidlardan tashkil topgan. Lekin bir hujayralilar tirik organizmlar uchun xos bo'lgan mustaqil moddalar almashinuvi, harakatlanishi, ta'sirlanish va ko'payish xususiyatiga ega bo'lishi bilan ko'p hujayralilarning alohida olingan bitta hujayrasidan farq qiladi.
Bir hujayralilar sitoplazmasi ikki qavatdan iborat. Sitoplazmaning tashqi tiniq qavati ektoplazma, ichki donador qavati endoplazma deb ataladi. Hamma hujayra organoidlari ana shu endoplazmada joylashgan. Bir hujayrali hayvonlar hamma tirik organizmlar kabi erkin harakatlanish, ta'sirlanish, oziqlanish va ko'payish xususiyatiga ega. Bir hujayralilarga 40 mingga yaqin tur kirib, ular sarkomastigoforalar, sporalilar, infuzoriyalar va boshqa tiplarga bo'linadi.
Sarkomastigophoralar tipiga mansub hayvonlar soxta oyoqlar yoki xivchinlar yordamida harakatlanadi. Ular dengizlarda va chuchuk suv havzalarida, tuproqlarda hayot kechiradi. Shuningdek, ular orasida turli hayvonlar va odam organizmida parazitlik qilib og'ir kasalliklami keltirib chiqaradigan turlari ham bor. Bu tipga 18000 ga yaqin tur kiradi. Saromastigopxoralar tipi sarkodalilar va xivchinlilar sinfiga bo'linadi.
Sarkodalilar (Sarcodina) sinfi
Do'stlaringiz bilan baham: |