O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA
MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat
pedagogika universiteti
S. DADAYEV, O. MAVLONOV
ZOOLOGIYA
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim
vazirligi tomonidan pedagogika oliy o'quv yurtlari
«Agronomiya», «Kimyo va ekologiya» ta'lim
yo'nalishlari talabalari uchun darslik
sifatida tavsiya etilgan
Toshkent
«IQTISOD-MOLIYA»
2008
www.ziyouz.com kutubxonasi
28.6
Taqrizchilar: biologiya fanlari nomzodi, dotsent O.N. Haydarova biologiya fanlari nomzodi, professor S.T. To'ychiyev
Dadayev Saydulla.
D15 Zoologiya: Pedagogika oliy o'quv yurtlari "Agronomiya", "Kimyo va ekologiya" ta'lim yo'nalishlari talabalari uchun darslik/
S. Dadayev,O. Mavlonov; O’zR oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika un-ti. —
T. :"IQTISOD-MOLIYA" 2008, 184 b.
I. Mavlonov Ochil
Ushbu darslikda zoologiyaning rivojlanish tarixi, vazifalari, hayvonlar hayotining asosiy xususiyatlari qisqacha yoritilgan bo'lib, hayvonlaming tuzilishi, ko'payishi, rivojlanishi va yer yuzida tarqalishi, ular tuzilishining murakkablashib borishi tartibida ochib berilgan. Darslikda yer yuzida keng tarqalgan, mahalliy sharoitda ko'proq ahamiyatga ega bo'lgan hamda noyob va muhofaza qilinishga muhtoj bo'lgan hayvon turlariga asosiy e'tibor beriladi.
Darslik biologiya ixtisosligiga ega bo'lmagan bakalavr yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan. Umumiy o'rta ta'lim maktablari o'qituvchilari va akademik litsey o'quvchilari ham zoologiyadan olgan bilimlarini kengaytirish maqsadida ushbu darslikdan foydalanishlari mumkin.
BBK 28.6a73
ISNB 978-9943-13-061-6 © “1QTISOD —MOLIYA" 2008
© S. Dadayev, O. Mavlonov, 2008
www.ziyouz.com kutubxonasi
MUQADDIMA
O'zbekiston mustaqil milliy demokratik rivojlanish yo'liga o'tishining dastlabki yillaridanoq yuksak madaniyat va ma'naviyatga ega bo'lgan insonni tarbiyalash hamda ta'limni jahon andozasi darajasiga yetkazishga katta e'tibor berilmoqda. "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" hamda "Ta'lim — tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to'g'risida"gi Farmonning qabul qilinishi ham ana shu maqsadni ko'zlaydi.
O'lkamiz tabiatini, o'simlik va hayvonot dunyosi boyliklarini o'rganish, kamol topayotgan barkamol avlodni yuksak madaniyatli, chuqur bilim egasi qilib tarbiyalashda, unda milliy iftixor tuyg'usi va vatanparvarlik hissini uyg'otishda katta ahamiyatga ega. Hayvonlar tabiatda va inson hayotida benihoya katta ahamiyatga ega bo'lib, ulami zoologiya fani o'rganadi.
Zoologiya fanining rivojlanishiga Vatanimiz olimlari ham katta hissa qo'shishgan. Hayvonlar hayoti to'g'risidagi ma'lumotlar buyuk vatandoshimiz Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" shoh asarida ham o'z o'mini topgan. XX asrda zoologiya sohasida olimlarimiz olib borgan tadqiqotlar rishta, bezgak, leyshmaniya kabi xavfli parazitlami tugatishga imkon berdi. O'zbekistonlik olimlardan D.N. Kashkarov hayvonlar ekologiyasi; T.Z. Zohidov va O.P. Bogdanov umurtqali hayvonlar; A.M. Muhammadiyev, A.T. To'laganov, J.A. Azimov, S.N. Alimuhamedov, R.O. Olimjonov, V.V. Yaxontov umurtqasiz hayvonlar to'g'risida yirik asarlar yaratishgan.
Zoologiyani o'rganish uchun talabalar tirik tabiat va uning tarkibiy qismlari bo'lgan o'simliklar va hayvonlar to'g'risida akademik litsey dasturi hajmida bilimlarga ega bo'lishlari kerak. Zoologiya sohasida olingan ma'lumotlar kelgusida talabalarga tabiiy fanlami chuqurroq egallashga yordam beradi.
3
www.ziyouz.com kutubxonasi
HAYVONLARNING TUZILISHI VA HAYOT KECHIRISHI
Hayvonlar organizmining tuzilishi
Zoologiya fani. Zoologiya so'zizoon — hayvonva logos — ta'limot, ya'ni fan degan ikkita grekcha so'zdan kelib chiqqan. Bu fan hayvonot olamining xilina — xilligi, tuzilishi, hayvonlaming xulq — atvori, ko'payishi, rivojlanishi, geografik tarqalishi va kelib chiqishini, shuningdek, ulaming tabiatdagi va odam hayotidagi ahamiyatini o'rganadi.
Hayvonlarni turli jihatdan o'rganish mumkin. Shuning uchun ham zoologiya juda ko'p ayrim fanlarga ajralib ketadi. Hayvonlaming tuzilishi va hayotiy belgilarining o'xshash bo'lishi yoki bo'lmasligiga qarab guruhlarga bo'linishini sistematika; tashqi va ichki tuzilishini morfologiya va anatomiya; embrional rivojlanishini embriologiya; atrof — muhit bilan munosabatini ekologiya; xulq — atvorini etologiya; yer yuzida tarqalishini zoogeografiya, qirilib ketgan hayvonlarni paleozoologiya, hayvonlar organizmida boradigan jarayonlami fiziologiya o'rganadi. Zoologiya ayrim sistematik guruhlar bo'yicha ham fanlarga ajratiladi. Masalan, protozoologiya bir hujayrali hayvonlar, entomologiya hasharotlar, ixtiologiya baliqlar, omitologiya qushlar, teriologiya sut emizuvchilami o'rganadi. Hayvonot olamining ayrim tipian, sinflari va turkumlarini ham yuqorida qayd qilingan fanlar nuqtai nazaridan o'rganish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |