Reja: Fitotsenologiya haqida tushuncha



Download 20,32 Kb.
bet1/2
Sana23.04.2022
Hajmi20,32 Kb.
#575787
  1   2

O’zbekistonda fitotsenologiya (geobotanika) fanining rivojlanishi

Reja:


  1. Fitotsenologiya haqida tushuncha

  2. O`zbekistonda geobotonika fanining rivojlanish tarixi

  3. Fitotsenologiya fanining rivojlanish bosqichlari


Fitotsenologiya (yunoncha fiton – o’simlik, kaynos – umumiy), fitotsenologiyaning sinonimi geobotanika (yunoncha geo – yer, botanike – o’simlik), ya’ni yer yuzidagi o’simliklar uyushmasi (jamoasi) to’g’risidagi ta’limot. Bu ta’limot 1918 yilda Goms tomonidan taklif qilingan. U botanika va geografiya fanining ajralmas qismi bo’lib, o’simliklarning yer yuzida tarqalishi va rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi.
Fitotsenologiya botanika fanining muhim tarmog’i bo’lib, o’simliklar qoplamini, uni tur tarkibi, tuzilishi, funktsiyasi, tarqalishi, iqlim-sharoitiga qarab ularni o’zgarishi hosildorligi va boshqalarni o’rganadi. Uning ob’ekti bo’lib fitotsenoz (o’simliklar qoplami) sanaladi, qaysiki u muhit va muhit omillari ta’sirida yuzaga keladi, shakllanadi va o’zgaradi.
Fitotsenologiya fanining predmetini fitotsenoz (o’simliklar qoplami, jamoasi) uning kelib chiqishi, shakllanishi, tarkibi, funktsiyasi, o’zgarish qonuniyatlari va boshqalar tashkil qiladi.
Fitotsenozlarni dastlabki paydo bulishi degan savolga kuyidagicha javob yozilishi mumkin. Yer yuzida dastlab bir xujayrali organizmlar paydo bulgandan sung ulardan koloniya xolda yashovchi ko’p xujayrali tuban organizmlar xosil bulgandir. SHunday kilib bir xujayrali suv bakteriya, zamburug’lardan tortib tarakkiyotni eng yuksak boskichida turgan yopik urug’li yoki gulli o’simliklar tipining vakillari uzok evolyutsion tarakkiyoti davomida tip vakillari keltirib chikkandir. Yerda xayot paydo bulgandan xozirgacha ko’p o’simlik turlari uilb yukolib ketgan va ko’plari uzgarib yangi belgilari paydo bulgan. SHuning uchun olimlar o’simliklar turlarini kaysi joylarda paydo bulganligiga kara busha joyni usha o’simlikni markazi deb xisoblaydi.
Fitotsenologiya va geobotanikaning tarixi, qadim zamonlarga va umumiy botanika tarixiga borib taqaladi.
Ma’lumki o’simliklar geografiyasi fanining paydo bo’lishi 1805 yilda Gumboldning “O’simliklar geografiyasining ideyallari (g’oyalari)” asaridan boshlanib, uni ayrim qismlari geobotanikaning tug’ilishiga ham ta’sir ko’rsatgan. Keyinroq XVIII asrda bu fan tarqqiy eta boshlaydi. M.V.Lomonosov qora tuproqning (chernozem) kelib chiqishida o’simlik qoldiqlarining roli, Byuffon esa turlarning almashib turishini aytadi. Bu jarayonga yorug’lik va soyaning ta’siri bor ekanligini eslatadi.
Alohida geobotanika usullarini qo’llash ishlari 19 asrda rivoj topdi. Birinchi marta SHveytsariyada Xeer (1835 yilda) bir joy o’simliklar qoplamini xarakterlab yozadi.
Rossiyada birinchi marta geobotanik ish 1837 yilda Titsman tomonidan bajariladi. U Rossiya dashtlari o’simliklar qoplamini yozadi (probnaya ploshadki)–tajriba maydonini o’simliklarini va profilini yozadi (profil o’simliklari maydonda, relefda joylanishi).
Kanies va o’simliklar mahsuldorligini birinchi marta tarozi usulida o’rganadi.
O’tgan asrning 60 yillarida kapitalizmning taraqqiyoti bilan bizga taniqli olimlarning yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi. Taniqli rus olimlari K.A.Timiryazev, I.M.Sechenov, I.M.Mechnikov va boshqalar fanga keng ko’lamda yangiliklar yaratdilar.
Birinchi rus geobotaniklardan F.I.Ruprextni, I.CH.Bortsevni misol tariqasida keltirish mumkin. CHorizm kapitalistlarini qadim zamonlardanoq O’rta Osiyodagilarni qiziqtirgan. SHunday ekspeditsiyalardan birini Rossiya FA 1857-1858 yillarda tashkil qiladi. Bu ekspeditsiya Orol dengizi va Sirdaryo dengizi havzasini o’rganish uchun tashkillanadi. 1865 yilda ushbu ma’lumotlar “Orol-kaspiy dengiz havzasining o’simliklar geografiya” nomi bilan chop etiladi. Bu asarda cho’l, dasht, qumlardagi o’simliklar qoplamlari yoziladi. Bortsev bu asarida o’simliklar formatsiyasi tushunchasiga asos soladi, deydi. Ushbu asarida Bortsev o’simliklar hayotini tashqi muhit tuproq qatlamlari va iqlim bilan bog’laydi. 1866 yilda Puroxtning “qora tuproqlarda (chernozem) geobotanik tadqiqotlar” degan asari paydo bo’ladi. Bu asarda Ruproxt birinchi marta geobotanika terminini qo’llaydi.
O‘simliklar jamoasi lotin tilida “Fitotsenoz”, hayvonlar jamoasi esa “Zootsenoz” deb ataladi. Fitotsenoz bilan zootsenoz birgalikda umumbiologik tushuncha – biotsenozni tashkil qiladi, ya’ni tirik organizmlar jamoasi degan ma’noni bildiradi. Yer sharida mavjud bo‘lgan barcha tirik organizmlar ma’lum munosabatda bo‘lib qolmasdan tashqi muhit, ayniqsa, iqlim va tuproq muhiti bilan vositali yoki vositasiz munosabatda bo‘ladi. Bunday munosabatlarni o‘rganuvchi soha Biogeosenologiya deyiladi. Biogeotsenoz haqidagi tushunchani birinchi bo‘lib Sukachev 1944-yil fanga kiritgan.
Geobotanika oldida turgan muhim vazifalardan biri o‘simliklar qoplamini ahamiyatini aniqlash, tabiiy resurslarni o‘rganish, ularni geobotanik xaritaga tushurish va bu resurslardan oqilona foydalanib, o‘zgartirish yo‘llarini ilmiy asosda o‘rganishdan iboratdir.
Tabiatda o‘simliklar jamoasi, uning strukturasi, tuzilishini, hayotiy shart-sharoitlarini va tarqalish qonuniyatlarini o‘rganish gеobotonik tеkshirishlar dеyiladi. O‘simliklar jamoasini bеlgilashga V. N. Sukachеv birinchi bo‘lib aniqlik kiritgan. Uning aytishicha, o‘simlik jamoasi (fitotsenoz) ‒ bu o‘simliklar yig‘indisi bo‘lib, birgalikda bir xil tеrritoriyada o‘sib, ma’lum bir tarkibni ifodalovchi, uning tuzilishi, o‘simliklarni bir-biri bilan birga muhit sharoitlari bilan xarakterlanadi. Bu o‘zaro bir-biriga bo‘lgan munosabat xarakteri, bir tomondan, hayotiylik, boshqacha aytganda, ekologik, o‘simlik xususiyatlari, tuproq, inson va hayvonlar ta’siri bilan aniqlanadi. Aniq jamoalar (fitotsenoz), zootsеnoz va gеomuhitlardan iborat murakkab biogеotsеnozni hosil qiladi. O‘simliklar jamoasi xilma-xil bo‘lgani uchun ham ularning ko‘pchiligi juda murakkab tuzilgandir.

Download 20,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish