Qushlarning tashqi tuzilishi va pat qoplamini o’rganish. (Laboratoriya mashg’uloti) Zoologiya 7 sinf
Dars ishlanmalari
September 13, 2010
Ta’limiy maqsadi: O’quvchilarda qushlar pat qoplamini o’rganish orqali qushlarning tashqi tuzilishi va hayot kechirishining tashqi muhit bilan bog’liqligi, sudralib yuruvchilar o’rtasidagi farqi va o’xshashliklarini o’rganish orqali bilim ko’nikmalarini xosil qilish.
Tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarga darsdan olgan bilim va ko’nikmalari orqali qushlarni muhofaza qilish, ko’paytirish va ularga bo’lgan muhabbatlarini oshirish.
Rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarda qushlarni mustaqil kuzatish va ish bajarish ko’nikmalarini mustahkamlash.
Darsning jihozlari: mikroskop, lupa, qushlarning ichki tuzilishi barelyef modeli, kaptar skeleti, “Qush patlari” kolleksiyasi, “Qushning ichki tuzilishi” ho’l preparati, qushlar skeletining tarqatma materiali, kompyuter slaydlari va videolavhalar.
Darsning turi: Laboratoriya mashg’uloti
Darsning usuli: Iinterfaol yangi pedagogik texnologiyadan va metodlardan foydalanib, guruhlarda bolalarga do’stona munosabatda hamkorlikda ishlash;
Darsning borishi:
I. Darsni tashkillash.
Sinf o’quvchilari bilan salomlashish, navbatchi hisobatini eshitish, o’quvchilarni darsga tayyorgarligini, dars jihozini tekshirish, milliy g’oyani singdirish, bahor fasli haqida suhbatlashish.
II. Ma’naviyat daqiqasi
O’qituvchi: O’quvchilar quyidagi savollarga javob beringchi:
(ekranda quyidagi savollar ketma ket namoyon bo’ladi va o’qituvchi o’quvchilar bergan javoblarni baholab rag’batlantirib boradi.)
Savollar.
1. 2010 yil yurtboshimiz I. A. Karimov tomonidan qanday nomlandi ?
2. Vatan bu- ?
3. Yurtboshimizni hozirgacha qancha acarlari chop etilgan ?
4. Yurtboshimizni ma’naviyatni asos qilib olgan asarlari ?
5. Ma’naviy meroslarimiz?
6. Oyning muhim sanalarini ayting-chi?
Ishni bajarish tartibi
1. Qushning tashqi ko’rinishi, yoyilgan qanotlari va dum qismlari bilan tanishib chiqiladi.
2. Qushning tanasi bo’limlari aniqlanadi va sudralib yuruvchilar o’rtasidagi farq tahlil qilinadi.
3. Qushning havoda uchishga moslashganligi, tana tuzilishi, barcha hayvonlardan farqli ravishda – tashqi pat qatlami, dum va qanotlariga e’tibor qaratiladi.
4. Qushlarning tashqi tuzilishiga nisbatan kichik, yumaloq tuzilishga ega bo’lgan boshi, oldingi cho’zilgan birmuncha uzun (muguz g’ilof bilan qoplangan) ingichka tumshug’i, yuqori tumshuq usti va pastki tumshuq ostki qismlari ко’rib chiqiladi.
5. Qush tanasining uzun bo’yin, tana qismlari ko’rib chiqiladi va unda qanday organlar joylashganligi, bu organlarning qushlar xayotida qanday ahamiyatga ega ekanligi, tuzilishiga qarab o’rganiladi.
6. Qush tana tuzilishining havoda uchishga moslashganligi, oldingi oyoq va qanotlariga e’tibor qaratiladi. Qushning qanotlarini yozib havoda o’zini tutib turishida hosil bo’ladigan yuzasi ko’rib chiqiladi.
7. Qushning tayanib yurishga moslashgan orqa oyoqlarining pastki qismi va tirnoqli barmoqlari muguz tangachali dag’al teri bilan qoplanganligiga e’tibor qaratiladi.
8. Qushning tanasi, qanoti va dumidagi kontur (qoplovchi) patlari ko’rib chiqiladi. Ularni ingichka qattiq ichi kovak o’zagi (pat o’qi) va uning ikki tomonida keng, birmuncha yumshoq yelpig’ich patlari topiladi va ularni bir nechta joydan ajratib keyin barmoq bilan tutashtirib ko’riladi.
9. Mikroskop yordamida pat yelpig’ichida birinchi tartib va ularga qo’shilgan ikkinchi tartib (ilmoqchali) o’simtalari ko’rib chiqiladi.
10. Lupa yordamida kontur va par patlarining o’zaro tuzilishi o’rganiladi va funksiyalari bir-biriga taqqoslanadi.
11. Qushning qanoti va dumi yoyilgan holda ko’rib chiqiladi, asosan ularning uchish sathi, yengillik va mustahkamlik berishiga e’tibor qaratiladi. Bu nima bilan bog’liq ekanligi muhokama qilinadi.
12. Qushlar qanoti yerda hayot kechiruvchi umurtqalilarning oldingi oyoqlari bilan solishtirib ko’riladi, o’xshash bo’lgan qismlari belgilanadi.
13.Qushlar oyoqlari tashqi tomondan nima bilan qoplanganligi, nechta barmoqlari borligi, barmoqlarning nima bilan tugallanganligi va qaysi hayvon bunday tuzilishga ega ekanligi taqqoslanadi.
14.Laboratoriya ishi yakunida qushlarning tashqi tuzilishini o’rganish jarayonida aniqlangan o’ziga xos xususiyatlari umumlashtirilib, uchishga moslashuvini ko’rsatgan holda xulosalar chiqariladi va daftarga yozib olinadi.
Kaptarning tashqi tuzilishi:
1- bosh; 2 – bo’yin; 3 – qanot; 4 – dum; 5 – ustki tumshuq; 6 – ostki tumshuq;7 – til; 8 – burun teshigi; 9 – quloq teshigi; 10 – barmoqlar; 11 – iIik.
Kaptar qanotining tuzilishi:
1 – yelka suyagi; 2 – bilak suyagi; 3 – panja suyaklari; 4 – muskullar; 5 – birinchi tartib qoqish patlari; 6- ikkinchi tartib qoqish patlari.
Qush patining tuzilishi:
А – qoqish pati; В – kontur qoplag’ich pat. D – par: 1 – qalam uchi; 2 – birinchi уа ikkinchi tartib o’siqchalar; 3 – o’zak.
Kaptar skeleti:
I – bosh; 2 – ustki tumshuq; 3 – ostki tumshuq; 4 – bo’yin umurtqalari; 5 – yelka; 6 – ko’krak umurtqalari; 7 – o’mrov; 8 ko’krak tirgak; 9 – to’sh; 10 – to’sh toji; 11 - boldir; 12 – son; 13 – iIik; 14 oyoq panja; 15 – barmoqlar; 16 – chanoq; 17 qanot panjasi; 18 – bilak;19 – qovurg’alar; 20 dum umurtqalari.
Кaptarning hazm qilish, ayirish va nafas olish sistemasi:
1 – og’iz bo’shlig’i; 2 – jig’ildon; 3 – qizilo’ngach; 4 – oshqozon; 5 – oshqozonosti bezi; 6 – kloaka; 7 – buyrak; 8 – kekirdak; 9 – о’рka; 10 - havo xaltasi; 11 - jigar.
Kaptarning qon aylanish sistemasi vа yuragining tuzilishi:
1 – yurak; 2 – o’pka; 3 – kichik qon aylanish doirasi; 4 – katta qon aylanish doirasi; 5 – o’ng yurak bo’lmasi; 6 – o’ng yurak qorinchasi; 7 – chap yurak bo’lmasi; 8 – chap yurak qorinchasi; 9 – aorta; 10 – o’pka arteriyasi; 11 – vena; 12 – о’рka venasi.
O’qituvchi: O’quvchilar siz ko’rgan va olgan nazariy bilimlaringiz asosida quyidagi topshiriqlarni bajaring.
1-topshiriq: Qushlarning tashqi tuzilishi pat qoplami va skeleti qismlari
№
Tana bo’limlari
Tuzilishi
Vazifasi
2-topshiriq: Qushlar va sudralib yuruvchilar tashqi tuzilishini taqqoslang
№
Tashqi tana tuzilish belgilari
Qushlar
Sudralib yuruvchilar
Nazorat uchun savollar:
1. Qush tanasining qaysi skelet suyaklari bir-biriga o’zaro harakatsiz birikkan?
2. Qush tumshug’i tuzilishi kaltakesak jag’ tuzilishidan nimasi bilan farq qiladi?
3. Qush tanasi qaysi qismi tangachalar bilan qoplangan?
4. Qush oyoqlarida nechtadan barmoqlar bo’ladi?
5. Qush tanasidagi qanoti va patlari qanday vazifani bajaradi?
6. Qoplagich parlar qanday vazifani bajaradi?
7. Qushlarning havoda uchishga moslashganligi tufayli suyaklarining tuzilishida qanday o’zgarishlar sodir bo’lgan.
8. Nima sababdan qushlarning suvda yashaydigan turlarida momiq parlari yaxshi rivojlangan?
Xulosa.
O’quvchilarga elektron darslardan foydalanib, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish o’quvchilar uchun qiziqarli, bajargan va qilinadigan ishlar harakatli va jonli bo’lib, ularni darsni o’zlashtirishlari bir muncha yuqori bo’ladi.
Uyga vazifa:
Atrofimzdagi qushlar va ularning yashash sharoitlari va tana va tashqi tuzilishlarini o’rganib, rasmini chizib kelish.
Muallif:
Uchqo’rg’on tumani XTB ga qarashli 43-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan maktabi biologiya fani o’qituvchisi, xalq ta’limi a’lochisi Latipova Maxmudaxon
Do'stlaringiz bilan baham: |