Республика илмий-амалий масофавий онлайн конференцияси



Download 27,87 Mb.
bet316/409
Sana25.02.2022
Hajmi27,87 Mb.
#276065
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   409
Bog'liq
ТЎПЛАМ SAYT

Адабиётлар рўйхати:
1.Каримов И.А. Баркамол авлод – Ўзбекистон келажагининг пойдевори. –Т.: Ўзбекистон, 1997.
2.Карнеги Д. Как завоевать друзей и оказывать влияние на людей. – М., 1990.
3. Кузьмин Е.С. Волков, И.П.Емельянов Ю.Н. Руководитель колектив. -Л.:, 1974. С. 98-99.
4. Академик лицей ва касб-ҳунар коллежлари учун меъёрий ҳужжатлар. - Тошкент. 2005 й


INFORMATIKA FANINI HOZIRGI KUNDAGI O’RNI VA AHAMIYATI. PISA XALQARO TA’LIM SIFATINING BAHOLASHDAGI O’RNI
Shermatova Zuhraxon Asqarovna Farg’ona viloyati
Yozyovon tumani 16 – sonli maktabning Informatika o’qituvchisi
“Mamlakatimiz o’z taraqqiyotining yangi davriga qadam qo’ygan hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasini 2017 – 2021 – yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha sohalarda keng ko’lamli o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Ana shu islohotlarning muvaffaqiyati, mamlakatimizning dunyodagi rivojlangan, zamonaviy davlatlar qatoridan munosib o’rin egallashi, avvalo, ilm – fan va ta’lim – tarbiya sohasining rivoji bilan, bu borada bizning dunyo miqyosida raqobatdosh bo’la olishimiz bilan uzviy bog’liq…”
Milliy markazga hukumat qarori asosida, xalqaro tadqiqotlarning baholash dasturlari yo’nalishlaridagi savollar milliy bazasini shakllantirish, xalqaro tadqiqotlar haqida qo’shimcha metodik qo’llanma va adabiyotlar yaratish, iqtidorli pedagog kadrlarni xalqaro baholash dasturlari bo’yicha ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish vazifalari yuklatildi. Ta’lim sifatini baholashga yo’naltirilgan PISA kabi baholash dasturlari O’zbekiston ta’lim tizimi uchun ilk marta o’tkazilayotganligi sabab ularni shaffof va obyektiv o’tkazish soha xodimlari zimmasiga yuksak mas’uliyat yuklaydi. Bu borada pedagog kadrlarning xalqaro tadqiqotlar haqidagi tasavvurlarini boyitish, shu orqali ta’lim sifatini oshirishga hissa qo’shish maqsadida metodik qo’llanmalar tayyorlandi.
PISA – o’quvchilarning o’qish ( matnni tushunish), matematika va tabiiy fanlardan savodxonlik darajalarini baholashga qaratilgan xalqaro baholash dasturi bo’lib, o’quvchilarning maktab davrida orttirgan bilim va ko’nikmalarini real hayotiy vaziyatlarda qay darajada qo’llay olishlarini aniqlashga mo’ljallangan. Shuningdek, PISA dasturi o’quvchilarning ta’lim olishga bo’lgan munosabati va motivatsiyasi haqida qimmatli ma’lumotlarni to’plash bilan birga, ularda muammoni hal qila olish kabi ko’nikmalarni ham baholaydi.
Barcha fanlarda bo’lgani informatika fanini o’rni hozirgi eng muhim fanlardan bo’lib hisoblanadi. Informatika fani o’quvchilarga kompyuter texnologiyalardan foydalanish uning xususiyatlari haqida o’rgatadi. PISA bo’yicha ham eng muhimi kompyuter va internetdan tez va qulay foydalanishni bilishi kerak. Informatika fani har bir o’quvchi, har bir fan, har bir o’qituvchi uchun judayam bilishi kerak bo’lgan fan hisoblanadi.
Axboroy kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanayotgan bugungi kunda informatika fanining rivoji va istiqbollari, bu fan oldida turgan dolzarb masalalar haqida o’quvchilarga o’z vaqtida ma’lumot yetkazish, bilim berish zamonaviy fan o’qituvchilari, ilmiy izlanuvchan olimlarning muhim vazifalaridir. Sababi fan shunchalik shiddat bilan rivojlanmoqdaki, agar bu bilimlar bugun o’quvchilarga yetkazilmasa, ertaga eskirgan ma’lumotga aylanib qolishi hech gap emas. Shunday muhim vazifalarni amalga oshirishda ta’lim muassasalarida o’tkaziladigan ilmiy – amaliy anjumanlar ham muhim ahamiyat kasb etadi.
“Axborot texnologiyalari” iborasidagi “texnologiya” so’zi lotincha “thexnos” – san’at, hunar, soha va “logos” - fan degan ma’noni anglatadi.
Lotin tili – hind – yevropa tillari oilasining Italiya tillari guruhiga mansub, Italiyaning o’rta qismidagi Latsiy viloyatida miloddan avvalgi VIII – asrda yashagan lotin qabilasining tili. Lotin tilining asta – sekin Rim hududidan tashqariga tarqalgan.
Ya’ni texnologiya – biror vazifani bajarishda uning turli xil usullari ko’rinishini bildiradi. Axborot texnologiyalari axborotlarni yig’ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash usul va vositalari majmuidir. Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivijlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud bo’lib, ularni quyidagicha tavsiflash mumkin:
Ichki omillar – bu axborotlarning paydo bo’lishi ( yaratilishi ), turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash. Tashqi omillar – bu axborot texnologiyasining texnik – uskunaviy vositalar – orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi.
Harakat – borliqni ajralmas xususiyati bo’lgan o’zgaruvchanlikni ifodalovchi falsafiy kategoriya. Harakat tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, ro’y berayotgan hodisalarni, olamning beto’xtov yangilanib borishini aks ettiradi.
Siz biror ma’lumot haqida boshqa bir viloyat (respublika, qit’ada) yashovchi o’rtog’ingiz bilan fikr almashmoqchisiz deylik. Buni turli yo’llar orqali amalga oshirishingiz ( o’z navbatida, o’rtog’ingiz ham sizga javoban) quyidagi usullar orqali yetkazishingiz mumkin:

  1. Aloqa bo’limi orqali ( yozma ravishda )

  2. Telefon tarmoqlari orqali (og’zaki)

  3. Zamonaviy telekommunikatsiya vositalari orqali

Bozor iqtisodiyoti hozirgi kunda raqamli iqtisodiyot jadal rivojlanib borayotgan vaqtda informatika fanini o’rni va roli juda beqiyos. Hozirgi kunda har bir sohada ta’lim sohasimi, ishlab chiqarishmi, bank sohasimi, xizmat ko’rsatish bo’ladimi, moliya sohasimi, bozor iqtisodiyotimi xoh u qurilish sohasi bo’lsin barcha sohalarda informatika fanini o’rni beqiyosdir.
Zamonaviy telekommunikatsiya vositalari imkoniyatlari juda keng tizim bo’lib, unga informatika va hisoblash texnikasi asoslari fanidan ma’lum bo’lgan kompyuter, multimedia vositalari, kompyuter tarmoqlari, internet, intranet kabi tushunchalardan tashqari qator yangi tushunchalar ham kiradi. Bularga axborot tizimlari, axborot tizimlarini boshqarish, axborotlarni uzatish tizimlari, ma’lumotlar ombori, ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi, bilimlar ombori kabilar kiradi.
XX – asrning 90 – yillaridan boshlab axborotlashtirish sohasi keskin rivojlanib ketdi. Bizning asrimiz, ya’ni XXI – asrni axborotlashtirish va kommunikatsiya asri deb bejiz atashmaydi. Axborotlashtirish nima va uning vazifalariga nimalar kiradi, uning asosiy xususiyatlari qanday, degan savollar hozirgi zamon jamiyatidagi har bir fuqaroni qiziqtirishi tabiiy. Chunki inson faoliyatini axborotsiz tasavvur qilish qiyin.
Mikroelektronika ishlab chiqarish texnologiyasining rivojlanishi va o’ta kuchli protsessorli kompyuterlarning yaratilishi axborotlarni qayta ishlash imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish – jamiyatning yashashi va tarqqiy etishi uchun zarur bo’lgan moddiy boyliklar ( turli iqtisodiy mahsulotlarni )ni yaratish jarayoni, ishlab chiqarish omillarini iste’mol va investitsiyalar uchun mo’ljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. Interfeys kompyuterning imkoniyatlarini kengaytiruvchi qurilma bo’lib, uning asosiy vazifasi tashqi qurilmalardan kiritiladigan ma’lumot (signal )larni kompyuterda qayta ishlash uchun qulay holga keltirishdan iborat.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, hozirgi kunda ta’lim sohasida o’qitishni avtomatlashtirishga katta e’tibor berilmoqda. Chunki zamonaviy o’qitish texnologiyalaridan dars jarayonida foydalanish katta ijobiy natijalar beradi. Misol qilib aytadigan bo’lsak, kimyo – biologiya, fizika fanlarida o’tkazilish imkoniyati bo’lmagan tajribalar bor. Bu tajribalarni internetdan olib o’quvchilarga ko’rsatish imkoniyatini beradi. Matematika - geometriya fanlaridan esa turli xil mantiqiy savollar orqali ko’rsatib berish mumkin. Darslarni turli xil audiodarslar orqali o’tish, matematika fanlarida mantiqiy savollar, tarix huquq fanlarida o’tmishga sayohat qilish imkoniyatlarini beradi.

Download 27,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish