INTEGRATSIYALASHGAN DARSLAR ORQALI O`QUVCHILAR
BILIM SIFATINI OSHIRISH
Boboqulova Dilorom Erbo’tayevna Mirzaobod tumani
5-umumta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Integratsiya jarayoni fanlar orasidagi aloqani yangi, yuqori sifatda bir –biriga bog’lash bosqichi bo’lib, o’zini yuqori ko’rinishda namoyon etadi. Integratsiya fanlararo bog’liqlikdir. Fanlararo bog’liqlik asoslari tabiatni to’la holda o’quv darsliklarda ko’rsatishi va tushuntirish zaruratidan paydo bo’lgan. Ulug’ didaktik Yan Amos Kamenskiyning ta’kidlashicha: «Bir-biri bilan bog’liq bo’lgan hamma narsa, huddi shunday holda o’rganilishi kerak». Fanlararo bog’liqlik g’oyasiga keyinchalik juda ko’p pedagoglar yondashib, uni rivojlanishi va umumlashtirilishiga hissa qo’shdilar. D.Lokk g’oyasiga ko’ra: «Ta’lim mazmunining aniqlanishida bir fan boshqa fanlar elementlari va faktlari bilan to’ldirilish kerak».
Pestalossi bir fanning boshqa bir fandan uzoqlashuvi hatto xavfliligini ta’kidlaydi. Bugungi kunda STEAM-ta’lim dunyodagi asosiy tendensiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda va amaliyot yondashuvni qo’llashda beshta sohani yagona o’quv sxemasiga integratsiyalashga asoslangan. Bunday ta’limning shartlari uning uzluksizligi va bolalarning guruhlarda o’zaro muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirish bo’lib, bunad ular fikrlarni to’plashi va fikrlar almashadi. SHuning uchun, asosiy ta’lim dasturiga quyidagilar Lego-texnologiyalar, bolalar tadqiqotlari kabi mantiqiy fikrlashni rivojlantirish modullari kiradi.
STEAM (S-fan, T-texnologiya, E -muhandislik, A - can’at, M - matematika) - ilm-fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematikani birlashtiruvchi zamonaviy yondashuv.
STEAM bolalarda quyidagi muhim xususiyatlar va ko’nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi
Muammolarni keng qamrovli tushunish
Ijodiy fikrlash
Muhandislik yondashuv
Tanqidiy fikrlash
Ilmiy metodlarni tushunish va qo’llash
Dizayn asoslarini tushunish
Bu yondashuv kelajakda bolalarda hayotiy muammolarni hal etishda yordam beradi.
STEAM yondashuvi tufayli bolalar tabiatni tushunib, dunyoni muntazam o’rganishadi va shu bilan qiziqishlarini, muhandislik fikrlash uslubini, tanqidiy vaziyatlardan chiqish qobiliyatini, jamoaviy ish qobiliyatini rivojlantirish va liderlik, o’z-o’zini namoyon qilish asoslarini o’rganishadi, o’z navbatida, bolalar rivojlanishining tubdan yangi darajasini ta’minlaydi.
O’z-o’ziga ishonchni shakllantirish. Bu yondashuvda bolalar o’z qo’llari bilan yaratgan ko’prik va yo’llar, samolyotlar va avtomobillarni "ishga tushirib", suv osti va havo tuzilmalarini "rivojlantirib", sinovdan o’tkazib, har safar ular maqsadga yaqinlashib borishadi. YAxshi natija bermagan ―mahsulot‖ni qayta-qayt sinovdan o’tkazib, takomillashtirib borishadi.
Natijada barcha muammolarni o’zi hal qilish, maqsadga erishish bolalar uchun ilhom, g‘alaba, adrenalin va quvonch olib keladi. Har bir g‘alaba, o’zlarining qobiliyatlariga ko’proq ishonch uyg‘otadi.
Faol muloqot va jamoaviy ish. STEAM dasturlari ham faol muloqot va guruh ishi bilan ajralib turadi. Muhokama bosqichida ular fikr bildirishga qo’rqmaslikka o’rganadilar. Ko’pincha, stol atrofida o’tirmaydi, o’zlarining dizaynlari asosidagi ―mahsulot‖larni sinovdan o’tkazadi va rivojlantiradi.
Ular hamma vaqt hamkorlikni ta’minlaydigan jamoada tarbiyachilar va ularning do’stlari bilan muloqot qilish bilan band bo’lishadi.
Texnik fanlar bo’yicha qiziqishlarni rivojlantirish. Maktabgacha va boshlang‘ich maktab yoshidagi STEAM ta’limi vazifasi qiziqishning rivojlanishi uchun dastlabki shart-sharoitlarni yaratishdir. Bolalar uchun tabiat fanlari va texnik fanlar bo’yicha, qilgan ishni yaxshi ko’rish, qiziqishni rivojlantirish uchun asosdir. STEAM –bolalar uchun juda qiziqarli va dinamik bo’lib, bolalarning zerikishlariga to’sqinlik qiladi. Ular vaqt o’tayotganini sezmaydilar, lekin ham charchamadilar.
Sehrgarlar o’lchami
Matematika darslarida o’lchov birliklarini tushuntirish (tegishli vositalarni tanlash va ishlatish bilan ob’ekt uzunligini o’lchash.)
Sizga kerak bo’lgan jihozlar: 20- 25 sm li yog‘och cho’plar, qog‘ozlar, bo’yoqlar.
Dars borishi: dars boshida har bir o’quvchiga turli daraxt cho’plaridan tarqating: masalan terak, tut, yong‘oq. Ular turli uzunlikda bo’lsin.
Darsni tashkil etib bo’lganingizdan so’ng, standart chizg‘ichni amaliyotga joriy etishdan oldin odamlar turli o’lchov vositalaridan foydalanganliklarini, o’lchov sifatida
hatto qo’l, oyoq, barmoqdan ham foydalanishgan. Turli o’simliklarning dukkaklari ham o’lchov sifatida ishlatilgan.
Hozir darsda sinf xonasini o’lchash uchun chizg‘ich tayyorlaymiz. Qo’lingizdagi cho’plarni qog‘oz diagonali bo’ylab joylashtiring. Qog‘ozni cho’pga o’rang, elimlab qo’ying. Qo’lingizda mavjud bo’yoqlar yordamida yasagan o’lchov cho’plaringizni o’zingiz istagancha bo’yashingiz mumkin.
O’lchov cho’plari quriganidan keyin xona uzunligini ―cho’p o’lchov kattaligida o’lchab chiqing.
O’quchilarda turli daraxtlarning novdalari tarqatilganligi hamda 20 smdan 25 smgacha uzunlikda bo’lganligi uchun ular 20 o’lchov terak, 22 o’lchov tut, 25 o’lchov yong‘oq kabi natijalar chiqadi. O’lchash tugaganidan keyin birliklarni taqqoslash haqida savol bilan murojaat qilinadi. O’quvchilar tajriba va o’lchov birliklarni to’g‘ri tushunishlari uchun zarur bo’lsa ularga yordam berish kerak.
M.I.Mahmudovning fikricha integratsiyalashgan mashg’ulotlar ta’lim jarayonida o’zaro aloqalarning tashkiliy shakllaridan biri sifatida namoyon bo’ladi. Bu esa,o’quvchidan dars jarayonida maqsadga yo’naltirilgan faoliyat ko’rsatishni talab qiladi.
Boshlang’ich va umumiy o’rta ta’lim muassasalarida integratsiyalash bir vaqtning o’zida nazariy bilimlar bilan birga amaliy ko’nikma va malakalarni egallashni talab etadi. Bunday aralash mashg’ulotlarni o’tkazish uchun o’qituvchilar mukammal uslublarni egallagan bo’lishlari lozim. Shu tariqa mazmunlari bo’yicha bir-biriga yaqin mavzular ta’sirini muvofiqlashtirish maqsadida o’quv reja va dasturlarni butunlay qaytadan ko’rib chiqish kerak. Bilim va ko’nikmalarni shakllantirish bilan bog’liq mujassam darslar uslubiy ji hatdan muntazam bosqichmabosqich tashkil qilinadi, o’quvchilarga berilayotgan ma’lum miqdordagi nazariy bilimlardan keyingina amaliy bilim berilsa, o’quvchilarda kerakli bilim, ko’nikma malakalar oson shakllanadi
Boshqacha aytganda olib boriladigan darslarni yangi pedagogik texnologiyalar asosida, integratsiyalashgan holda amalga oshirilishi zarur.
Darsga integratsion yondashish asosan, atrof-borliq va ularning o’zaro uyg’unlashuvida namoyon bo’ladi.
Integratsiya so’zi turlicha talqin qilinib, integratsiya (lotincha integratsio – jamlash, umumlashtirish, integer – yaxlit) tushunchasi, birinchidan, alohida differentsion bo’limlarning o’zaro muvofiqligi, organizm funktsiyalari tizimining yaxlitligi va bu holatga olib boruvchi jarayon; ikkinchidan, fanlarning o’zaro bog’liqligi va yaqinlashuv jarayoni, ularning differentsiallashish uchun kechadigan qator omillarda namoyon bo’ladi.
Demak, integratsion faoliyat tashabbuslar va yangiliklar asosida shakllanadi, ta’lim mazmunining rivoji uchun istiqbolli bo’ladi, shuningdek, ta’lim tizimining rivojiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |