PIRLS TADQIQOTLARIGA TAYYORLASHDA “MATN TAHLILI” METODIDAN FOYDALANISH SAMARASI.
Atayeva Baxrinisa Abduvaxidovna
Sirdaryo viloyat XTXQTMOHM katta o`qituvchisi.
+99897245 68 06
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida umumiy o`rta va maktabdan tashqari ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo`nalishlari belgilangan. Unga ko`ra 2021-yilda PIRLS xalqaro tadqiqoti bo`yicha boshlang`ich sinf o`quvchilarining matnni o`qish va tushunish darajasini aniqlash bo`yicha tadqiqotda ishtirok etish rejalashtirilmoqda. PIRLS matnni o`qish va tushunish sifatining xalqaro tadqiqotida (boshlang`ich maktab o`quvchilarining matnni o`qish hamda tushunish darajasi va sifatini baholash) yo`nalishidir.
PIRLS tadqiqotlari doirasida turli ta'lim tizimiga ega bo`lgan davlatlarning 4-sinf bituvchilarining o`qish sifati va o`qilgan matnni tushunish darajasi o`rganiladi. Bu tadqiqotlarga 4-sinf o`quvchilarining tanlanishi shu bilan e'tiborliki, aynan o`qishning to`rtinchi yilida o`quvchilar o`qishning yuqori darajasiga ega bo`lishi, ularning keyingi ta'limda bilimni egallash qobiliyatini shakllantirish va shu orqali hozirgi zamonga muvaffaqiyatli moslashuviga yordam beradi.
2021-yilda o`tkaziladigan navbatdagi tadqiqotda davlatimizning ishtirok etishi rejalashtirilmoqda. Shu bois boshlang`ich maktab o`quvchilarining matnni o`qish hamda tushunish darajasi va sifatini oshirishga yo`naltirish asosiy vazifa bo`lib qolmoqda. Buni amalga oshirish jarayonida matnni o`qish va tushunish darajasini oshirishda matn ustida ishlash jarayonida interfaol metodlardan foydalangan holda tashkil etish muhim ahamiyatga ega.
Boshlanqich sinf o`qish darslari yuqori siniflardagi adabiyot darslarning tarkibiy qismi bo`lib, ulardagi asosiy ish turi matn ustida ishlashdir. Asar matn ustida ishlash orqali ham og`zaki, ham yozma nutq o`stirishni o`qish darslarda o`rganiladigan matnlar misolida ko`rsatish mumkin:
1. Lug`at ustida ishlash orqali nutq o`stirish. Bunda o`quvchilar matinni o`qib bo`lgach, undagi notanish so`zlarni aniqlaydilar va o`qituvchi yordamida ularni tushinib oladi.
Matn mazmuni qayta hikoya qilish orqali nutq o`stirish. Mazkur turda o`quvchilar matn mazmunini qishartirib, kengaytirib, obrazlarni o`zgartirib, o`z fikirlarni bildirib qayta hikoya qiladilar. qayta hikoyalashda, albatta, matndagi so`zlardan foydalanish yaxshi samara beradi.
2. Matnga oid savol-javoblar ustiga ishlash orqali nutq o`stirish. Bunda faqat darslikdagi savol va topshiriqlar bilangina cheklanib qolmay, balki har bir darsda o`quvchilarni o`ylashga, mulozaza yuritishga chaqiruvchi yangi savollar tuzish va o`quvchilar hukmiga havola etish lozim.
3.Test topshiriqlar ustida ishlash orqali nutq o`stirish. Bu usul o`quvchilarni har tomonlama o`ylashga, matn mazmuni chuqurroq o`zlashtirishga, matndagi har bir so`zga alohida ahamiyat berishga o`rgatadi Test usuli o`quvchilar uchun qiziharli b o`lib, ular berilgan topshiriqlarni bajonidil bajaradi.
Yuqoridagi usullardan o`rinli va unumli foydalanish yaxshi samara beradi. Matn ustida ishlash orqali o`quvchilarning lug`at boyligi har jihatdan boyib boradi . Matindagi iboralar, so`z va so`z birikmalari o`quvchilar nutqiga k o`chib, ular nutqining jozibador b o`lishga olib keladi.
Matn mazmunini tushunish darajasini samarali amalga oshirishda “Matn tahlili” metodining o`rnini ko`rsatib o`tmoqchimiz. “Matn tahlili” metodi qoidasiga ko`ra mavzudagi voqeaning qisqacha mohiyati topish, matnning asosiy muammosi, asar qatnashchilari, asar asosida chiqariladigan xulosa va yuqoridagi muammoni hal etish jarayoni ya’ni yechimni topishga yo`naltirilgan.
Masalan: 3-sinf o`qish fanidan “Soy suvi haqida ertak” matni asosida “Matn tahlili” metodiga ko`ra matn ustida ishlash yo`nalishini ko`rishimiz mumkin.
Bunda o`quvchilarda voqea haqidagi fikrlari o`z tushunchalari asosida bo`lishi mumkin, ya’ni yuqorida suv haqida deyilgan bo`lsa boshqasi dehqon haqida, qadim zamonda deb ham ta’riflashi mumkin, Muammoni ham o`z tushunchasi asosida chiqaradi, ya’ni ekin sug`orishga suv yoq, Xulosa uchun ham matn mazmuni asosida maqol, hikmatli so`z topishi qissadan hissa chiqara olishga, matn yechimini topish ham o`quvchini mantiqan fikrlashga yo`naltiradi.
Asarni tahlil qilishning asosiy yo`nalishi matnning aniq mazmuni (voqyealar va uning rivojlanishi)ni, kompozitiyasini, ishtirok etuvchi shaxslarning axloqi va xarakterli xususiyatlarini, asarning g`oyasini aniqlash hisoblanadi.
Asarni tahlil qilishning metodik shartlaridan biri asar mazmunini uning tasviriy-ifodali vositalari bilan bog`liq holda qarashdir. Yana bir asosiy qoida asar ustida ishlash jarayonida ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni umumiy ravishda amalga oshirish hisoblanadi. Bu qoidalar asar ustida ishlashning asosiy yo`nalishini belgilaydi, shuningdek, matnni tahlil qilish jarayonida o`quvchilar bajaradigan topshiriqlarni va muhokama qilish uchun ularga beriladigan savollarning xarakterini aniqlab olishga yordam beradi
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki o`quvchilar bilan matn ustida ishlash jarayonini yanada takomillashtirsak ilg`or usullardan foydalansak o`quvchilarning nutq madaniyatini yanada rivojlantirshga olib kelamiz va biz o`z maqsadimizga erishamiz deb o`ylaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |