Республика илмий-амалий масофавий онлайн конференцияси



Download 27,87 Mb.
bet309/409
Sana25.02.2022
Hajmi27,87 Mb.
#276065
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   409
Bog'liq
ТЎПЛАМ SAYT

Фойдаланилган адабиётлар
1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги «Узбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси туғрисида»ги ПФ-4947-сон Фармони «Халқсўзи», 2017 йил 8 феврал
2. Н.А.Муслимов, Н.С.Гаипова. Бўлажак ўқитувчилар касбий компетентлигини шакллантиришда касб таълими мазмунини лойиҳалаштиришнинг аҳамияти. Олий ва Ўрта махсус, касб-ҳунар таълим тизимида мустақил таълим: муаммо ва эчимлар. Республика илмий-амалий анжумани материаллари. – Гулистон: ГулДУ. 2012 йил. 35-37 бетлар
3. А. Мавлянов. Касб ҳунар коллежларида ўқув ва ишлаб чиқариш амалиёти интеграцияси Тошкент-2014 112 б.
4. Ж. Хаснбоев. Педагогика фанидан изоҳли луғат Тошкент-2008. 149 б.
5. www.tdpu.uz


BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING TABIIY FANLAR BO’YICHA SAVODXONLIGINI ANIQLASHDA TIMSS TOPSHIRIQLARIDAN FOYDALANISH
Z.T.Choriyeva
Qashqadaryo VXTXQTMOHM
Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi
foumiis3@gmail.com
Annotatsiya
Ushbu tezis boshlang‘ich sinf o’quvchilarining tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonligini aniqlashda TIMSS Xalqaro baholash dasturi xususida bo’lib, unda TIMSS xalqaro tadqiqotining mazmun-mohiyati, tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonligini baholashga oid asosiy tushunchalar hamda tabiiy fanlar bo’yicha topshiriqlar keltirilgan.
Аннотация
Этот тезис посвящен международной оценочной программе TIMSS для определения уровня грамотности учащихся начальных классов по естественным наукам, которая включает в себя содержание международного исследования TIMSS, базовые концепции оценки грамотности в естественных науках и задания по естественным наукам.
Annotation
This thesis is related to the TIMSS International Assessment Program for Elementary School Literacy in Basic Elements, which provides a basic overview of the nature of TIMSS international research, natural science literacy assessment, and tasks in the natural sciences. listed.
Globallashuv sharoitida shiddat bilan rivojlanib borayotgan davr davlat va jamiyat oldiga dolzarbligi va qamrovi kun sayin ortib borayotgan zamonaviy talablarni qo‘ymoqda. Olamshumul strategik maqsadlarga erishish, yangi marralarni zabt etish, rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin olish uchun mamlakatda bilimli, tajribali va zamonaviy fikrlaydigan yuksak salohiyatli kadrlar, mutaxassislarning o‘rni beqiyos. Bunday raqobatbardosh kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish zamirida inson kapitali, sodda qilib aytganda, inson va uning salohiyatini kashf etish hamda uni buyuk maqsadlarga erishishga safarbar qilish kabi ulug‘vor vazifalar turadi.
Insoniyat oziq-ovqat ta’minoti, kasalliklarning tarqalishi, energiya ishlab chiqarish va iqlim o‘zgarishi kabi yirik muammolarga duch kelgan bir davrda tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik milliy hamda xalqaro darajada katta ahamiyat kasb etmoqda. Bunday muammolarni bartaraf etishda texnologiyalar va ilm-fan yutuqlaridan foydalanish katta ahamiyatga ega. Yevropa Komissiyasi tomonidan bildirilgan fikrga ko‘ra, agar yoshlar tabiiy fanlardan ma’lum darajada xabardor bo‘lishmasa, yechimi fan va texnologiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan siyosiy hamda etnik muammolar ilmiy munozaralar mavzusi bo‘la olmaydi. Bundan tashqari, bu barchani tabiiy fanlardan mutaxassis qilib tayyorlash degani emas, balki yoshlar o‘zlarini o‘rab turgan atrof-muhitga daxldor bo‘lgan masalalar yuzasidan qaror qabul qilishlari hamda mutaxassislar o‘rtasida olib boriladigan ilmiy munozaralarni tushunishlariga imkon beradi
XXI asrda insoniyat oldida turgan muammolar ilmiy tafakkur va ilmiy kashfiyotlarga asoslangan innovatsion yechimlarni talab etishi shubhasiz. Jamiyatga iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik muammolarni hal qilishda zarur bo‘ladigan innovatsiyalarni rivojlantiradigan va ilmiy tadqiqotlar olib boradigan ilm egalari, olimlar kerak. O‘quvchilarning bilim va malakasini umumiy ravishda tahlil qilish mamlakatdagi ta’lim sifati darajasini belgilaydi. Shu maqsadda o‘quv yili davomida har bir ta’lim muassasasida ichki va tashqi monitoring o‘tkazib boriladi. Uning natijasiga ko‘ra, eng namunali maktablar ketma-ketligi, o‘qituvchilar salohiyati va o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi aniqlanadi. Bu jarayon ta’lim taraqqiyotini belgilovchi muhim mezon bo‘lgani uchun Xalq ta’limi vazirligi tashabbusi bilan umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari bilimini baholash bo‘yicha xalqaro dasturlarni amaliyotga joriy etish maqsadida ilk qadamlar tashlandi. Ya’ni, o‘quvchilar bilimini xalqaro talablarga yetkazish, unga mosligini o‘rganib borish maqsadida PISA(Programme for International Student Assesment), TIMSS (Trends in Mathematics and Science Study) kabi baholash dasturlarini qo’llash rejalashtirilmoqda
Boshlang’ich sinf o‘quvchilarining tabiiy fanlar xususida savodxonligini oshirishda TIMSS Xalqaro baholash dasturining o’rni beqiyosdir. TIMSS xalqaro tadqiqoti har 4 yil davomida 4- va 8-sinf о‘quvchilarining ta’lim yutuqlariga baho berib boriladi va shu bilan birga, nafaqat ularining bilim va kо‘nikmasi, balki ularning ushbu fanlarga bо‘lgan munosabati, qiziqishi, hamda ta’limga bо‘lgan motivatsiyasini solishirishga imkon beradi. Tadqiqotning asosiy rejasi: 4 yil davomida 4-sinf о‘quvchisi 8-sinfga yetgunga qadar uning matematika va tabiy fanlar bilimining natijalari kuzatib boriladi. Shu yо‘sinda maktabning boshlang‘ich va yuqori sinf о‘quvchilarining bilim yutuqlarining monitoringi amalga oshiriladi.
Aytish mumkinki, tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik tayanch kompetensiya sanalib, tabiiy fanlarni o‘qitishning asosiy maqsadidir. Tabiiy fanlarga asoslangan bilim hamda ko‘nikmalar har bir shaxsning shaxsiy, ijtimoiy va kasbiy faoliyatida katta ahamiyatga ega, ilm-fan va unga asoslangan texnologiyalarni tushunish esa “yoshlarni hayotga tayyorlash”da markaziy o‘rinni egallaydi. Tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik deganda shaxsning tabiiy fanlarga oid g‘oyalarni bilishi, faol fuqaro sifatida tabiiy fanlar bilan bog‘liq muammolarni hal qila olishi tushuniladi.
4- va 8-sinf о‘quvchilarini matematika va tabiiy fanlardan baholashda test topshiriqlarning nazariyasidan foydalaniladi (inglizcha, ruscha). Ushbu nazariya cheklangan miqdorda 60-70 tadan topshiriqlarni о‘z ichiga olib, har bir davlatdan ishtirok etgan о‘quvchining, о‘qituvchining va ta’lim muassasasining kо‘rsatkichlarini (sо‘rovnomaga asosan) aniqlab beradi. Matematika va tabiiy fanlar natijalari 4- va 8-sinflarda alohida о‘rganiladi va tahlil qilinadi. Statistik о‘rganishlar natijasida har bir о‘quvchini 1000 ballik shkala bо‘yicha baholab, matematika va tabiiy fanlarga alohida ballar beriladi. Quyida sizlarga 4-sinf o‘quvchilarining tabiiy fanlar bo’yicha savodxonligini oshirishda TIMSS topshiriqlaridan namunalarni havola etsak:
1.Bu qush oyog'ining chizmasi. Siz bunday qushni qayerdan topishingiz mumkin edi?
a) o‘rmon b) o'tloq c) makkajo'xori d) sahro e) ko‘l

Download 27,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish