Adabiyotlar:
1. O’zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustdagi «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni.
2.O’zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustdagi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida»gi Qonuni.
3.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o’rta va o’rta maxsus,kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 187-sonli qarori
4.O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 997-sonli qarori
A. Ismailov, D. Norboyeva, K. Kucharova, Z. Kosimova, N. Aminova “Xalqaro tadqiqotlarda boshlang‘ich sinf o’quvchilarining o’qish savodxonligini baholash” – T.: 2019
Matchonov S. va boshqalar. 4-sinfda o’qish darslari. –Т.: O’qituvchi, 2017.
TA’LIM TIZIMINI MODERNIZATSIYALASH JARAYONLARIDA ILG’OR TAJRIBALARNI O’RGANISH VA OMMALASHTIRISHNING MAZMUNDORLIGI
Yakubova Samida Abdukarimovna-Namangan viloyati To’raqo’rg’on tumani
53-umumta’lim maktabi texnologiya o’qituvchisi
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev Farmoni bilan qabul qilingan “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi”da umumiy o’rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, bo’yicha muhim vazifalar belgilab berilgan.
Yurtimizda ta’lim tizimi islohatiga ustivor vazifa sifatida qaralishining zamirida kelajagimiz, ertangi taraqqiyotimizni ko’rish istagi mujassam.
Anashu maqsadlarni amalga oshirishimiz uchun, uzluksiz ta’lim tizimida tashkil etiladigan o’qitish jarayonining samaradorligini oshirish uchun xalqaro baholash dasturlarini joriy etish bo’yicha ilg’or tajribalarni o’rganish, qabul qilingan me’yoriy hujjatlarda pedagogik va axborot texnologiyalaridan uyg’un foydalanish muhim vazifa sifatida belgilangan.
Bu esa PISA xalqaro baholash tizimi tadqiqotlari haqida ko’proq bilish istagi tug’iladi. Biz bu iboraga ilk bor O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi "Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarorida duch kelgandik. Mazkur hujjatda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi huzurida Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazini tashkil etishga qaror qilinib, uning asosiy vazifalari va faoliyat yo’nalishlari etib ta’lim tizimida o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini rivojlantirishning innovatsion metodlarini ishlab chiqish va joriy etishga yo’naltirilgan ilmiy izlanishlar olib borish; ta’lim sifatini baholash sohasida xalqaro aloqalarni o’rnatish, xalqaro loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, xalqaro ilmiy anjumanlar va simpoziumlarni tashkil etish va o’tkazishda ishtirok etish; umumiy o’rta ta’lim muassasalarining xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta’minlash; O’zbekiston Respublikasining xalqaro baholash dasturlarida qayd etgan natijalarini boshqa davlatlar natijalari bilan qiyosiy taqqoslash belgilandi.
O’z navbatida kelgusida mamlakatimiz ta’lim sifatini baholash bo’yicha quyidagi xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishi ko’zda tutildi:
- PIRLS (Progress in International Reading and Literacy Study) - boshlang’ich 4-sinf o’quvchilarining matnni o’qish va tushunish darajasini baholash;
- TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Study) - 4 va 8-sinf o’quvchilarining matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash;
- PISA (The Programme for International Student Assessment) - 15 yoshli o’quvchilarning o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash;
- TALIS (The Teaching and Learning International Survey) - umumiy o’rta ta’lim maktablari rahbarlari va o’qituvchilari bilan so’rovnoma o’tkazish orqali maktabda o’qitish va ta’lim olish jarayonlari samaradorligini baholash.
Qayd etish lozim, mamlakatimiz ta’lim muassasalari PISA xalqaro tadqiqotlarida 2021 yilda ilk marotaba ishtirok etadi.
Bundan ko’zlangan asosiy maqsad – dunyo bo’ylab ta’lim tizimi samaradorligini 15 yoshli o’quvchi-yoshlar 3 yo’nalishda (o’qish, matematika, tabiiy fanlar bo’yicha) savodxonligiga, ularning ijodiy va tanqidiy fikrlashiga, olgan bilimlarini hayotda qo’llay olish qobiliyatlariga baho berish va keyinchalik bu ko’nikmalarni hosil qilishga undashdan iborat.
2018 yilda PISA dasturida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT)ga a’zo 35 mamlakat, a’zo bo’lmagan 43 ta, jami 78 mamlakat va shaharlar ishtirok etgan. Har bir davlatdan ishtirok etuvchi o’quvchilar soni mamlakatdagi jami 15 yoshli o’quvchi-yoshlarning 2 foizi miqdorida saylanma tarzda shakllantiriladi. SHundan kelib chiqilganda har bir davlatdan 4500 nafardan 10 ming nafargacha o’quvchi ishtirok etgan. Sobiq ittifoq mamlakatlaridan Rossiya, Latviya, Litva, Estoniya, Qirg’iziston, Qozog’iston qatnashdi. Ular orasidagi eng yaxshi ko’rsatkich estoniyalik o’quvchilarga tegishli, garchi mazkur mamlakat yoshlari ilk marotaba ishtirok qilgan 2006 yilda 516 ball jamg’arib, 11-o’rinni egallagan bo’lsa-da, 2015 yilda bu ko’rsatkich tegishli tartibda 534 ball va uchinchi o’ringa ko’tarildi.
Ma’lum bo’ldiki, 2015 yilgi tadqiqotlardan keyin dunyo bo’yicha birinchi, ikkinchi va to’rtinchi o’rinlarni qit’adoshlarimiz – Singapur, Yaponiya va Xitoy Taypeyi o’quvchi-yoshlari egallagan. PISA xalqaro baholash dasturi testlari uch yilda bir marotaba o’tkazilib, o’quvchilar bilimi uchta asosiy yo’nalish bo’yicha, 1000 ballik tizimda baholanadi. Har galgi monitoring jarayonida yuqorida sanalgan uchta yo’nalishdan biriga alohida e’tibor qaratiladi. Masalan, 2000 yilda tadqiqotning asosiy yo’nalishi o’qish savodxonligiga, 2003 yil matematik savodxonlikka, 2006 yilda esa tabiiy fanlar savodxonligiga qaratilgan. Bu holat davriy takror bo’lishini inobatga olganda, 2021 yil asosiy fan qilib matematika tanlanishi ayon bo’ladi. Test savollari dasturga a’zo mamlakatlarning mutaxassislari bilan kelishilgan holda xalqaro konsulьtantlar guruhi tomonidan tuziladi.
PISA dasturida mantiqiy fikrlash asosiy o’ringa ko’tariladi. Masalan, o’quvchi matnda "aylana" so’ziga duch kelinmasa-da, aynan mazkur ob’ekt haqida so’z borayotganini anglab yetishi lozim. Demak, birinchi navbatda matematika darsliklarini o’quvchi mantiqiy fikrlashiga undaydigan masalalar bilan boyitish vazifasi yuzaga keladi.
Dasturni Avstraliya pedagogik tadqiqotlar kengashi, Niderlandiya milliy pedagogika instituti, AQShning Vestat va pedagogik test xizmatlari, shuningdek, Yaponiyaning ta’lim sohasidagi tadqiqotlar milliy instituti hamkorlikda o’tkazadi.
PISA xalqaro baholash tizimidan foydalanishning yana bir asosiy muhim jihatlaridan biri bu o’quvchilarning savodxonligi hamda bilimlarini amaliyotda qo’llash qobiliyatini rivojlantirish, 15 yoshli bolalarning bilim darajasi miqdoriy ko’rsatkichini adolatli aniqlash va xalqaro miqyos bilan solishtirish hamda intellektual salohiyati yanada oshishiga xizmat qiladi.
Bilamizki, ilg’or tajriba pedagogik faoliyatning samaradorligini oshirishning hal qiluvchi usuli bo’lib, katta ahamiyatga ega.
Ilg’or pedagogik tajriba – bu eng foydali, eng qulay, eng muvofiq faoliyat bo’lib ijodiy izlanish natijasidir. Bu albatta, o’quv-tarbiya jarayonini eng muhim tomonlarini hal etishga yordam beradi.
Pedagogik tajriba – muammoli vaziyatlarga juda boydir. Ilg’or pedagogik tajriba deganda biz, o’qituvchining o’z pedagogik vazifasiga ijodiy yondoshishini, o’quvchilarning ta’lim-tarbiyasida yangi, samarali yo’l va vositalarni qidirib topishini tushunamiz.
Ilg’or pedagogik tajriba o’qituvchi tomonidan qo’llaniladigan ish shakli va usullari, uslub va vositalaridir. Ular vositasida o’quv-tarbiyaviy ishlarda eng yuqori natijalarga erishiladi.
Ilg’or pedagogik tajribani o’rganish, unga asoslanib yangi pedagogik hodisa va qonuniyatlarni ochish o’quv-tarbiya jarayoniga yaxshi sifatli o’zgarishlar, ilg’or texnologiyalarni kiritadi, o’quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish, yangi ko’rinishdagi o’quv jarayonini modellashtirish muammolarini yechishga sabab bo’ladi.
Ilg’or tajribalarni o’rganish va ommalashtirish eng avval maktabdan boshlanadi. Bu har bir maktab direktori, o’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari hamda metod birlashmalar faoliyatining asosini tashkil etmog’i kerak. Maktab pedagogik jamoasi ilg’or tajriba egasining faoliyatini to’liq bilishi, o’rganishi va uning foydali tomonlarini ma’qullashi natijasida metod birlashma, tuman, shahar metodika bo’limlariga o’rganish uchun tavsiya etiladi.
Pedagog kasbi – o’zgarmas va qotib qolgan kasb emasligini har bir pedagog yaxshi bilishi kerak.
Xalqaro baholash dasturlarini ta’lim jarayoniga joriy etish bo’yicha ilg’or tajribalarini ommalashtirishi, har bir metodist o’qituvchi, rahbarlar, pedagogik komissiya o’qituvchi-pedagogning ish tajribasini o’rganar ekan, bunda quyidagilarga chuqur e’tibor qaratish tavsiya etiladi:
1. Siyosiy ongi, ma’naviy ahloqi;
2. O’qituvchining dars berish mahorati;
3. O’qituvchining faoliyatiga qisqacha tavsifnoma;
4. Bilim darajasi, intiluvchanligi, izlanuvchanligi;
5. O’rganilayotgan ish tajribasining mazmuni;
6. Darsga tayyorgarligi, materiallarni tayyorlash va foydalana bilishi;
7. Tajribasini ommalashtirishga tavsiya etish;
8. O’qituvchiga metodik tavsiyalar berish;
Ilg’or tajriba egasi ishini metodik xat orqali ham ommalashtirish mumkin, ya’ni:
eng yaxshi pedagogik xona ko’rgazmasida;
kurs mashg’ulotlarida, “Mahorat darslari” da;
ilg’or tajriba maktablari mashg’ulotlarida;
ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlarda;
ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda.
ilg’or tajribani qo’llagan pedagogning metodik, pedagogik, psixologik, kasb mahoratini umumiy baholash, hamda tahlil etish tomonlariga ehtibor beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |