k.6.k. Magniy qotixhmalarini payvandlaxh
Magniy eng yengil metall bo‘lib, uning zichligi 1,74 g/sm3, erish harorati esa 651˚C. Quyma magniyning mustahkamlik chegarasi 100 — 130 MPa, nisbiy uzayishi 3 — 6%. Magniy kislorod ta'siridan juda tez oksidlanadi, kukun yoki tasma holida bo‘lgan magniy havoda oson yonadi. Magniy zichligi 2 g/sm3 ga va mustahkamlik chegarasi 270 MPa ga yaqin magniy qotishmalari tariqasida ishlatiladi.
MЛ1, MЛ3 va MЛ6 gacha bo‘lgan boshqa quyma magniy qotishmalari tarkibida 9 % gacha aluminiy, 3 % gacha rux, 2% gacha marganes, qolgani esa magniy bo‘ladi. MA1, MA2 va MA5 gacha bo‘lgan deformatsiyalanadigan magniy qotishmalari kimyoviy tarkibi jihatidan magniyli quyma qotishmalarga yaqindir. Deformatsiyalanadigan magniy qotishmalaridan ishlanadigan buyumlar qizigan holatida shtamplanadi va keyin termik ishlanadi. Magniyli qotishmalardan tayyorlangan
130
detallarni korroziyadan saqlash uchun ular xrompik va azot kislota eritmalarida ishlashda hosil bo‘ladigan muhofazalovchi oksid plyonka bilan qoplanadi. 600˚C va bundan ortiq haroratda magniy qotishmalarining donalari yiriklashadi va mo‘rtlashadi. Qizdirishning noqulay ta'sirini kamaytirish maqsadida magniy qotishmalari titan (0,2 — 0,4 %) yoki selen (0,5 %) bilan legir- lanadi.
Magniy qotishmalarini gaz bilan payvandlashda vaqtinchalik qarshiligi asosiy metall mustahkamligining 60 — 80% ini tashkil etadigan metall hosil qilish mumkin. Magniy qotishmalari gaz alangasida qoniqarli payvandlanadi. Lekin magniy oksidining qiyin eriydigan pardasini yo‘qotish uchun flyuslar ishlatish talab qilinadi. Flyuslarning tarkibi 2.6.2-jadvalda ko‘rsatilgan.
Magniy qotishmalarini payvandlash texnikasi, qirralarini tayyorlash hamda biriktirish turlari aluminiy qotishmalarini payvandlashdagidek bo‘ladi. Metall 3 mm dan qalin bo‘lganida qirralar 40 — 45% burchak ostida qiyalanadi. Qirralar uchma- uchiga tirqishsiz biriktiriladi. Ular kamida 0,5 mm to‘mtoq- lantirilishi kerak. Payvandlash rejimlari 2.6.4-jadvalda keltirilgan.
2.6.4-jadval
Magniy qotixhmalarni gaz bilan payvandlaxh rejimi
Metall qalinligi, mm
|
1—2
|
5—6
|
Asetilen sarfi, dm3/soat
|
150
|
300
|
Payvandlash tezligi, m/soat
|
6—9
|
3—4
|
Flyus simga va payvandlanadigan metall hududiga chokning ikki tomonidan qirralari bo‘yicha surtiladi. Payvandlab bo‘lgandan keyin flyus qoldiqlari qaynoq suvda yuvib va cho‘tka bilan tozalanadi. Payvandlagandan keyin bolg‘alansa, eritib qo‘shilgan metall yanada plastik bo‘ladi. Yirik detallar hamda magniy qotishmalaridan tayyorlangan quyma oldindan 300 — 350˚C ga qadar qizdirib payvandlanadi.
Qoldiq kuchlanishlarni yo‘qotish uchun payvandlab bo‘lgan- dan so‘ng detallar qotishma rusumiga qarab 190 — 315˚C haro- ratda yumshatiladi.
131
Do'stlaringiz bilan baham: |