Mix va uning qotixhmalarini payvandlaxh
Misning erish harorati 1080 — 1083˚C. 400 — 600˚C haro- ratda mis mo‘rtlashadi. Suyuq holatdagi mis gazlar, ya'ni kislorod bilan vodorodni eritib yuboradi. Natijada payvandlash qiyin- lashadi. Mis kislorod bilan birgalikda mis (II) oksidi (Cu2O) ni hosil qiladi. Mis (II) oksidi mis bilan birgalikda donalarning chegarasida joylashadigan oraliq qotishma Cu+Cu2O beradi. Oraliq qotishmaning erish harorati sof misning erish haroratidan 20˚ past bo‘lgani uchun, bu qotishma chok kristallashayotganda yoriqlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Tarkibida mis (II) oksidi bor erigan mis qotganida vodorod mavjud bo‘lsa, mayda yoriqlar hosil bo‘ladi. «Misning vodorod kasalligi» deb ataladigan bu hodisa vodorodning mis (II) oksididagi kislorod bilan birikishi va suv bug‘ining hosil bo‘lishi natijasida ro‘y beradi. Suv bug‘i yuksak haroratlarda kengayishga harakat qilib, chok metalining darz ketishiga sabab bo‘ladi. Bu jarayon quyidagi reaksiya bo‘yicha boradi:
Cu2O+H2= 2Cu+H2O
Misni payvandlashning qiyinchiligi yana shundan iboratki, mis nihoyatda issiqlik o‘tkazuvchan va erigan holatida juda ham suyuq oquvchan bo‘ladi.
Misning payvandlanuvchanligi ko‘p jihatdan uning tozaligiga bog‘liq: misda zararli qo‘shimcha qancha kam bo‘lsa, uning payvandlanuvchanligi shuncha yuqori bo‘ladi. Tarkibida 0,01 % dan ortiq kislorod bo‘lmagan oksidlangan misning payvand- lanuvchanligi yaxshi. Misning mexanik xossalari va uning payvandlanuvchanligini yomonlashtiruvchi zararli qo‘shimcha- larga oltingugurt, qo‘rg‘oshin, margimush, surma va vismut kiradi. Tarkibidagi qo‘shilmalar 0,4% dan oshmaydigan elektrolitik mis ayniqsa yaxshi payvandlanuvchan bo‘ladi. Qo‘shilmalar miqdori 1 % gacha boradigan quyma mis yomonroq payvand- lanadi. Misni payvandlashda xrom, marganes, temir, nikel va tantal chok metalining yanada mustahkamligini oshiradi.
Qalinligi 10 mm gacha bo‘lgan mis metall qalinligining har 1 mm ga asetilendan soatiga 150 dm3 dan sarflanadigan quvvatli alanga bilan payvandlanadi. Qalinroq tunukalarni payvandlashda alanga quvvati (har 1 mm ga asetilen sarfi soatiga 200 dm3 gacha) oshiriladi. Bu holda har birining quvvati tunuka qalinligining har 1 mm ga 100 dm3/soat asetilen bo‘lgan ikkita
132
gorelkani bir yo‘la ishlatgan yaxshiroq. Faqat tiklovchi alanga bo‘lishi kerak. Alangada ortiqcha kislorod paydo bo‘lsa, mis oksidlanadi. Aralashmada asetilen ko‘p bo‘lsa, mis (II) oksidi alangadagi vodorod hamda uglerod oksidi ta'sirida yana tiklanishi mumkin. Natijada eritib qoplangan detal g‘ovaklashadi va darz ketadi. Alanga yadrosini tunukalar yuzasiga nisbatan 90˚ burchak ostida, vanna ustidan 3 — 6 mm masofada tutish kerak. Metall tanaffus qilmasdan jadal payvandlanadi va bir qatlamli choklar qo‘llaniladi. Chunki ko‘p qatlamli payvandlashda darzlar hosil bo‘lishi mumkin. Uzun choklar hududlab teskari bosqichli usulda payvandlanadi. Moslama bilan payvandlashda issiqlik deformatsiyalar ta'sirida qirralarning erkin harakatlanishi ta'minlanishi kerak. Uchma-uch va burchak birikmalarni tashqi chok bilan payvandlash afzal, ustma-ust va tavr birikmalarni payvandlash iloji boricha ishlatilmaydi. Qalinligi 2 mm gacha bo‘lgan metall uchma-uch qo‘shimcha materialsiz payvand- lanadi, chok metalining oqib ketmasligi uchun tagiga asbest yoki grafit taglik qo‘yiladi. Qalinligi 3 mm dan yuqori bo‘lgan metallarni payvandlashda qirralarga V shaklda ishlov berilib payvandlanadi. Og‘ish burchagi 90˚ ni tashkil etadi, o‘tmas- lashtirish kamida 1,5 — 2 mm (1/5 tunuka qalinligiga). Qalinligi
10 mm dan yuqori bo‘lgan metallarni payvandlash uchun qirralarga X shaklda ishlov beriladi. Payvandlashdan oldin qirralarni yarqiraguncha tozalanadi yoki azot kislotasi eritmasida yuviladi, so‘ngra suv bilan yuvib tashlandi.
Issiqlik shunday rostlanadiki, sim oldinroq erishi va erigan metall «terlaydigan» holatgacha yetkazilishi va qirralarini qoplashi kerak.
Eritib qo‘shiladigan o‘zak sof (elektrolitik) misdan yoki tarkibida oksidsizlantiruvchi modda hisoblangan fosfordan 0,2% gacha va kremniydan 0,15 — 0,30% gacha bo‘lgan misdan tayyorlangan simdan bo‘lishi kerak. Sim diametri 2.6.5-jadvaldan tanlab olingan.
2.6.5-jadval
Mixni gaz bilan payvandlaxhda xim diametrining payvandlanayotgan detallar qalinligiga bog‘liqligi
Mis diametri, mm
|
1,5
gacha
|
1,5—2,5
|
2,5—4
|
4—8
|
8—15
|
15 dan ko‘p
|
Sim diametri, mm
|
1,5
|
2
|
3
|
4—5
|
6
|
8
|
133
Diametri 8 mm dan katta sim ishlatilmaydi. Payvand- lashda misni oksidsizlantirish hamda oksidlarni shlakka chi- qarish uchun 2.6.6-jadvalda ko‘rsatilgan flyuslardan foyda- laniladi.
2.6.6-jadval
Mixni payvandlaxh uchun flyuxlar
Tarkibi, %
|
Flyus raqami
|
1
|
2
|
3
|
4
|
Bor kislotasi
|
—
|
50
|
10—20
|
—
|
Qizdirilgan bura
|
100
|
50
|
60—70
|
50
|
Natriy gidrofosfat
|
—
|
—
|
—
|
15
|
Kremniy kislotasi
|
—
|
—
|
—
|
15
|
Yog‘och ko‘mir
|
—
|
—
|
—
|
20
|
Osh tuzi
|
—
|
—
|
20—30
|
—
|
Tarkibida kremniy va fosfor bo‘lmagan sim bilan payvand- lashda №4 — natriy gidrofosforit flyusi ishlatiladi.
Agar payvand birikma metaliga yuqori mustahkamlik va plastiklik talab etilsa, u holda payvandlangan chokni qalinligi 6 mm gacha bo‘lganda sovuqlayin, yuqori bo‘lsa 500 — 600˚C gacha qizdirib, aniq bir haroratda bosim ostida ushlab turiladi. Payvand birikmaning qovushqoqligini oshirish uchun chok metali va chok atrofi hududini 550 — 600˚C gacha qizdirib va so‘ngra suvda tez sovitiladi.
Jez mis bilan ruxning qotishmasidan iborat bo‘lib, 1060 —1100˚C haroratda eriydi. Yoy yordamida payvandlashda rux kuchli bug‘lanib jezdan ajralib chiqadi, bundan tashqari, suyuq metall qotayotganida ajralib chiqishga ulgurmagan vodorodni erigan metall singdirib oladi. Natijada gaz pufakchalari va g‘ovaklar hosil bo‘ladi. Vodorod suyuq metallga qoplam yoki flyusdan o‘tadi.
Ruxning kamroq bug‘lanib chiqishi uchun jez oksidlovchi alanga yordamida payvandlanadi. Bunda yonuvchi aralashma
134
tarkibida 30 — 40 % ortiqcha kislorod bo‘ladi, ya'ni gorelkaga keladigan asetilenning har 1 m3 iga 1,3 — 1,4 m3 kislorod qo‘shiladi. Bu holda payvandlash vannasi yuzasida ruxning bug‘lanishini kamaytiradigan rux oksidining suyuq pardasi hosil bo‘ladi. Ortiqcha kislorod alangadagi vodorodning asosiy qismini oksidlaydi. Natijada suyuq metall vodorodni kamroq singdiradi.
2.6.7-jadvalda jezni gaz bilan payvandlashda qirralarni tayyorlash usullari ko‘rsatilgan.
Mis va rux oksidlarini chiqarib yuborish uchun misni payvandlashda ishlatiladigan tarkibdagi flyuslar qo‘llaniladi. Flyus tariqasida ko‘pincha erigan bura ishlatiladi. Bura suvda qoriladi va pasta tariqasida cho‘tka bilan metall qirralariga surtiladi.
20 % erigan bura va 80 % bor kislotadan iborat flyus ruxni bug‘lanishdan yaxshi saqlaydi.
Payvandlashdan oldin jezning qirralari jilvir qog‘oz, egov yoki metall cho‘tka bilan yaltiratib tozalanadi. Agar yuzasida oksidlar qatlami bo‘lsa, jez azot kislotasining 10% li aralash- masida tozalanib, keyin qaynoq suvda yaxshilab yuviladi. Alanganing quvvati tunuka qalinligining har 1 mm ga 100 — 120 dm3/soat asetilenni tashkil etishi kerak.
Rux kamroq bug‘lanishi hamda metall vodorodni o‘ziga oz singdirishi uchun alanga yadrosining uchi payvandlanadigan metalldan po‘latni payvandlashdagiga qaraganda 2 — 3 baravar kattaroq masofada bo‘lishi kerak. Bunda alangani mundshtuk o‘qiga nisbatan 90˚ burchak ostida tutib turiladigan payvand simga yo‘naltirish kerak. Simning uchi o‘qtin-o‘qtin flyusga botiriladi, u payvandlash vannasi hamda chok qirralariga ham sepiladi. Jadal sur'atda payvandlanadi.
Jezni payvandlash uchun tarkibida 60,5 — 63,5% mis, 0,3 — 0,7% kremniy, qolgani ruxdan iborat ЛK62-0,5 rusumli sim ishlatiladi. Simdagi kremniy ruxning oksidlanishini hamda bug‘lanishini kamaytiradigan oksidsizlantirgich vazifasini o‘taydi. Ana shu sim bilan payvandlashda flyus tariqasida erigan bura ishlatiladi. ЛK62-0,5 rusumli sim bilan payvandlashda payvandlash vannasi toza bo‘ladi, chok zich va g‘ovaksiz chiqadi hamda rux bug‘lari kam ajraladi. Aralashmadagi kislorod miqdori 30 — 40 % ortiq bo‘lgan oksidlantiruvchi alangadan foydalaniladi.
135
1,5-2,5
c
c
2.6.7-jadval
Jezni payvandlaxhda qirralarni tayyorlaxh
Chok nomi
|
Birikma eskizlari
|
O‘lchamlari, mm
|
metall qalinligi, x
|
tirqish,
|
Do'stlaringiz bilan baham: |