k.5.3. Cho‘yanni kavxharlaxh-payvandlaxh
Kavsharlash biriktiriladigan detallar orasidagi tirqishni to‘ldiradigan kavsharni suyuqlanish haroratigacha qizdirib detallarni biriktirish jarayonidir. Kavsharlashda asosiy metall suyuqlanmaydi. Kavsharlar sifatida maxsus cho‘yan materiallar (HU-2, YHU-2), jez kavsharlar (ЛOK59-1-03, ЛOMHA),
oson suyuqlanadigan qalay-qo‘rg‘oshin kavsharlar (MOC-30, MOC-40) va boshqalar ishlatiladi.
Kavsharlash uchun tayyorlangan yuza gaz gorelkasi alangasi yordamida cho‘yan yoki jez kavshar suyuqlanadigan haroratgacha (800 — 950˚C) qizdiriladi. Avval kavsharning suyuqlantirilgan alohida tomchilarini hosil qilish lozim, bu tomchilar flyuslar yordamida cho‘yan buyumning qirralari bo‘ylab yupqa qatlam tarzida osongina yoyilib ketishi kerak. Kavshar materiali cho‘yandagi g‘ovaklar ichiga kirishi va uni yaxshi ho‘llashi uchun flyusga cho‘yanning ho‘llanuvchanligiga va kavshar bilan cho‘yan orasida nisbatan mustahkam bog‘lanish hosil qilishga yordam beruvchi faol moddalar qo‘shiladi.
124
Cho‘yanni cho‘yan kavsharlar bilan kavsharlash uchun MAФ-1 (suyuqlantirilgan bura — 33%, suvsizlantirilgan soda — 12%, natriyli selitra — 27%, kobalt oksidi — 7%, ftor-sirkoniyli natriy — 12,5%, ftorli kaliy — 8,5%), ФCU-2 rusumli flyuslar ishlatiladi; jez kavsharlar bilan kavsharlash uchun ФMCU-1 (karbonat angidridli litiy — 25%, kalsiylangan soda — 50%, qolgani borat kislota) va boshqa rusumli flyuslar ishlatiladi.
Cho‘yan jez bilan yaxshi bo‘rlanishi uchun qirralar yuza- sidagi grafit ortiqcha kislorodli gaz alangasida oldindan kuydiriladi. So‘ngra ishlov berilgan joyga flyus kiritiladi; flyus suyuqlan- tirilgandan keyin jez kavshar suyuqlantiriladi, u suyuq vanna hosil qiladi va ishlov berilgan joy to‘ldiriladi. Eritib qoplangan metall kavsharlab bo‘lingan zahoti dastaki mis bolg‘a bilan bol- g‘alanadi.
Cho‘yan yuzasi yomon ho‘llanishi tufayli oson suyuq- lanadigan kavsharlar (qalay-qo‘rg‘oshin va rux kavsharlar) bilan cho‘yanni kavsharlash ancha qiyin, bunday turda kavshar- langanda birikma mustahkamligi past bo‘ladi.
Na7orat savollari
Uglerod va kremniy cho‘yan strukturasi va xossasiga qanday ta'sir qiladi?
Qo‘shimcha qizdirish bilan cho‘yanni payvandlash qanday afzalliklarga ega?
Cho‘yanni kavsharlash-payvandlash qanday ketma-ketlik bo‘yicha bajariladi?
Cho‘yanni kavsharlash-payvandlashda qanday flyuslar ish- latiladi?
RANGLI METALLARNI GAZ BILAN PAYVANDLASH TEXNOLOGIYASI
Do'stlaringiz bilan baham: |