k.7.3. Gaz-prexx bilan payvandlaxh texnologiyaxi
Gaz-press bilan payvandlashda payvand birikmalar sifatiga erishish uchun texnologik jarayonning quyidagi parametrlariga rioya qilish talab etiladi: qizdirish harorati, cho‘kma bosim miqdori, cho‘kma miqdori, alanga quvvati va tarkibi, buyum o‘qi bo‘ylab gorelkaning tebranish miqdori.
Kam uglerodli po‘latni payvandlashda qizdirish harorati 1180—1260˚C ni tashkil etishi kerak. Cho‘kma bosimi kam uglerodli po‘latlar uchun quvurlarni payvandlashda 20—35 MPa, yaxlit qirqimlarni payvandlashda 15—25 MPa ga teng bo‘lishi lozim. Kam legirlangan po‘latlardan tayyorlangan quvur- larni payvandlashda cho‘kma bosimi 50—60 MPa ga teng qilib olinadi, X18H10T turdagi xrom-nikelli austenitli po‘lat quvur- larni payvandlashda cho‘kma bosimi 100—120 MPa ga teng qilib olinadi.
Quvurlarni payvandlashda cho‘kma miqdori a = (1,0 — 1,3)s, yaxlit o‘zaklarni payvandlashda a = 0,3d (s — quvur devorining qalinligi, d — o‘zak diametri). Cho‘kma miqdori yetarli bo‘l- maganda payvandlash zonasidan metall oksidining qatlami butunlay olinmaganligi uchun payvand birikmaning mustah- kamligi pasayadi.
Quvurlarni payvandlashda birikmani qizdirish uchun kerak bo‘lgan alanganing issiqlik quvvati (asetilen sarfi) 1,8—2,2 dm3(soat · mm2 )ni, yaxlit qirqimli o‘zaklarni payvandlashda 1,0—2,5 dm3(soat · mm2 ) ni tashkil etadi.
Gaz-press bilan payvandlash quyidagicha tavsiflanadi:
bir tekis va sekin-asta qizdirish;
havo kislorodi ta'siridan alanga toji qizdirilayotgan metallni muhofaza qiladi;
payvandlanayotgan joyda metallning bir xilligi;
payvandlashdan so‘ng termik va mexanik ishlov berishni qo‘llash.
Yuqorida ko‘rsatilganlar payvand birikmaning yuqori mus- tahkamligini oshiradi, payvandlash to‘g‘ri bajarilganda pay-
144
vand chokning vaqtinchalik qarshiligi payvandlanayotgan metallga nisbatan yuqori bo‘ladi. Payvand birikmalarning plastikligi me'yorlashtirish va ma'lum haroratda bosim ostida ushlab turishlardan so‘ng asosiy metall plastikligidan past bo‘lmaydi.
Plaxtik holatda payvandlaxh. Payvandlanayotgan detallar birikmasining hamma qirralari bir tekis qizishi uchun qirralarni 6—15˚ burchak ostida ishlov berilib kesiladi. Qalinligi 3,5—8,0 mm bo‘lgan quvurlarni payvandlashda qirralarning kesish burchagi 10—15˚ ga teng bo‘lishi kerak. Bu bilan quvur devorini butun qalinligi bo‘yicha eritishga erishiladi va nisbatan quvur ichki yuzasi qalinlashishining oldini oladi.
Qirralarning yon tomonlarini zang, moy, bo‘yoq, metall kuyindisi va boshqa xil kirlardan yaxshilab tozalash zarur. Payvandlanayotgan detallar bir-biriga nisbatan iloji boricha o‘qdosh bo‘lishi, qirralarning bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi 1,0—1,5 mm dan oshmasligi kerak.
Metallni qizdirish uchun alangada asetilen miqdori 8% gacha oshiriladi, chunki oksidlovchi alanga birikmada oksid plyonkalarini hosil bo‘lishiga olib keladi, bu bilan birikma mustahkamligini pasaytiradi. Asetilen miqdori juda oshib ketsa ham yaxshi emas — payvandlanayotgan metallni ug- lerodlaydi va mo‘rtligini oshiradi. Qizdirishda ko‘p alangali gorelkaning alanga yadrosini detal yuzasidan teng masofaga uzoqlashtirish kerak bo‘ladi. Gorelkaning alanga quvvatiga nisbatan bu masofa 8—20 mm ni tashkil etishi mumkin. Tu- tashuv yuzasi bo‘yicha bir tekis qizdirish amalga oshirilishi kerak.
Payvandlanayotgan birikmalarni bir-biriga nisbatan mar- kazlashtiriladi, dastgoh tishlarida mahkamlanadi va oldindan qisiladi. Cho‘kish miqdori oldindan belgilab olinadi. So‘ng gorelka alangasi yoqiladi va tutashuv joyini qizdirish bosh- lanadi. Qizdirilishiga bog‘liq holda qisilgan detallar qirralari deformatsiyalanadi, bunda gorelka bilan 10—12 mm ga tu- tashuvning ikkala tomoniga (sekundiga bir-ikki harakat) teb- ranma harakat qilinadi, metallning chok atrofi bir tekis qizdi- rilib boriladi.
Metallni kerak bo‘lgan haroratgacha qizdirgandan so‘ng, metallni talab etilgan cho‘kish miqdorigacha qisiladi. So‘ng gorelka
145
o‘chiriladi, tutashuvni turg‘un havoda sovitiladi. Sovitilgandan so‘ng tutashuvni, keyinchalik havoda sovitish bilan davom ettirgan holda shu gorelka yordamida 850—900˚C haroratgacha qizdirib me'yorlashtiriladi.
Eritib payvandlaxhda detallarning erishi va cho‘kishini 15—20 mm miqdorga uzaytirish mumkin. Detallar qirralari unchalik ishlov berishni talab etmaydi va kislorod bilan kesish yor- damida kesib tashlash mumkin. Kesishdan so‘ng oksid va shlak qoldiqlari zubilo, sim cho‘tka yoki qayroqtosh bilan tozalana- di. O‘zaklar tutashguncha yaqinlashtiriladi, alanga yoqiladi va alanga xarakterini, holatini rostlab turiladi, so‘ng tutashuv joyini qizdirish boshlanadi. Tutashuvni qizdirish paytida go- relkani o‘ng va chapga payvandlanayotgan detal diametriga teng masofaga siljitiladi. Tebranish harakati boshida bir daqi- qada 20—25 marta, oxirida esa 50—60 marta.
Qizdirish haroratigacha yetganda (1100 —1200˚C) o‘zaklar 15 — 20 mm ga ajratiladi, hosil bo‘lgan tirqishga alangani yo‘naltirib o‘zaklarning yon tomonlari eritiladi. Bunda suyuq metall bilan birga qirralar yon tomoni yuzalaridan shlak ham oqib tushadi. Shundan so‘ng gorelkani olmasdan turib o‘zaklar 30 — 35 MPa nisbiy qisish kuchlanishi bilan qisiladi. Talab etilgan cho‘kish miqdoriga yetguncha qisish bajariladi. Metallning plastikligini va zarbiy qovushqoqligini oshirish uchun pay- vandlash joyini yana 1150˚C haroratgacha qizdiriladi, gratlar kesib tashlanadi, so‘ng talab etilgan o‘lchamgacha bolg‘alanadi. Agar texnik shartlar ko‘rilgan bo‘lsa, tutashuv joylariga termik ishlov beriladi (ushbu po‘lat rusumiga nisbatan talab etilgan rejim bo‘yicha).
Na7orat savollari
Gaz-press bilan payvandlashning qanday usullarini bilasiz?
Plastik holatda gaz-press bilan payvandlashning mohiyati nimada?
Gaz-press bilan eritib payvandlashning o‘ziga xos tomonlari.
Gaz-press bilan payvandlashda qanday jihozlar qo‘llaniladi?
Gaz-press bilan payvandlash rejimiga qanday parametrlar kiradi?
146
GAZ BILAN ERITIB QOPLASH
Do'stlaringiz bilan baham: |