k.8.k. Eritib qoplaxh texnologiyaxi
Gaz-kislorod alangasi, asosan, quyma qattiq qotishmalar (stellitlar, sormaytlar) bilan eritib qoplash uchun qo‘llaniladi. Odatda, stellitlar (xrom-kobaltli qotishmaning, masalan, BЗK rusumli, issiqbardoshligi yuqori, 1000˚C gacha haroratda yeyilishga qarshiligi katta bo‘ladi) yuqori haroratlarda, sor- maytlar esa past haroratlarda ishlaydigan buyumlar uchun ishlatiladi. Bu ashyolar bilan eritib qoplash jarayonida flyuslardan foydalaniladi. Stellit bilan eritib qoplashda 20% qizdirilgan bura, 68% borat kislota va 12% plavik shpatdan iborat flyus ishlatiladi. Sormaytni eritib qoplash uchun flyus 50% bura, 47% soda bikarbonati va 3% qumtuproqdan hosil qilinadi.
Detal nihoyatda yeyilgan bo‘lsa, gaz yordamida qattiq qotishmani eritib qoplashdan oldin avvalgi shakliga keltirish uchun kam uglerodli sim eritib qoplanadi. Keyin eritib qoplangan joy shlaklardan tozalanadi, so‘ngra ariqcha o‘yiladi. Sormaytni eritib qoplashda ariqcha chuqurligi: yeyilishga ishlaydigan detallar uchun 1,5 — 2,5 mm, asbobning qirquvchi tig‘i uchun 0,5 — 1,5 mm, zarb kuchlanishlar ta'sirida bo‘ladigan asbob uchun ko‘pi bilan 0,5 mm ga teng bo‘lishi kerak. Metallarning qizigan holatida ishlashda ishlatiladigan asboblar uchun ariqcha ikki baravar chuqur o‘yiladi. O‘yiqning chuqurligi eritib qoplash ish qatlamining qalinligini belgilab beradi. Faskalarning o‘tkir qirralarini yumaloqlashtirish kerak. Faskaning eni 5 — 10 mm olinadi.
148
Eritib qoplanadigan yuza pastki holatda bo‘lishi kerak. Uchlik quvvati qoplanadigan joy metalining qalinligiga qarab tanlanadi. Alangada kislorod asetilendan biroz ortiqcha bo‘lishi lozim.
Kichik o‘lchamli detallar eritib qoplanadigan detalni qo‘- shimcha qizdirmasdan gaz-kislorod alangasida eritib qoplanadi. Yirik gabaritli buyumlar oldindan yoki jarayon davomida 500 — 700˚C gacha qizdiriladi. Payvandlashga o‘xshash chap va o‘ng usulda eritib qoplash ham qo‘llaniladi.
Naychasimon ashyolar bilan gaz-kislorod alangasida eritib qoplash ham qo‘llaniladi. Eritib qoplanadigan naychasimon ashyolar yeyilishga chidamli boshqa ashyolari bor volfram kar- bidlari aralashmasi bilan to‘lg‘azilgan po‘lat yoki nikel nay- chalardan iborat. Volfram karbidi zarralaridan foydalanilganda suyuqlantirilgan qoplama qattiqligi 85 HRC ni tashkil qiladi.
Kukun qotishmalar bilan gaz-kislorod yordamida eritib qoplash oldin kam qo‘llanilgan, chunki gorelka alangasi ku- kunni to‘zitib yuborar edi. Hozir alanga yordamida eritib qop- lash uchun alanga to‘zita olmaydigan MF-XH80CP-2, MF- XH80CP-3 va boshqa kukunlar ishlatiladi. Eritib qoplash FAЛ- 2-69 gorelkasi bilan bajariladi. Bitta o‘tishda ko‘pi bilan 1 mm qalinlikdagi qatlam surtiladi. Unumdorligi jihatidan gaz alangasida kukun bilan eritib qoplash jarayoni chiviq ashyolar bilan eritib qoplashdan qolishmaydi.
Na7orat savollari
Yeyilishga chidamli ashyolarni gaz bilan eritib qoplash texno- logiyasining mohiyati nimada?
Qanday detallar quyma qotishmalar bilan eritib qoplanadi?
O‘ta yetilib ketgan detallar qanday eritib qoplanadi?
Qanday holatlarda eritib qoplash uchun oldindan qizdiriladi?
GAZ BILAN HAVSHARLASH TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |