Gaz-kixlorodli kexixh turlarining klaxxifikatxiyaxi
Metalni kislorod bilan kesish temirning sof kislorod oqimida yonish xossasiga asoslangan. Gaz-kislorodli kesish turlari quyi- dagicha klassifikatsiyalanadi (2.10.1-rasm).
153
154
k.10.1-raxm. Kislorodli kesish turlarining klassifikatsiyasi.
k.10.k. Metallarni gaz-kixlorodli kexixhning axoxiy xhartlari
Hamma metallar va qotishmalarni oksidlab (kislorodli) kesib bo‘lavermaydi. Oksidlab kesish quyidagi shartlarning bajarilishini talab qiladi.
Metall alangalanadigan harorat uning suyuqlanish haro- ratidan past bo‘lishi kerak. Bunda metall qattiq holatda yonadi, kesilgan yuza silliq bo‘ladi, kesish qirralarining ustki qirralari suyuqlanmaydi, shlak ko‘rinishidagi yonish mahsulotlari kesish bo‘shlig‘idan kislorod oqimi bilan osongina chiqarib yuboriladi va kesilish shakli o‘zgarmasdan qoladi. Temir va uglerodli po‘latlar bu shartga javob beradi. Texnik temir kislorodda uning holatiga qarab (prokat, kukun va boshq.) 1050— 1360˚C haroratda yonadi, temirning suyuqlanish harorati esa 1539˚C ni tashkil qiladi.
Aluminiy va uning qotishmalarini oksidlab kesib bo‘lmaydi. Aluminiyning alangalanish va suyuqlanish harorati tegishlicha 900 va 660˚C ga teng. Binobarin, aluminiy faqat suyuq holatda yonishi mumkin, shuning uchun o‘zgarmaydigan shaklini hosil qilib bo‘lmaydi.
Kesishda hosil bo‘ladigan oksidlar va shlaklarning suyuq- lanish harorati metallning suyuqlanish haroratidan past bo‘lishi kerak. Bu holda ular suyuqlanib oquvchan bo‘lib qoladi va kesish zonasidan kislorod oqimi vositasida bemalol chiqarib yuboriladi.
Kesish jarayonida temir oksidlanganda hosil bo‘ladigan FeO, Fe3O4 ko‘rinishidagi oksidlar 1350 va 1400˚C suyuqlanish haroratiga ega, ya'ni temirning suyuqlanish haroratidan past bo‘ladi (2.10.1-jadval). Shuning uchun kam uglerodli po‘latlarni oksidlab kesish mumkin. Tarkibidagi uglerod miqdori 0,65% dan ortiq bo‘lgan po‘latlarning suyuqlanish harorati temir oksid- larining suyuqlanish haroratidan past va odatdagi sharoitlarda ularni oksidlab kesish qiyin.
2.10.1-jadval
Ayrim metallar va ular okxidlarining erixh harorati
Metall
|
Erish harorati, ˚C
|
Oksidlar
|
Erish harorati, ˚C
|
Aluminiy
|
658
|
Al2O3
|
2050
|
Vanadiy
|
1750
|
V2O3 V2O4
V2O5
|
1970
1637
658
|
155
Davomi
Volfram
|
3370
|
WO2 WO3
|
1277
1473
|
Temir
|
1533
|
FeO Fe2O3 Fe3O4
|
1370
1527
1565
|
Kobalt
|
1490
|
CoO
|
1810
|
Marganes
|
1250
|
MnO Mn3O4
|
1785
1560
|
Mis
|
1084
|
Cu2O
CuO
|
1230
1336
|
Molibden
|
2622
|
MoO3
|
795
|
Nikel
|
1452
|
NiO
|
1990
|
Titan
|
1727
|
TiO2
|
1775
|
Xrom
|
1550
|
Cr2O3
|
1990
|
Ba'zi metallar, masalan, aluminiy, xrom, nikel va mis oksidlari suyuqlanish harorati yuqori bo‘lgan oksidlar hosil qiladi. Xromli va xrom-nikelli po‘latlarni, mis hamda uning qotishmalarini, cho‘yan va boshqalarni kesishda hosil bo‘ladigan bu oksidlar kesiladigan metallarga nisbatan qiyin suyuq- lanadigan hisoblanadi. Odatdagi oksidlab kesishda ularni kesish zonasidan chiqarib yuborib bo‘lmaydi, chunki alangalanish haroratigacha qizdirilgan metallning oksidlanadigan joyini kislorod oqimdan berkitib qo‘yadi va kesishning iloji bo‘lmaydi.
3. Kesish joyidan issiqlik olib ketilmasligi uchun metallning issiqlik o‘tkazuvchanligi kichik bo‘lishi kerak, aks holda kesish jarayoni to‘xtab qoladi.
Mis, aluminiy va ular qotishmalarining issiqlik o‘tka- zuvchanligi temir hamda po‘latga nisbatan yuqori bo‘ladi; amalda bu metallarni qizdiruvchi alanga bilan tunukaning butun qalinligi bo‘yicha alangalanish haroratigacha qizdirib bo‘lmaydi. Shuning uchun ko‘rsatilgan metallarni odatdagi kislorod alangasi yordamida kesishning imkoni yo‘q.
156
4. Metallning kislorodda yonishida ajralib chiqadigan issiqlik miqdori kesish jarayonining davom etishini ta'minlay oladigan darajada ko‘p bo‘lishi kerak. Po‘latni kesishda qizdirish uchun ishlatiladigan issiqlikning qariyb 70 % metall kislorodda yona- yotganida ajralib chiqadi va faqat 30 % qizdiruvchi alangadan keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |