k.10.3. Po‘lat tarkibining kexixhga ta’xiri
Tarkibida uglerod va legirlangan aralashmalar kam bo‘lgan po‘latgina yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan shart-sharoitlarga to‘la mos keladi. Kam va o‘rtacha uglerodli, shuningdek, kam legirlangan po‘latlar tarkibidagi uglerod miqdori 0,3 % gacha bo‘lganida kislorod yordamida yaxshiroq kesiladi.
Po‘latning qanchalik yaxshi kesila olishini quyidagi uglerod
ekvivalenti Ce formulasidan foydalanib uning kimyoviy tarkibi bo‘yicha aniqlash mumkin (elementlarning formuladagi simvoli ularning po‘latdagi foiz hisobidagi tarkibini ko‘rsatadi):
Ce= C + 0,16Mn + 0,3 (Si + Mo) + 0,4Cr + 0,2V +
+ 0,04 · (Ni + Cu).
Misol : po‘latning tarkibi: C = 0,2; Mn= 0,8; Si= 0,6, u
holda Ce = 0,2 + 0,16 · 0,8+0,3 · 0,6=0,508 bo‘ladi. Po‘lat I gu- ruhga kiradi (2.10.2-jadval).
2.10.2-jadval
Po‘latlarni kixlorod bilan kexiluvchanligiga qarab taxniflaxh
Guruh raqami
|
Ce
|
% C
|
Po‘lat rusumi
|
Kesish shart- sharoitlari
|
I
|
0,6
gacha
|
0,3
gacha
|
po‘lat 10 — po‘lat 25, Ct1 — Ct4,
15F, 20F, 10F2,
15M, 15HM
|
Har qanday sharoitda yaxshi kesiladi va termik ishlashni talab qilmaydi.
|
II
|
0,61—
0,8
|
0,5
gacha
|
po‘lat 30 — po‘lat 45, 30F — 40F,
15X, 20X, 15XФ,
20XФ, 15XF,
20M, 30M,
20HM, 12XH2A
va boshqalar
|
Qoniqarli kesiladi. Yozda qizdirmasdan kesiladi. Katta kesimlarni va qishda kesishda 120˚Cgacha qizdirish tavsiya etiladi.
|
157
Davomi
III
|
0,81—
1,1
|
0,8
gacha
|
po‘lat 50 — po‘lat 70, 50F — 70F,
12M, 35XM,
18XFM, 20XFC
va boshqalar
|
Kam hollardagina kesiladi, toblanadi- gan va darz ketadigan bo‘ladi. Tunuka 200
—300˚C haroratgacha qizdirilib issiqlayin kesiladi.
|
IV
|
1,1
|
0,8
|
25XFC—
|
Yomon kesiladi, darz
|
|
dan
|
dan
|
50XFC, 33 XC—
|
ketadigan bo‘ladi.
|
|
ortiq
|
ortiq
|
40XC, 40XFM,
|
Avvalo 300—450˚C
|
|
|
|
50XFA va
|
gacha qizdirib olishni
|
|
|
|
boshqalar
|
va kesib bo‘lgandan
|
|
|
|
|
keyin sekin-asta sovi-
|
|
|
|
|
tishni talab qiladi.
|
Kislorod bilan kesish kam uglerodli po‘lat xossalariga kesiladigan joy yaqinida qariyb ta'sir qilmaydi. Tarkibida ug- lerod juda ko‘p bo‘lgan po‘latlarni kesishdagina qisman tob- lanish natijasida kesilgan joylari ancha qattiqlashadi. Kesishda ta'sir zonasining chuqurligi 2.10.3-jadvalda keltirilgan.
2.10.S-jadval
Hexixhda ta’xir zonaxining chuqurligi
Po‘lat qalinligi, mm
|
5
|
25
|
100
|
250
|
800
|
Ta'sir zonasining chuqurligi, mm: kam uglerodli (0,25%C gacha) po‘lat uchun uglerodli
(0,5 — 1%C)
po‘lat uchun
|
0,1— 0,3
0,3— 0,5
|
0,5— 0,7
0,8— 1,5
|
1,5— 2,0
2,5— 3,5
|
1,5— 3,0
3,5—5
|
4—5
6—8
|
Juda ko‘p legirlangan xromli, xrom-marganesli, xrom- nikelli po‘latlarni kesishda po‘lat qirralarining tarkibida xrom, kremniy, marganes va titan miqdori kamayadi. Nikel esa
158
ko‘payadi. Bunday po‘lat strukturasida qirra yaqinidagi kris- tallar orasida oson eriydigan temir sulfidlari va silitsidlari ara- lashmalari hosil bo‘ladi. Bu esa po‘lat qirralarini sovish jara- yonida uning qizigan holatida darz ketishiga sabab bo‘ladi. Kesgandan keyin kristallararo korroziya ham ro‘y berishi mum- kin. Shuning uchun ham kislorod yordamida kesilgandan keyin bunday po‘latlarning qirralari zarur hollarda frezalanadi yoki randalanadi.
Ko‘p legirlangan po‘latlarning ayrim rusumlari kislorod yordamida kesgandan keyin strukturasini tiklash maqsadida termik ishlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |