k.11.3. Hixlorod-flyux bilan kexixh texnologiyaxi
Kislorod-flyus bilan kesish texnikasi, asosan, kam uglerodli po‘latni kislorod yordamida odatdagi kesish texnikasi kabidir. Dastaki keskichlar bilan ham, mashina keskichlari bilan ham kesish mumkin. Kislorod-flyus yordamida tunukalarni kesib qismlarga bo‘lish ham, yuzalarini kesish ham mumkin. Yonilg‘i tariqasida asetilen o‘rnida ishlatiladigan propan-butan, koks va tabiiy gazdan foydalansa bo‘ladi.
207
Zanglamaydigan po‘latni kislorod-flyus bilan kesish rejimlari 2.11.3-jadvalda keltirilgan.
2.11.S-jadval
Ho‘p legirlangan xromli va xrom-nikelli po‘latlarni YPXC-5 uxkunaxida kexib qixmlarga bo‘lixh rejimlari
Po‘lat qalinli- gi, mm
|
Kesish tezligi, mm/daq
|
Gaz
|
sarfi
|
Flyus sarfi, kg/m
|
to‘g‘ri chiziqli
|
shakldor
|
kislorod, m3/m
|
asetilen, l/m
|
10
|
760
|
475
|
0,2—0,3
|
20—30
|
0,15—0,25
|
20
|
560
|
350
|
0,35—0,5
|
25—40
|
0,20—0,35
|
40
|
400
|
250
|
0,65—1,05
|
40—65
|
0,30—0,50
|
60
|
330
|
210
|
0,95—1,5
|
50—75
|
|
100
|
270
|
170
|
1,5—2,35
|
65—105
|
|
Kislorod-flyus bilan kesishda alanganing quvvati ikki baravar ortiq, kesuvchi soplo esa flyussiz kesishda ishlatiladigan soploga nisbatan bir raqam katta bo‘lishi kerak. Bunga sabab shuki, flyusni eritish uchun qo‘shimcha issiqlik hamda kesish joyidan ko‘p miqdorda shlak chiqarib tashlash uchun kesuvchi oqimning qo‘shimcha energiyasi sarflanadi.
Flyusbergich kesish joyidan ko‘pi bilan 10 m masofada o‘rnatiladi. Kislorod-flyus aralashmasi uzatiladigan shlanglar flyus tiqilib qolmasligi uchun bukmasdan yotqiziladi. Bunker- ga flyus solishdan oldin flyusbergich injektorining so‘rishi tekshirib ko‘riladi, zarur bo‘lganda esa so‘rish injektor ventili bilan rostlanadi. Bunkerga flyus solinganidan keyin flyus uzatiladigan shlang puflab tozalanadi, so‘ngra keskich alan- gasining barqarorligi va kesuvchi oqimga flyusdan qanchalik bir xil miqdorda uzatib turilgani tekshiriladi.
Kesa boshlanadigan joy dastlab oqarish haroratigacha qiz- diriladi. Kesishni boshlashdan oldin metallni qizdirish muddati odatdagi kislorod alangasida kesishga qaraganda ancha qisqa va 10 mm qalinlikdagi tunuka uchun 15 sek ni, 90 mm qalinlik- dagi list uchun esa 120 sek ni tashkil etadi.
So‘ngra kesuvchi kislorod ventilini yarimaylana ochish bilan bir yo‘la kislorod-flyus aralashmasi uzatila boshlanadi. Erigan shlak kesilayotgan metallning ostki qirrasiga yetganida, kesuvchi
208
kislorod yuboriladigan ventilni to‘la ochib keskich reja chizig‘i bo‘yicha suriladi. Keskich kesilayotgan metall qalinligiga mos tezlikda bir joyda tutib turilmasdan bir tekisda surilishi kerak. Kalta hududni kesishda shlak qanday oqayotganini kuzatib borish uchun keskich kesuvchidan qarshi tomonga surib boriladi. Keskichga keladigan flyus miqdorini flyusbergich ventili yordamida rostlab, uning bir xil va yetarli miqdorda tushib turishini nazorat qilib turish kerak.
Metall qalinligi 100 mm gacha bo‘lganda keskich yon tomoni bilan kesiladigan metall orasidagi masofa 25 mm bo‘lishi kerak, metall bundan qalin bo‘lsa, masofa 40 — 60 mm ni tash- kil qiladi.
Kesishda kislorod bosimi ma'lum kattalikdan ortmasligi kerak, chunki bosim haddan tashqari yuqori bo‘lsa, flyus isrofi ortadi va kesish eni kengayadi. Qalinligi 10 dan 100 mm gacha bo‘lgan X18H10T zanglamaydigan po‘latni kesishda kesuvchi kislorod bosimi 0,5 — 0,7 MPa ni tashkil qiladi.
Flyus keskich yoki shlangda yopishib qolsa, darhol flyusning uzatilishi to‘xtatiladi, keskich alangasi o‘chiriladi, keskich sovitiladi hamda kallak, injektor va shlanglarning kanallari tozalanadi. Zarur bo‘lganida keskichning tegishli qismi yoki shlang yangisi bilan almashtiriladi.
Ish tugaganda flyusning yuborilishi to‘xtatiladi, so‘ngra oldindan asetilen ventili, keyin esa kislorod ventilini yopib kes- kich o‘chiriladi va nihoyat kesuvchi kislorod jo‘mragi yopiladi.
Cho‘yan va rangli metallarni kesishda kesuvchining ish o‘rni ajralib chiqayotgan zararli bug‘lar va gazlarni yo‘qotish uchun kuchli ventilatsiya bilan ta'minlanishi kerak. Jezni kesishda rux oksidining talaygina zararli bug‘lari ajralib chiqadi. Shuning uchun ham bu ishlarni bajarishda respirator (maska) kiyib olish kerak.
Na7orat savollari
Kislorod-flyus yordamida kesish uchun qanday tarkibli flyuslar ishlatiladi?
Kislorod-flyus yordamida kesish hududiga flyus qanday uzatiladi?
Kislorod-flyus yordamida kesishning qo‘llanish sohalarini aytib bering.
Kislorod-flyus yordamida kesish uchun qanday apparatura ish- latiladi?
209
k.1k. NAYZALI HESISH TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI
Kislorodli nayza bilan turli fazoviy holatlarda teshiklar ochish mumkin.
Nayza sifatida diametri 1/4 dan 1 duymli gaz quvurlari yoki yaxlit tortilgan, qalin devorli, tashqi diametri 20—35 mm bo‘lgan quvurlar ishlatiladi. Ko‘p hollarda gaz quvurlari ichiga kam uglerodli po‘latlardan tayyorlangan diametri 5 mm li chiviqlar o‘rnatilib ishlatiladi (2.12.1-rasm).
Bu chiviqlar nayzada yonganda kesish joyida ajratilayotgan issiqlikni oshiradi. Po‘latda teshiklar ochish rejimi 2.12.1-jadvalda keltirilgan.
2.12.1-jadval
Hixlorodli nayzada texhiklarni kexib ochixh rejimlari
Metall qalinligi, mm
|
Kislorod bosimi, MPa
|
Kislorod sarfi, m3/soat
|
150—300
|
0,5—0,6
|
40—50
|
300—600
|
0,6—0,8
|
50—70
|
600—1000
|
0,8—1,0
|
70—90
|
1000—2000
|
1,0—1,5
|
90—120
|
Beton va temir-betonda teshiklar ochishning afzalligi shun- daki, material bilan nayzani erigan holatida tutashuv joyini ush- lab turish uchun ishlov berilayotgan betonga 300—500 N kuch bilan qiyin eriydigan shlaklar qarshiligini yengib qisish kerak.
k.1k.1-raxm. Chiviqli nayzalar.
210
Buning sababi betonda mavjud oksidlar (Al2O3, CaO, SiO2), kislorod sharrasi bilan oksidlanmaydi va issiqlik ajratmaydi. Nayzaning yonayotgan uchini ishlov berilayotgan yuzadan olib tashlansa tez soviydi. Shuning uchun betonda va boshqa
nometall materiallarda teshiklarni ochishda nayza qaytma- ilgarilanma harakat qilmay, faqat davriy ravishda 10—15˚ burchak ostida ikki tomonga aylanma harakat qilishi kerak.
Kukun-kislorodli (kislorod-flyusli) nayza kislorod va flyus (mayda dispersli temir va aluminiy metall kukunlari ara- lashmasi) o‘tadigan po‘lat quvurchadan tashkil topgan. Xuddi kislorodli nayza bilan kesish kabi bunda ham jarayon boshlanishidan oldin kukun-kislorodli nayza uchini tashqi issiqlik manbayi bilan 1350—1400˚C haroratgacha qizdiriladi, undan keyin nayzaga kislorod va flyus uzatiladi. Nayzadan chiqishda kukun alangalanadi, alanganing uzunligi 50 mm gacha yetadi, harorati 4000˚C va undan ham yuqori bo‘lishi mumkin. Nayzaning alangasini ishlov berilayotgan material yuzasiga yo‘naltiriladi, yuza eritiladi va kislorod sharrasi bilan hosil bo‘lgan shlak olib tashlanadi. Shu bilan birga, metallarni kesishda asosiy metallning oksidlanishi ham alohida o‘rin egallaydi. Kukun-kislorodli nayzali kesish uchun nayza ushla- gich qurilmasi 2.12.2-rasmda ko‘rsatilgan.
Kislorodli nayzaga nisbatan kukun-kislorodli nayzaning ichiga shlak to‘lib qolmasligi uchun, nayza eritilayotgan materialga taqalmaydi, aksincha 30—50 mm masofada hosil bo‘layotgan teshik yonida ushlab turiladi.
k.1k.k-raxm. Nayza ushlagich:
1 — flyus uzatish uchun shlang; 2 — kislorod yoqish uchun klapan; S — flyus tortib olish uchun injektor soplosi; 4 — kislorodli nayza (po‘lat quvurcha).
211
Teshikni eritib ochish jarayonida ba'zi hollarda aylanma harakat ham qilinib, qo‘lga nisbatan ikki tomonga 10—15˚ ga buraladi. Bu harakat shlak oqib ketishini yaxshilaydi va hosil bo‘layotgan teshikning kengayishiga yordam beradi.
Kukun-kislorodli nayza bilan hosil bo‘ladigan teshik gorizontal va yonbosh holatda pastdan tepaga qaratilgan yo‘nalishda bajariladi. Gorizontal yo‘nalish bo‘ylab teshikni ochishda nayzaning yo‘nalishini gorizontal holatga nisbatan taxminan 5˚ burchak ostida egish, xuddi beton va cho‘yanga teshik ochish singari, asosan, qiyin eriydigan shlaklar hosil bo‘lganda, ular- ning oquvchanligini yaxshilaydi va bir necha bor teshik ochish tezligini oshiradi.
Na7orat savollari
Kislorodli nayza sifatida nima ishlatiladi?
Nima uchun kislorodli nayza quvurchasi ichiga po‘lat chiviqlar o‘rnatiladi?
Po‘lat va betonda kislorodli nayza bilan teshik ochishning farqi nimada?
Kislorod nayzasiga qanday maqsadda aylanma harakat beriladi?
GAZ ALANGASIDA YUZALARNI TOBLASH TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |